27
kiradi. Ekologik masalalar uning rahbarligi ostidagi qo‘mita va komissiyalar vazifasiga
yuklatilgan. Tabiiy boyliklar qo‘mitasi ekologik vazifalarni bajarishda alohida o‘rin tutadi.
EKOSOS o‘zining qo‘mita va komissiyalar faoliyati natijalarini umumlashtirib Bosh
Assambleyaga tavsiyanomalar beradi va konvensiyalar tayyorlaydi, o‘z vakolat doirasida
xalqaro ekologik konferensiyalar chaqiradi, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan birgalikda
ekologik bitimlar tuzadi.
Aniq bir turdagi ekologik masalalarni BMTning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari olib boradi.
Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar BMT Nizomining 57-moddasiga muvofiq davlatlar o‘rtasida
tuzilgan bitimlar orqali tashkil etiladi va o‘zlarining ta’sis hujjatlariga binoan bevosita yoki
bilvosita ekologik masalalar bilan 63-moddasida ko‘rsatilgan qoidalarga asoslangan holda
faoliyat olib boradi. BMT qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan 16 dan ziyod ixtisoslashgan
tashkilotdan quyidagilari atrof tabiiy muhit muhofazasiga doir masalalar bilan bevosita
shug‘ullanadi.
BMTning atrof-muhit bo‘
yicha dasturi (
YUNEP) 1972-yil 15-dekabrda tashkil topgan.
YUNEP ning uchta bo‘limi — boshqaruvchilar Kengashi, atrof-muhit muhofazasini
muvofiqlashtiruvchi Kengash va atrof-muhit Jamg‘armasi mavjud. Hal qiluvchi masalalar
boshqaruvchilar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va amalga oshiriladi. Uning kun tartibiga
sakkiz yo‘nalishdagi masalalarni hal qilish qo‘yilgan:
- atrof-muhit sanitariyasi, aholi punktlarida kishilar salomatligi;
- yer va suv muhofazasi, cho‘llanishning oldini olish;
- okeanlarni muhofaza qilish;
- tabiat, yovvoyi hayvonlar va genetik resurslar muhofazasi;
- energetik muammolar;
- ekologik o‘quv va tegishli mutaxassislarni tayyorlash;
- tabiiy resurslar savdosi, iqtisodi va texnologiyalari;
- xalqaro va milliy qonunchilikni kodifikatsiyalash va unifikatsiyalash.
YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar ko‘magida O‘zbekiston Respublikasida
Biologik xilma-xillikni saqlashning milliy strategiyasi va harakatlar rejasi va 10 dan ziyod
milliy ekologik qonunlar ishlab chiqildi. O‘zbekistonda ekologik axborot tizimi —
YUNEP/GRID — ARENDAL (Norvegiya) loyihasi tayyorlandi.
O‘zining ekologik funksiyalari bilan YUNEP ga yaqin bo‘lgan BMT tashkilotlaridan biri
Dostları ilə paylaş: