29
tashkilotlarni a’zo qilib olgan. TMXIning asosiy vazifasi unga a’zo bo‘lib kirgan mamlakatlar
va ularda faoliyat yurgizayotgan tashkilot,
birlashma, uyushma va fuqarolarning ekologiya
sohasida hamkorligini yanada rivojlantirishdir.
TMXI tashkiloti quyidagi masalalar bo‘yicha faoliyat yurgizadi:
-
tabiiy o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda ekotizmlarni saqlab qolish;
-
noyob va yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvonot dunyosi turlarini hamda
tabiiy yodgorliklarni saqlab qolish;
-
qo‘riqxona, rezervatsiya, milliy bog‘larni
tashkil qilish;
-
ekologik o‘quvni tashkillashtirish.
TMXI tashabbusi bilan Yer yuzasida noyob, yo‘q bo‘lib ketayotgan yoki yo‘qolish xavfida
bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlari bo‘yicha «Xalqaro Qizil kitob» tuzilgan va unga doimo
qo‘shimchalar kiritilib boriladi. «Tabiatni muhofaza qilishning Butunjahon strategiyasi» dasturi
ishlab chiqilgan va bunga asosan O‘zbekistonda «Biologik xilma-xillikni saqlab qolishning
milliy strategiyasi va harakatlar rejasi» ishlab chiqilgan.
Atom energiyasi bo‘
yicha xalqaro agentlik (MAGATE) — 1957-yilda tashkil etilgan
davlatlararo tashkilotdir. Agentlikning Nizomiga binoan, uning
maqsadi atom energiyasidan
tinch maqsadlarda foydalanishga erishishga ko‘maklashish va uni nazorat qilish. MAGATE 34
ta mamlakat nomidan qatnashadigan boshqaruvchilar Kengashi orqali quyidagi ekologik
masalalarni ko‘rib chiqadi:
-
atom elektrostansiyalarni qurish va ishlatish qoidalarini ishlab chiqish;
-
ishlab chiqarish yoki loyihadagi atom elektrostansiyalarning ekologik
xavfsizligini ekspertiza qilish;
-
atom qurilmalari va materiallarini atrof-muhitga ta’sirini baholash;
-
radiatsion xavfsizlik me’yorlarini belgilash;
-
turli
atom qurollarini sinash, unga tayyorlash yoki laboratoriya sinovlarini
o‘tkazish bo‘yicha monitoringni olib borish.
MAGATE talabiga itoat etmaslik BMT Bosh Assambleyasi Xavfsizlik Kengashi qaroriga
binoan Iroq va Eronga nisbatan qo‘llanilgan yoki qo‘llanilayotgan siyosiy va iqtisodiy
sanksiyalar orqali qarshi kurash chorasini tatbiq etishi mumkin.
Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilishda mintaqaviy (regional) tashkilotlarning
ahamiyati juda katta. Chunki ular har bir mintaqaning aniq ekologik holatini, millatlarning
azaliy
yaqinligini, ekologik inqirozlarning bir-biriga juda tezlik bilan ta’sir qilishini hamda
ularning diniy, ma’rifiy va madaniy yaqinligini inobatga oladi.
Regional tashkilotlarga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE), Arab
davlatlari ligasi (ADL), Afrika birligi tashkiloti (ABT), Amerika davlatlari tashkiloti (ADT),
Janubi- Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN), Davlatlararo ekologik Kengash
(DEK), Orol dengizi havzasi muammolari bo‘yicha Kengash va shu kabi mintaqaviy
tashkilotlar kiradi.
OBSEga barcha Yevropa mamlakatlari, AQSH, Kanada va MDH davlatlari a’zodirlar.
Ushbu nufuzli regional tashkilot 1972—1975-yillarda Xelsinki shahrida bo‘lib o‘tgan uch
bosqichli uchrashuvlar va muzokaralar natijasida 1975-yil 1-avgustdan faoliyat yurgiza
boshlagan. OBSEning maqsadlaridan biri unga a’zo mamlakatlar
doirasidagi hududlarda
ekologik xavfsizlikni ta’minlash va bu sohada ular o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish.
Xelsinkida imzolangan Yakuniy hujjatga muvofiq har qanday global masalalar bo‘yicha uning
qoidalarini bajarishni nazoratlash va muhokama qilish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazilib
turiladi.
1995-yil 10—14-noyabrda Toshkent — Urgench shaharlarida OBSE ning atrof-muhitni
tiklash bo‘yicha seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda BMTning YUNEP, PROON, JSST,
MAGATE, MDH, Jahon banki hamda OBSEga a’zo 20 ta mamlakat, jumladan, O‘zbekiston
ham qatnashdi. Seminar qarorida Markaziy Osiyo respublikalarida inson huquqlarining asosiy
ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan ekologik xavfsizlikni to‘laqonli ta’minlash uchun zarur bo‘lgan
tadbirlar belgilanib olindi.
30
Arab davlatlari ligasi (ADL) 1945-yilda tashkil qilingan bo‘lib, 21 ta arab mamlakatlari va
Falastin Ozodlik tashkilotining tabiiy resurslaridan (ayniqsa neftdan) kelishgan holda
foydalanish va sog‘liqni saqlashning ekologik masalalarini ko‘rib chiqadi.
Afrika birligi tashkiloti (ABT) 1963-yilda Addis-Abebada bo‘lib o‘tgan
konferensiyada
tashkil etilgan. Ushbu regional tashkilot 50 dan ziyod Afrika qit’asidagi mamlakatlarni
ijtimoiy, iqtisodiy, ma’rifiy, madaniy, harbiy masalalarda birlashtirib turadi. ABT da ekologik
muammolardan hayvonot va o‘simlik dunyosining xilma-xilligini saqlab qolish bo‘yicha milliy
bog‘lar tashkillashtirish va ularni muhofaza qilishning yagona rejasi ishlab chiqilgan.
Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) 1947-yili Rio-de-Janeyroda tashkil topgan bo‘lib,
unga 27ta Lotin Amerikasi davlatlari va AQSH a’zo. ADT tarkibida atrof-muhit muhofazasiga
doir ixtisoslashgan tashkilot mavjud bo‘lib, uning asosiy maqsadi Amerika qit’asidagi biologik
xilma-xillikni saqlashdir.
Davlatlararo ekologik kengash (DEK) 1992-yil 8-fevralda mustaqil davlatlar hamdo‘stligi
(MDH) rahbarlarining Moskvada bo‘lib o‘tgan kengashida tasdiqlangan. O‘zbekiston uning
to‘la huquqli a’zosi sifatida sobiq Ittifoq mamlakatlari bilan atrof-muhitni muhofaza qilishni
kelishib olgan. DEK muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlarini ko‘zlab faoliyat yurgizadi.
DEK ga a’zo 10 davlat rahbarlari tomonidan imzolangan Kelishuvga muvofiq (1-modda)
uning a’zolari o‘z hududlari uchun atrof-muhitni muhofaza qilish dasturlarini ishlab chiqadilar
va shu asosda huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy zamin yaratadilar hamda o‘zaro
hamkorlik qiladilar.
1993-yil mart oyida Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy
Osiyodagi besh davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida
Orol dengizi muammolari bo‘
yicha
Davlatlararo Kengash va uning Ijroiya qo‘mitasi hamda Orolni qutqarish Xalqaro fondi tashkil
etildi. 1994-yil Nukus, 1995-yil Tashhovuz va 1997-yil Almati shahrida BMTning ishtirokida
bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Nukus va Almati deklaratsiyalari qabul qilindi. Ushbu
uchrashuvlarda Markaziy Osiyo davlatlari va xalqaro tashkilotlarning Orol dengizi havzasini
barqaror rivojlantirish rejalari ishlab chiqildi. Kengashning taklifi
va BMTning homiyligida
1998-yilni atrof-muhitni muhofaza qilish yili deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I. Karimovning taklifiga binoan Markaziy Osiyo mintaqasi — ekologik va yadroviy
xavfsizlik mintaqasi deb e’lon qilindi va bu region yadro qurolidan xoli tegra hisoblaniladigan
bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: