32
3.Biosferaning funksiyalari.
T a ya n ch i b o r a l a r :
Biosfera, tabiat, atrof muhit, atmosfera, gidrosfera, litosfera, antropogen, trik modda,
fitogen modda, zoogen modda, produtsent, konsument, redutsent, biosfera funksiyasi, energiya,
suv, issiklik manbai , xavo, kuyosh radiatsiyasi.
3.1.
Atrof muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslari.
Atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy – nazariy asoslarini ishlab chiqish uchun eng
avvalo tabiat qonunlarini va nixoyat insoniyat jamiyati bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlik
qonunlarini mukammal ravishda o‘rganib chiqishimiz zarurdir. Ko‘pchilimk falokatlar aynan
ana shu bog‘liqlik qonuniyatlarini xisobga olmay insonlarning tabiatga ko‘rsayotgan ta’sirlari
oqibatidan kelib chikayapti.
SHu muammolarni to‘g‘ri xal qilishda insonlarni ishlab chiqarish faoliyatlari bilan tabiat
o‘rtasidagi bog‘liqlik qonuniyatlarini o‘rgatuvchi fan - «ekologiya» fanining ahamiyati juda
kattadir. Bu fan o‘z mohiyati bilan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, inson bilan tabiat
o‘rtasidagi aloqaning strategiya va taktikasini ishlab chiquvchi ilmiy baza vazifasini o‘taydi.
SHuning uchun atrof-muhit tirik organizmlarining yashashi uchun normal ekologik
parametrlarga ega bo‘lgan chegaralar miqyosida, ya’ni biosfera chegaralari o‘rganiladi.
Biosferaning chidamlilik ostonasi va sig‘im chegarasi:
Insonlarning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’sirlari aytarlik katta bo‘lmagan taqdirlarda ushbu
muammo iqtisodiy muammolarga kiritilmas edi. Ya’ni tabiat har doim bizga cheksiz xizmat
ko‘rsatadi deb tushunilar edi. Lekin bugungi kundagi axvol shuni isbotlab turibdiki, tabiat
insonlarni o’ylamay, xaddan tashqari ko‘p ko‘rsatadigan ta’sirlariga bardosh bera olmas ekan,
ya’ni u o’z-o’zini qaytadan tiklab ulgura olmayapti.
Demak, tabiatni har bir elementi o’zining ma’lum «sig’im chegarasiga» ega ekan.
Antropogen ta’sir bu chegaradan oshib ketsa, u yemirila boshlar ekan. Masalan: bir vaqtlar
gullab yashnab turgan Tigr va Efrat vodiylari sug‘orish sistemasini noto‘g‘ri tuzilganligi va
qishloq xo‘jalik ekinlarining ko‘p eklganligi tufayli tuproq erozyasi va tuzlanish jarayonlari
xisobiga cho’lga aylanib qolgan. Uralsk-Voljsk cho’llari ham noto‘g‘ri chorva boqilishi
hisobiga xosil bo‘lgandir. Oxirgi vaqtlarda yana shunday ekologik inkirozlardan biri Orol
dengizini qurishi xisobiga uning atrofida cho’llarning kengayib, tuproqda tuz miqdorini ortib
brishidir. Natijada ichimlik suvining sifati yomonlashib, turli kasallik turlari ortib boryapti.
Atrof muhitning tabiy holatini buzilishi darajasi nafaqat antropogen ta’siriga, balki tabiat
elementlarining aks ta’sir reaktsiyasi va xossalariga ham bog‘liqdir. Tabiat elementlarining aks
ta’sir reaktsiyasi ko‘pgina hollarda notekisdir: ma’lum miqdorgacha ko’rasatilayotgan
ozginagina ta’sir xisobiga esa, tabiatda juda kuchli aks ta’sirini boshlanishiga olib kelishi
mumkin. Ushbu ta’sir ekologik sistemalarning chidamlilik ostonasi deb ataladi. Keskin va
intensiv ravishda ko‘rsatilayotgan ta’sir xisobiga biosfera ichki o‘z-o‘zini boshqarish
mexanizmi buziladi, ya’ni ekologik inqiroz sodir bo’ladi.
Biosfera - bu erning tirik organizmlar va ularning yashash, mavjudlik muhitlarini tashkil
etuvchi o’lik tabiatni o’z ichiga oluvchi tashqi qobig’i (sfera) dir. (bios - hayot, yashash;
spharia - shar). Biosfera - tirik va o‘lik materiyalarning o‘zaro ta’sirlari natijasini ifodalaydi.
Biosfera haqidagi ta’limotni buyuk olim akad. B.I.Vernadskiy 1926 yilda yaratgandir. Uning
ta’limotiga binoan baosfera quyidagi qismlardan iboratdir:
1. Atmosfera- 25-30 km balandlikkacha (Erning havoli kobigi)
2. Gidrosfera-10 km chukurlikkacha (Erning suvli kobigi)
3. Litosfera- 3-4 km chukurlikkacha (Erning tuproqli qatlami)
Dostları ilə paylaş: