Qurilish ekologiyasi ” fanidan


Xalqaro ekologik javobgarlik



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə22/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

2.8. Xalqaro ekologik javobgarlik. 
Xalqaro huquq sub’yektlarining ekologik javobgarligi zararli yoki xilof harakatlari
ularning o‘z iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy, texnologik, rekratsion va shu kabi xo‘jalik faoliyatlari
natijasida kelib chiqadigan atrof-muhit muhofazasiga zid bo‘lgan harakat 
yoki
harakatsizliklaridir. 


Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlik — xalqaro ekologik ob’yektlardan universal, 

regional va ikki davlat o‘rtasida belgilangan xalqaro-huquqiy me’yorlardan oshirib 

foydalanish yoki ularni buzish orqali atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash orqali kelib 

chiqadigan va xalqaro huquq sub’yektlariga qo‘llaniladigan noqulay moddiy va siyosiy 

sharoitlarning majburiy kechinmasi yoki ularning yuridik jazoga tortilishi. 
Yuridik javobgarlikning noqulay moddiy kechinmasi yoki moddiy javobgarligi deganda 
biz ekologik ziyon ko‘rgan davlatlarga yoki davlatlar yuridiksiyasida bo‘lmagan ekologik
ob’yektlarga (xalqaro ekologik tashkilotlar orqali) yetkazilgan zararni moliyaviy (reparatsiya), 
natural holda (restutitsiya) yoki almashtirish (substitutsiya) orqali qoplashni tushunamiz.
Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlikning moddiy qoplanishining «restoratsiya» usulini, 
ya’ni muayyan tabiiy ob’yektni yoki moddiy ob’yektni huquqbuzar sub’yekt tomonidan to‘liq
tiklab berish sanksiyasini qo‘llash ham mumkin. Masalan, tuproq unumdorligini tiklash, suvni 
tozalab berish yoki eroziya oqibatida buzilgan binoni xalqaro huquq sub’yekti tomonidan tiklab
berilishi. 
Milliy ekologik javobgarlikdan xalqaro ekologik javobgarlikning asosiy farqi ularda
qo‘llaniladigan sanksiyalardadir. Xalqaro huquq sub’yektlarini ozodlikdan mahrum qilish, kam 
ish haqi to‘lanadigan vazifaga tushirib qo‘yish, mol-mulkini musodara qilish, ma’muriy jazoga


31
tortish imkoniyati bo‘lmaganligi uchun ham jazo sanksiyalarining o‘zgacha turlarini qo‘llashni 


taqozo qiladi.
Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlikda aybdorlarga nisbatan noqulay siyosiy 


kechinmalarni qo‘llash sanksiyasi ham mavjud. Jazo turi xalqaro tashkilotlar yoki ularning
sudlov organlarining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi. Aybdor deb topilgan xalqaro 
sub’yekt xalqaro tashkilotlar safidan chiqariladi yoki ularga nisbatan turli ko‘rinishdagi yoki
shakldagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, harbiy, ekologik «boykot» e’lon qilinadi. Bunga 
yaqqol misol qilib BMTning Iroq Respublikasiga nisbatan bir necha yil mobaynida qo‘llanilgan
iqtisodiy «boykot»ini olsak bo‘ladi. 2000-yil fevral oyida Rossiya Federatsiyasiga qarashli 
«Volga-Don» mazut tashuvchi daryo kemasi Bosfor bo‘g‘ozida Iroq xom ashyosini olib
ketayotganda ushlandi va yoqilg‘i konfiskatsiya qilindi hamda kema qarashli kompaniyaga 
katta jarima solindi. Iroq Respublikasi urushni targ‘ib qilish va yadro qurolini yaratish orqali
tabiatga va inson hayotiga tajovuz qilayotgan harakatlari uchun u xalqaro Gaaga sudi qarori 
bilan siyosiy sanksiyaga tortildi. Ammo yurisprudensiyada qo‘llaniladigan asosiy
prinsiplardan biri «Huquqbuzarliklar uchun jazoning muqarrarligi» xalqaro-ekologik 
javobgarlikda hanuzgacha to‘lig‘icha qo‘llanilmayapti, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Eng nufuzli xalqaro sudlov organi — BMT ning xalqaro Gaaga sudi 1945-yil BMT bilan 
bir vaqtda faoliyat yurgiza boshladi. Sudyalar Bosh Assambleya tomonidan 5 yil muddatga
saylanadilar. BMT Nizomining 99-moddasiga binoan Gaaga sudi Xavfsizlik Kengashiga, 
xalqaro ekologik masalalar, jumladan, ekologik xavfsizlikni saqlashga doir har qanday
masalalarni ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish huquqiga ega. 
Xalqaro ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra Yer kurrasida davlatlar yoki transkontinental
kompaniyalar tomonidan sodir etilayotgan ekologik huquqbuzarliklarning bor-yo‘g‘i 7—8 foizi 
xalqaro sudlov organlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Vaholanki, ularning hammasi ham
yetarlicha javobgarlikka tortilmayaptilar, natijada atrof-muhitga yetkazilayotgan zararni 
qoplash uzoq muddatga cho‘zilib ketmoqda.
Gaaga sudidan tashqari bir qancha regional va subregional toifadagi xalqaro sudlar 
mavjud. Ular 200 dan ziyod ikki va ko‘p tomonlama imzolangan shartnoma va kelishuvlar
bo‘yicha xalqaro ekologik javobgarlik sanksiyalarini qo‘llashlari mumkin. Bunda davlatlar o‘z-
larining milliy qonun me’yorlarini yoki xalqaro tashkilotlarning Nizomlarini «ro‘kach» qilib
ko‘rsatishlari aslo inobatga olinmasligi kerak. Chunki, xalqaro ekologiya huquqi prinsipiga
binoan atrof-muhitni muhofaza qilishda xalqaro huquqiy-me’yoriy normalar milliy normalarga
nisbatan ustuvorlikka egadir. Undan tashqari, xalqaro shartnoma va kelishuvlarda ekologik-
huquqiy javobgarlik ko‘pincha inobatga olinmaydi, agar olingan bo‘lsa ham davlatlarning u
yoki bu tabiiy ob’yektlari muhofazasiga qaratilgan, xolos. Shuning uchun ham xalqaro 
ekologik-huquqiy javobgarlik me’yorlari birlamchi me’yorlar toifasiga kiritilmaydi va
huquqbuzarlarni yuridik javobgarlikka tortish uchun yetarli asos bo‘la olmaydi. 


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin