Qurilish ekologiyasi ” fanidan



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə20/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

(YUNESKO)madaniyat, fan va maorif masalalari boyicha xalqaro tashkilot. YUNESKO
1948-yil tashkil topgan va o‘z Nizomiga muvofiq u atrof tabiiy muhit muhofazasiga doir 
quyidagi masalalarni hal qilishda faoliyat yurgizadi:
-

100 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etadigan xalqaro ekologik dasturlarga 


rahbarlik qiladi. Shular qatorida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurgizib kelayotgan
«Inson va biosfera» (MAB), Tabiat muhofazasiga doir xalqaro maorif dasturi, Xalqaro 
gidrologik dastur (1995-yildan buyon YUNESKO va Germaniya fan va texnologiyalar
vazirligi loyihasiga binoan Orol dengizi atrofidagi yer usti va osti suvlarini baholash va 
modellashtirish ishlari olib borilmoqda) va hokazo;
-

tabiiy ob’yektlar muhofazasini hisobga oladi va tashkil etadi. Shunga asosan Yer 
kurrasining turli burchaklarida biosfera qo‘riqxonalari tashkil etilgan. Biosfera
qo‘riqxonalarini tashkil etish, ularda atrof-muhitga inson faoliyatining ta’sir qilish 
darajasining monitoringini olib borish YUNESKOning universal dasturi asosida amalga
oshiriladi. O‘zbekiston hududida 1995-yildan buyon Chotqol tog‘-o‘rmon biosfera 
qo‘riqxonasi xalqaro yagona biosfera qo‘riqxonalar tizimida ishtirok etib kelmoqda.
Ammo uning faoliyati YUNESKO dasturining 3 tabaqali tegralash bo‘yicha qo‘riqxona 
ishini tashkil qilish talabiga hanuzgacha javob bermaydi. Biosfera qo‘riqxonasi hududi —
qo‘riqxona, bufer (himoya) va yadro tegralariga ajratilmagan. Qo‘riqxonadagi bunday 
tashkiliy ishlarni amalga oshirish ma’lum darajada moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni taqozo
qiladi.

Jahon sogliqni saqlash tashkiloti (JSST) eng birinchilar qatori (1946-yil)da tuzilgan
BMT ning tashkiloti bo‘lib, u atrof-muhitning salbiy o‘zgarishi natijasida inson salomatligi 

28
holati, uni saqlash va mustahkamlashga o‘z faoliyatini qaratadi. JSST quyidagi ekologik 


vazifalarni amalga oshiradi:
-
atrof tabiiy muhitning sanitar-epidemiologik monitoringini olib borish

-
atrof-muhit holatiga qarab kishilarda kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishi 


bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash hamda ularni umumlashtirish;
-
atrof-muhitning sanitar-gigiyenik ekspertizasini olib borish va uning sifatiga 

baho berish;


-
shaharlarda inson salomatligi masalalarini tadqiq qilish; 

-
rekreatsion tabiiy mintaqalar va ularda aholining hordiq chiqarish chora-


tadbirlarini olib borish.

Oziq-ovqat va qishloq xojaligi tashkiloti (FAO) 1945-yilda tuzilgan bo‘lib, uning
qarorgohi Rim shahrida. FAOning ekologik faoliyati xalqaro tabiiy resurslardan oqilona va 
samarali foydalanish orqali Yer yuzida ortib borayotgan aholini oziq-ovqatga bo‘lgan talabini
qondirish. FAOning sa’y-harakati orqali «Dunyo tuproq kartasi» tuzilgan. «Umumjahon tuproq 
kartasi» qabul qilingan, aholini joylashtirish, oziq-ovqat muammolari, sahrolanishga qarshi
kurash, suv resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish mavzusidagi bir qator xalqaro 
anjumanlar o‘tkazilmoqda.

Hukumatlararo dengiz kengashi tashkiloti (HDK) 1948-yilda tuzilgan bo‘lib, uning
qarorgohi London shahrida. HDK dunyo okeani va dengizlarda suv transportidan 
foydalanishning ekologik xavfsizlik darajasini ta’minlab berishda faol ishtirok etmoqda hamda
ularning ifloslanishiga qarshi kurash bo‘yicha bir qator konvensiyalar ishlab chiqqan. Bu 
tashkilot o‘z tarkibiga 100 dan ziyod mamlakatlarni birlashtirib, dengiz suvlari muhofazasiga
doir asosiy xalqaro prinsiplarni o‘rnatadi va uning siyosatini olib boradi. 


Jahon meteorologik tashkiloti (JMT) 1947-yilda tuzilgan bo‘lib, uning qarorgohi Jeneva
shahrida. JMTning maqsadi insonlarning xo‘jalik faoliyatini planetamiz iqlimiga ta’sir 
ko‘rsatish darajasini tadqiq qiladi va ularga oid materiallar to‘playdi. U atrof-muhitning global
monitoring tizimi (AMGMT) bo‘yicha JMT, JSST, FAO, YUNESKO tashkilotlari bilan 
hamkorlikda faoliyat yurgizadi. Bu tizimni YUNEP tashkiloti muvofiqlashtirib turadi.
AMGMT harakatdagi 5 dasturni muvofiqlashtirib turadi: 
- atmosfera havosi holatining monitoringi;
- ifloslantiruvchi moddalarni uzoq masofalarga ko‘chirish; 
- inson salomatligi;
- dunyo okeanlari; 
- quruqlikdagi resurslarni tiklash.
O‘zbekiston Respublikasi AMGMT dasturi bo‘yicha tuzilgan «Iqlimning o‘zgarishi 
to‘g‘risida»gi konvensiyaga 1993-yildan boshlab a’zo. Hozirgi kunda ushbu Konvensiyani 59
mamlakat ratifikatsiya qilgan. 1996-yil 12—14-noyabrda Toshkent shahrida o‘tkazilgan ushbu 
Konvensiya bo‘yicha seminar yig‘ilishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
— iqlimning o‘zgarishi to‘g‘risidagi Konvensiya bilan Markaziy Osiyo davlatlari 
va nodavlat tashkilotlarini tanishtirish;
— Konvensiyaga qo‘shilmagan mamlakatlarni jalb qilish; 
— Markaziy Osiyo davlatlariga BMT, xususan, YUNEP ning yordam ko‘rsatish
yo‘llarini aniqlash; 
— O‘zboshgidromet va boshqa respublikalar gidrometeorologik xizmatlaridan arid
(quruq) iqlim sharoitlarida iqlimga sanoat 
ta’sirini aniqlash metodikalarini
takomillashtirish. 
BMTning Tabiiy ofatlarni bartaraf etishga yordam korsatish boyicha byurosi 


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin