Qurilish ekologiyasi ” fanidan



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə18/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

butun dunyo hamjamiyati a’zolarining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan 

samarali foydalanishdagi xohish va irodalari aks etgan xalqaro huquqiy hujjatlar.

Rasman esa atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish manbai deb xalqaro 

ekologik munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar yig‘indisiga 

aytiladi.

Xalqaro huquqiy hujjatlarga shartnoma, kelishuv, konvensiya, rezolyutsiya, xartiya, 

deklaratsiya, qaror (protokol)lar kiradi. Ayrim hollarda xalqaro-huquqiy hujjatlarga
davlatlarning ichki qonunlarini ham kiritadilar, qachonki milliy qonunlar xalqaro huquq 
me’yorlariga nisbatan atrof-muhit muhofazasini ko‘proq ta’minlab bera oladigan bo‘lsa. Nima
bo‘lganda ham milliy qonunchilik, bizning fikrimizcha, to‘lig‘icha xalqaro-huquqiy manba 
bo‘la olmaydi. Faqatgina ma’lum bir xalqaro huquq sub’yekti bo‘lmish davlatlar hududida


25
ekologik talablarga ko‘proq javob beradigan normalar qo‘llanishi mantiqan to‘g‘ri deb 


topilgandir.
Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilishda markaziy o‘rinni rezolyutsiyalar 
egallaydi. Chunki BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalarida davlatlarning xalqaro
hamkorlikdagi ekologiyaga oid asosiy normalari va harakat qoidalari aks etgan. «Rezolyutsiya» 


lotin tilida «hal qilish», ya’ni ma’lum bir yig‘in (s’yezd, komitet, konferensiya, 

simpozium...)larning xulosalovchi yoki hal qiluvchi qarorlari.
Xalqaro-ekologik munosabatlarda ko‘pincha «xartiya» so‘zi ishlatiladi. Xartiya grekchada 


«qog‘oz», ya’ni qog‘ozga bitilgan ommaviy va siyosiy hujjat ma’nosida ishlatiladi. 1982-yil
28-oktabrda BMT Bosh Assambleyasi 37-sessiyasida qabul qilingan «Umumjahon tabiatni 
muhofaza qilish xartiyasi»da xalqaro ekologik huquqning 24 prinsipi qabul qilingan va unga
binoan BMTga a’zo mamlakatlar o‘zining milliy ekologik qonunlarini ularga moslashtirishlari 
talab etiladi.
Xalqaro huquqda amaldagi milliy qonunchilikni xalqaro huquq talablariga moslashtirish 
«implementatsiya» deyiladi. BMTning mustaqil sub’yekti bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi 

xalqaro hamjamiyatga dadil qadamlar bilan kirib borar ekan, huquq sohasida uning oldida 3 

katta vazifa turadi: 1) mamlakatda demokratik boshqaruvni barpo etish va barqaror 

rivojlanishni ta’minlab beruvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilish; 2) milliy 

qonunchilikni xalqaro prinsiplarga moslashtirish; 3) qonun me’yorlarini hayotga tatbiq qilish 

mexanizmini yaratish.
1990-yil 21-noyabr «Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi»da (1993-yil 27-noyabrdan 
O‘zbekiston ham qo‘shilgan) va 2000-yil Yer xartiyasida ekologik xavfsiz muhitni ta’minlash
har bir ishtirokchi mamlakatning burchi ekanligi alohida ta’kidlangan. 


Shartnomasiyosiy ahamiyat kasb etuvchi va boshqa siyosiy, iqtisodiy, ma’rifiy-

madaniy masalalar qatori atrof-muhit muhofazasiga oid xalqaro me’yorlarni o‘zida aks 

ettiruvchi hujjat. Shartnomalar XX asrning ikkinchi yarmida keng tarqalgan xalqaro huquq
manbai bo‘lib, ular umumiy, regional va ikki tomonlama tuzilishi mumkin. Dunyoda 300 dan 
ziyod ekologik munosabatlarni o‘zida qamrab olgan xalqaro shartnomalar mavjud. Ularning
ichida eng salohiyatlilari umumiy turdagi «Yevropa xavfsizligini ta’minlashning yakuniy 
shartnomasi» (1975-yil), «Atmosfera, kosmik fazo va suvda yadro qurollarini sinashni
to‘xtatish to‘g‘risida» (1963-yil), «Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida» (1968-yil) kabi 
xalqaro shartnomalardir.
Ikki tomonlama O‘zbekiston—Qozog‘iston, O‘zbekiston—Tojikiston, O‘zbekiston—
Qirg‘iziston, O‘zbekiston — Turkmaniston respublikalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda
atrof-muhitni birgalikda muhofaza qilish (jumladan, suv resurslaridan oqilona foydalanish)ga 
qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish kabi xalqaro huquqiy me’yorlar
belgilanib olingan. 
Shartnoma muayyan yo‘nalishdagi xalqaro munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan
bo‘lsa, u «konvensiya» deb ataladi. Konvensiyalotin tilida «shartnoma», «shart», 


«kelishuv» degan ma’noni anglatadi. Konvensiya ikki va undan ortiq xalqaro tabiiy
ob’yektlarni muhofazalash yoki ulardan birgalikda foydalanishni nazarda tutsa kompleks-


ekologik, ma’lum bir turdagi xalqaro tabiiy ob’yektdan foydalanishni nazarda tutsa resurs-

ekologik konvensiya deb ataladi.

Kompleks-ekologik konvensiyalarga BMTning YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan
1972 va 1973-yillarda qabul qilingan «Butunjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish» 
va «Yo‘qolish xavfida turgan yovvoyi turdagi fauna va flora turlarini savdo qilish»
konvensiyalari kiradi. 


Resurs-ekologik konvensiyalarga 1979-yili Bonnda qabul qilingan «Ko‘chib yuruvchi
yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish», 1985-yili Venada qabul qilingan «Ozon qatlamini 
himoya qilish» kabi ekologik shartnomalar kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatning mustaqil sub’yekti sifatida 10 dan ziyod 

ekologik konvensiyalarga qo‘shilgan, jumladan:
1993-yil 14-mayda «Iqlimga ta’sir etishni chegaralash»; 

26
1995-yil 13-oktabrda «Sahrolanishga qarshi kurash»; 


1995-yil 15-iyunda «Afrika — Osiyo qit’alarida ko‘chib yuruvchi qushlarni muhofaza
qilish»; 
1996-yil 7-mayda «Biologik xilma-xillik»;
1996-yil 7-mayda «Xavfli chiqitlarni tashish va ularni yo‘qotish». 
Qabul qilingan konvensiyalarni amaliy tatbiq qilish uchun bir qator qonunlar, davlat
dasturlari, loyihalar ishlab chiqilgan va ularning huquqiy mexanizmi yaratilmoqda. 
Atrof-muhitni muhofaza qilish masalasida mustaqil Respublikamiz diplomatik
munosabatlarda ko‘proq ikki va ko‘p tomonlama kelishuvlarni qo‘llamoqda. 1996-yil 
8-mayda O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi va 1997-yil 11-dekabrda
Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida tabiatni muhofaza qilishga doir kelishuvlarga imzo 
chekilgan.
Xalqaro ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda deklaratsiya (lotin tilida — 


e’lon qilish, tushuntirish), ya’ni ma’lum bir tashkilot, davlat yoki partiyalarning asosiy prinsip 

va me’yorlarini tantanali ravishda e’lon qilish ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ularga
misol qilib, 1986-yil 4-oktabrda BMTning «Rivojlanish huquqi to‘g‘risida», 1969-yil 11-
dekabr — «Ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot», 1975-yil 10-noyabr — «Ilmiy-texnik
rivojlanishdan tinchlik va inson farovonligi yo‘lida foydalanish», «Stokgolm — 72», «Rio — 
92», «Yoxannesburg — 02» kabi deklaratsiyalarni keltirish mumkin.
Atrof-muhitni muhofaza qilishga doir xalqaro munosabatlarni tartibga solishda 


memorandium (lotin tilida — nimani tushuntirmoq kerak) — diplomatik mulohazalar predmeti 

bo‘lgan masalalarni aks ettiruvchi hujjat, qaydnoma — asosiy shartnomaga qo‘shimcha 

qilinadigan hujjatlarning ham juda katta ekologik ahamiyati bor.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin