Milliy iqtisodiyotning mustaqil tarmog`i sifatida qurilishning shakllanishi va texnik-iqtisodiy xususiyatlari
Qurilish milliy iqtisodiyotning mustaqil alohida tarmog`i bo`lib, yangi asosiy fondlarni yaratish hamda faoliyat yurgizayotgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlarini qayta qurish, kengaytirish, ta`mirlash va texnik qayta jihozlash uchun mo`ljallangan. Qurilish tarmog`ining ahamiyati shundaki, mamlakat milliy iqtisodiyoti rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib beradi.
Qurilish tashkilotlarining mahsuloti sifatida yaratilayotgan asosiy fondlarni yaratish jarayonida ishchi xodimlar band bo`ladi hamda mehnat vositalari (texnika) va mehnat predmetlari (materiallar) ishlatiladi.
Qurilish jarayoni asosiy elementlarining o`zaro harakati natijasida esa natural (bino, inshoot va obyektlar) va qiymat (pul mablag`lari) ko`rinishidagi pirovard qurilish mahsuloti yaratiladi.
r asm. Qurilish jarayonining asosiy bosqichi
Qurilishga tayyorgarlik ishlari quyidagi yo`nalishlar bo`yicha amalga oshiriladi: qurilish obyektining maqsadga muvofiqligi yuzasidan texnik-iqtisodiy tadqiqotlarni olib borish, obyektni loyihalashtirish va qurilishga muhandislik-texnik jihatdan tayyorgarlik ko`rish. Texnik-iqtisodiy tadqiqotlar jarayonida barpo etilayotgan obyektning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari va uni qurishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi baholanadi. Loyihalashtirish bosqichida obyektning konstruktiv-joylashtirish yechimi, uni qurishni tashkil etish usullari va ishlarni bajarish texnologiyasi ishlab chiqiladi hamda qurilishning smeta qiymati aniqlanadi. Undan keyin qurilishga muhandislik-texnik tayyorgarlik ko`rish amalga oshiriladi (tayanch geodezik va qurilish to`r(set)larini ishlab chiqish; qurilish maydoni hududi va transport kommunikatsiyalari yo`lakchalarini tayyorlash bo`yicha ishlarni olib borish).
Qurilish maydonida bevosita qurilish jarayonining o`zi amalga oshirilishida barcha texnologik elementlarning birlashishi sodir bo`ladi, buning natijasida esa qurilish mahsuloti yaratiladi hamda qurilish jarayonining amaldagi jami xarajatlari, bino va inshootlarning moddiy-ashyoviy elementlari, ularning arxitekturaviy-qurilish ifodasi va sifati shakllanadi.
Obyektlar qurilishining tugallanishi. ularni tayyor holda ekspluatatsiyaga hamda buyurtmachilarga asosiy fondlar sifatida topshirishdan iboratdir. Qurilish ishlab chiqarishi jarayoniga kapital qo`yilmalar doiraviy aylanishining quyidagi uchta bosqichlari to`g`ri keladi: