Modelni vizuallashtirish
Lira PK ekranda modelning tasvirini boshqarishga mo’ljallangan ulkan buyruqlar to’plamiga ega. Bu buyruqlar ikkita menyu bandiga jamlangan: Vid (ko’rinish) va Flagi risovaniya (tasvirlash belgilari) menyu bandlari. Vid (ko’rinish) menyusining dastlabki oltita buyruqlari modelni turli proektsiyalarda tasvirlashga xizmat qiladi.
Vid menyu bandi buyruqlari va uskunalari Prostranstvennaya modelь (3D grafika) (fazoviy modelь)
|
Yaratilgan ob’ektni fazoviy tasvirlash imkoniyatini yaratadi va uni turli nuqtai nazardan batafsil o’rganish uchun apparat taqdim qiladi.
|
- Izometriya
|
Modelning izometrik proektsiyasi
|
-Proektsiya na ploskostь XOY
|
Hisob sxemasini XOY tekisligidagi proektsiyada tasvirlash
|
-Proektsiya na ploskostь XOZ
|
Hisob sxemasini XOZ tekisligidagi proektsiyada tasvirlash
|
-Proektsiya na ploskostь YOZ
|
Hisob sxemasini YOZ tekisligidagi proektsiyada tasvirlash
|
Proektsiya na proizvolьnuyu ploskostь
|
Hisob sxemasini ixtiyoriy tekisligidagi proektsiyada tasvirlash
|
Fragmentatsiya
|
Faqat belgilangan tugun yoki elementlarni ekranda tasvirlash
|
Inversnaya fragmentatsiya
|
Faqat belgilanmagan tugun yoki elementlarni ekranda tasvirlash
|
Vosstanovlenie konstruktsii
|
Konstruktsiya hisob sxemasini fragmentatsiya tadbiridan keyin asl holatidagi ko’rinishiga keltirish
|
CHegaraviy shartlarning qo’yilishi
Hisoblanayotgan konstruktsiya fazoda mahkamlanishi zarur, tinglovchi hisob sxemasini yaratish davomida, bog’lanishi kerak bo’lgan tugunlarni va ularning mahkamlanish usullarini ko’rsatishi lozim. Bu tadbir Sxema→ Svyazi menyu bandi yoki yordamida amalga oshiriladi. Svyazi v uzlax (tugun bog’lanishlari) muloqot oynasida ikkita ustun mavjud (16-rasm). Birinchi ustunda uchta dekart koordinata sistema o’qlari bo’ylab chiziqli ko’chishlar – X, Y, Z, ikkinchi ustunda esa burchak ko’chishlari, ya’ni koordinata sistemasi o’qlari atrofidagi buralishlar keltirilgan. Ular mos ravishda UX, UY, UZ lar bilan belgilangan. Oynachada belgi o’rnatish mos ko’chishga cheklanish o’rnatilganligini anglatadi, boshqacha aytganda shu yo’nalish bo’yicha ko’chish taqiqlanadi. Agar qaysidir bog’lanishlar noto’g’ri berilgan bo’lsa, u holda Svyazi v uzlax (tugun bog’lanishlari) muloqot oynasidagi piktogrammadan foydalanib bog’lanishni bekor qilish mumkin. Bog’lanishlarni tayinlash jarayonini yassi ramani hisoblash modelini tuzish masalasini davom qilish bilan ko’rsatib beramiz.
XOZ teksligida geometrik o’zgarishlar ro’y bermasligining oldini olish maqsadida poydevor plitaga qo’shimcha chegaraviy shartlarini qo’yamiz.
Tugunlarni belgilash
Filьtr dlya elementov muloqot oynasida oxiridan oldingi Secheniya i otsecheniya oynachasiga o’ting va qirquvchi tekislikni tanlash uchun XOY radio-tugmani yoqing.
Poydevor plita bilan diafragmaning ulangan tugunlaridan istalgan birini kursor bilan ko’rsating.
-Primenitь tugmasini bosing.
Sxemaning faqat belgilangan tugun va elementlarini ekranda ko’rish uchun Vid→Fragmentatsiya menyusi yordamida fragmentatsiyani bajaring.
Hisob sxemasini YOZ proektsiya teksligida tasvirlash uchun Vid→Proektsiya na ploskostь YOZ yoki ( ) menyu bandini bajaring.
Vыbor → Otmetka uzlov ( ) menyu bandini bajarganingizdan keyin kursor bilan diafragmaning pofdevor plita bilan ulangan joylardagi tugunlarini belgilab chiqing.
CHegaraviy shartlarni qo’yish6
Dostları ilə paylaş: |