Qurilish majmui va kapital qurulmalar samaradorligi. Reja



Yüklə 98,82 Kb.
səhifə2/3
tarix18.04.2023
ölçüsü98,82 Kb.
#99738
1   2   3
Qurilish majmui va kapital qurulmalar samaradorligi. Reja

Qurilish industriyasi.


O’zbekiston Respublikasida qurilish industriyasining negizini davlat, aktsiyadorlik, shirkat, xususiy, qo’shma va boshqa pudrat qurilish-montaji tashkilotlari, shuningdek, o’z moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega bo’lgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xo’jaliklar tashkil etadi.
O’zbekistonda 245 montaj-qurilish tresti, 196 qurilish sanoati korxonasi, 1882 quyi pudrat tashkiloti, 3 mingga yaqin kichik korxona, 64 loyiha va ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy-tadqiqot instituti faoliyat ko’rsatadi. Qurilish-montaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga oshiradi.
Respublikaning qurilish tashkilotlari ixtisoslashtirilgan korporatsiya, kompaniya, birlashma, trestlar va boshqarmalarga uyushgan. Qurilish moddiy-texnika bazasining muhim tarkibiy qismini qurilish materiallari sanoati tashkil etadi.
Qurilish industriyasida yig’ma temir-beton konstruktsiyalari va detallaridan ko’proq foydalanilmoqda. Bino va inshootlarning yirik qismlarini, uy poydevorlari, devor panellari, zinopoyalar va boshqalarni zavod usulida tayyorlaydigan yangi tarmoqlar paydo bo’ldi. Qurilish tobora bino va inshootlarni montaj qilish jarayoniga aylanib bormoqda. Binolarning zilzilabardoshligi ta’minlangan. Qishloq joylarida loyihalash-qurilish tamoyillari o’zgardi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish bo’yicha sanoat majmualari o’rniga kichik firmalar qurilmoqda. Imoratlarni tiklashda engil konstruktsiyalar ko’proq qo’llanilmoqda, xo’jaliklar qo’rg’onlarini qurishda uy-joylar bilan bir paytda madaniy-maishiy muassasalar, ishlab chiqarish binolari kompleks foydalanishga topshiriladi. Qurilishda jami jarayonlarni qamrab olgan qishloq qurilish kombinatlari barpo etilgan.
O’zbekistonda qudratli iqtisodiy salohiyatni barpo etishdagi muvaffaqiyatlar bevosita qurilish bilan bog’liq. 1924-95 yillarda 5,5 ming km. temir yo’l, 1500 dan ortiq yirik davlat sanoat korxonasi, 40 ga yakin magistral kanal, 54 yirik suv va sel ombori qurildi, 2 mln. ga dan ortiq sug’oriladigan erlar o’zlashtirildi, 29 mln. ga yaylovga suv chiqarildi.
1995 yilda jami manbalardan o’zlashtirilgan kapital mablag’lar 82,2 mlrd. so’mni, jumladan uning 47,0 mlrd. so’mini qurilish-montaj ishlariga sarflangan mablag’lar tashkil etdi. Kapital mablag’lar tarkibida davlat hissasi 57%ga tushdi. Uy-joy qurilishi keng miqyoslarda olib borildi va moliyalashning jami manbalaridan foydalanildi.
Respublika mustaqillikka erishganidan so’ng kapital qurilish yangi dastur asosida davom ettirildi. Respublika iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan avtomobil, oltin qazib olish, neft va boshqa sanoat tarmoqlarida yangi korxonalarni qurish boshlandi. Barcha viloyatlarda sanoat korxonalari, uy-joylar, madaniy-maishiy binolar, bozor va sado rastalari, hammom, choyxona, kasalxona, mahalla markazlari, masjidlar qurildi, O’nlab me’moriy majmualar, tarixiy yodgorliklar, madrasalar, masjidlar ta’mirlandi.
Kapital mablag’larning 66,8%i ishlab chiqarish, 33,2%i noishlab chiqarish ob’ektlari yo’nalishda sarflandi. Qurilish sohasida xalqaro hamkorlik yaxshi samara bermoqda. Xorijiy firmalar bilan hamkorlikda Toshkent, Samarkand, Buxoro shaxarlarida xalqaro klassdagi mehmonxonalar qurilishi va ta’mirlash ishlari boshlandi. Respublika tarixida birinchi marta kapital qurilishi sohasiga chet el investitsiyalari jalb etildi. Kapital mablag’lar tarkibidagi xorijiy investitsiyalar hissasi 16%ni tashkil etdi.
Qishloq joylarda xususiy uy-joylarni qurish bo’yicha keng ko’lamli dastur amalga oshirila boshlaganidan buyon, ya’ni so’nggi ikki yil davomida 15 mingdan ziyod oila har tomonlama qulay yangi uy-joylarga ega bo’ldi.
Faqat o’tgan yilning o’zida namunaviy loyihalar asosida umumiy maydoni 1 million 100 ming kvadrat metrga teng bo’lgan 7 ming 400 ta xususiy uy-joy qurib bitkazildi. Bu maqsad uchun 576 milliard so’mlikdan ortiq investitsiyalar yo’naltirildi, ularning 63 foizdan ziyodini markazlashtirilgan manbalar va “Qishloq qurilish bank” mablag’lari tashkil etadi.
Joriy yilda umumiy turarjoy maydoni 1 million 200 ming kvadrat metrdan ortiq bo’lgan 8 ming 510 ta yakka tartibdagi uy-joy qurilishi rejalashtirilgan, bu esa o’tgan yilga nisbatan 15 foiz ko’pdir.
Qurilish tizimi.


Qurilish tizimining organlari quyidagilardan iborat: «O’zsanoatxo’jalikqurilish» korporatsiyasi, «O’zmontajmaxsusqurilish» uyushmasi, «O’zdehqonchilikqurilish», «O’zjamoaxo’jalikqurilish» davlat shirkat birlashmalari, «Toshkentuy-joyinvestqurilish» korporatsiyasi va boshqalardir. Suv xo’jaligi va meliorativ ishlarni «O’zsuvqurilish» davlat kontserni olib boradi. «O’ztransqurilish», «O’zavtoyo’l» kontserni, Energetika va elektrlashtirish vazirligi ham qurilish ishlarini bajaradi.
«O’zsanoatxo’jalikqurilish» davlat korporatsiyasi respublika sanoat qurilishi, uy-joy va boshqa ijtimoiy maqsadlardagi ob’ektlarni qurish bilan shug’ullanadi. qurilish tashkilotlari, qurilish industriyasi korxonalari, transport, loyiha-konstruktorlik va boshqa tashkilotlarni ixtiyoriy asoslarda birlashtiradi.
«O’zmontajmaxsusqurilish» uyushmasi respublika xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida montaj va maxsus qurilish ishlarini olib boradi. Texnologik jihozlar, elektr ta’minoti ob’ektlari, avtomatika, aloqa tizimlari, metall va yig’ma temir-beton konstruktsiyalari, issiqlik izolyatsiyasi jihozlari, lift va ko’targichlar, sanoat pechlari hamda quvurlari va boshqalarni montaj qiladi, ko’radi. Uyushma tarkibida ixtisoslashtirilgan trest, «O’zelektrmontaj», «O’zsantexgazmontaj», «O’zissiqlikmontaj», «O’zsanoatventilyatsiya», «O’zpo’latkonstruktsiya», «Farg’onaneftkimyomontaj» trestlari, «O’zbekneftmontaj» boshqarmasi, Toshkent engil metall konstruktsiyalari, To’ytepa metall konstruktsiyalari, Toshkent sanitariya jixozlari zavodlari, «O’zmontajloyiha» instituti va boshqalar bor.
«O’zdehqonchilikqurilish» birlashmasi qishloq joylarida ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlaridagi qurilish ishlarini olib boradi. Respublika qishloq qurilishi vazirligi va «O’zjamoaxo’jalikqurilish» birlashmasining ayrim tashkilotlari negizida tashkil etilgan. Birlashma qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasini yaratish va mustahkamlash, jamoat binolari, maktablar, yirik kasalxonalar, savdo markazlari, klub va madaniyat saroylari, bog’chalar, maishiy xizmat ko’rsatish kombinatlari va boshqalar qurilishida katta yutuqlarni qo’lga kiritdi.
«O’zjamoaxo’jalikqurilish» shirkat birlashmasi qishloq tumanlarida, jamoa xo’jaliklarida uy-joy, jamoat va madaniy-maishiy ob’ektlar, ishlab chiqarish korxonalari qurilishi bo’yicha bosh pudratchi.
O’zbekiston Respublikasi ko’p tarmoqli qurilish materiallari sanoatiga ega.
Tsement, asbest-tsement, devorbop materiallar, yumshok yopg’ich va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, noruda qurilish materiallari, qurilish keramikasi, issiqlik izolyatsiyasi materiallari, ohak, gips, bog’lovchi materiallar va ulardan buyumlar, sanitariya-gigiena jihozlari, polimer xom ashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir beton konstruktsiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari mavjud. Tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlandi.
Qurilish materiallari sanoati tarmoqlari yuksak mexanizatsiyalashgan va xalq xo’jaligining qurilish materiallariga bo’lgan talabi to’la qondiradi. Xorijiy investorlar ishtirokida yangi qo’shma korxonalar qurilmoqda, ishlab to’rgan korxonalar zamonaviy texnologiya bilan jihozlanib, kengaytirilmoqda.
O’zbekistonda tabiiy xom ashyodan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Ayniksa, binolar qurilishida xom g’isht, guvala, yog’och, sinch, oddiy tuproqdan tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiallari bo’lib kelgan. Xumdonlarda pishirilgan g’isht, sopol, chinni koshin, ganch, yo’nilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qo’llanilgan.Tsement sanoati. Respublikadagi qurilish industriyasining birinchi korxonasi 1913 yil qurila boshlagan Xilkovo tsement zavodidir. Respublikada tsementga ehtiyoj oshib borganidan keyin 1932 yilda Quvasoy tsement zavodi ishga tushirildi.
Respublika tsement sanoati tarmog’ida yiliga 5 mln. tonnadan ko’proq tsement ishlab chiqaradigan 5 yirik korxona ishlaydi. Tsementning hamma asosiy turlarini ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Tsement korxonalarida shifer, abotsement quvurlar, mineral paxta va undan tayyorlanadigan buyumlar, tsement-qum cherepitsalari va boshqa mahsulotlar ham ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
Toshtaroshlik (toshga ishlov berish). Tabiiy toshlar (marmar va granit) dan ishlangan qoplama materiallari va banklar Markaziy Osiyo me’morchiligida ko’p ishlatilgan.
Qoplama toshlar zaxiralari, xilma-xilligi va rangi bo’yicha O’zbekiston MDX mamlakatlari orasida etakchi o’rinda. Respublikada 30 dan ortiq marmar, granit, trovertin, tuf va boshqa jinslar konlari topilgan. Respublikada noruda va qoplama materiallar tarmog’ida toshga ishlov berishadigan 19 ta korxona faoliyat ko’rsatmoqda.
Devorbop materiallar sanoati sohasida qurilishda ishlatiladigan olovbardosh va imorat g’ishtining asosiy qismi yalang’och 2-g’isht zavodi, Yangiyo’l 8-g’isht zavodi va boshqa zavodlarda chiqariladi. 1990 yillar boshidan g’ishtni yangi texnologiya asosida tayyorlash bo’yicha ekspremental tsexlar ishga tushirildi.
Keramika sanoati tarmoqlarida Angren keramika kombinati va Toshkent qurilish materiallari kombinatida barcha turdagi sopol qoshinlar, sanitariya-qurilish foyansi, gips, kanalizatsiya quvurlari, maloyiha buyumlari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Shisha-oyna sanoti sohasida «Quvasoyshisha» ishlab chiqarish birlashmasi va G’azalkent shisha-oyna zavodi ishlaydi. Bu korxonalarda yo’liga 212 mln. dona konserva shisha idishlari, 80 mln. dona butilka, 2 mln.m2 deraza oynasi ishlab chiqariladi.

O’zbekistonning tabiiy sharoiti, uning moddiy-material va mexnat resurslari boyligi Respublikamizda kapital mablaglar foydlanish va uning samaradorligini oshirishga juda katta axamiyat kasb etadi.


Kapital kuyilmalarning iktisodiy samaradorlik kursatkichlari va ularning xisoblash tartibi.
Kapital mablaglarning iktisodiy samaradorligini yukori bulishi respublikada ijtimoiy ishlab chikarishni usishini ta`minlabgina kolmasdan, xalkning turmush darajasini usishida xam muxim rol’ uynaydi.
Kapital kuyilmalar samaradorligini xarakterlovchi kursatkichlardan biri umumiy iktisodiy samaradorlik kursatkichi bulib u kuyidagia aniklanadi: Bu kursatkich milliy iktisodiyot buyicha uning aloxida tarmogi buyicha yoki korxona mikyosida aniklanadi.
A) Butun xalk xujaligi tarmogi buyicha
D
Exx= bunda
K
EXX= xalk xujaligi tarmogida kapital mablaglarning umumiy iktisodiy samaradorlik kursatchichi
D-milliy daromad
K= kapital kuyilmalar.
B) Aloxida tarmok uchun xisoblanganda.
P
Exx=-------------- bunda
K
Exx= Umumiy iktisodiy samaradorlik kursatkichi
P= olingan foyda va daromad
K= kapital kuyilmalar

V) Aloxida korxona uchun kuyidagicha aniklanadi:


M-T
Es=------------ bunda
K

M- = yil davomida i/ch maxsulot


T= I/ch maxsulot tan narxi
K= kapital kuyilmalar

Misol: korxona tomonidan bir yilda 700,0 ming sumlik maxsulot ishlab chikarilib uning tan narxi 540,0 ming sumni tashkil kiladi. Ishlab chikarishni rekonstruktsiya kilishga sarflangan kapital mablaglar sarfi 1100,0 ming sum bulsin iktisodiy kursatkichi


7000000-540000


E=---------------------------------- 0,1454 ni tashkil kiladi.
1100000
Umumiy iktisodiy samaradorlik kursatkichi bizning misolimizda 0,1454 yoki kiskartirilib 0,15 deb kabul kilsak buladi.
Umumiy iktisodiy samaradorlik kursatchiga teskari bulgan ana bir kapital mablaglarning samaradorligini xarakterlovchi kursatkich bu- kapital kuyilmalarnin g uzini koplash darajasidir. Bu kursatkich kuyidagicha formula bilan aniklanadi:
K 110000
Sk=-------------------- bundan misolimizda ------------------------=6,8
M-T 700000-540000

Demak yukoridagi mosolimizdagi korxonada kapital mablaglarni umumiy iktisodiy samaradorlik kursatkichi 0,15% bulganda, sarflangan kapital mablaglar korxonani shu xolatda ishlash jarayonida 6,8 yilda koplanadi.


Bu kursatkichlardan tashkari kapital mablaglardan foydalanish samaradorligini xarakterlovchi yoki unga ta`sir etuvchi kursatchik xam mavjud bulib ular

  • ishlab chikarish unumdorlingi

  • fondo-otdacha (fond samaradorligi)

  • maxsulot tan naxiuzgarishi

  • maxsulot sifati kursatkichlari kabilardir.

Ushbu kursatkichlarning uzgarish xam u bu xolatda kapital mablaglarning samaradorlik kursatkichiga uz ta`sirini kursatadi.
Bozor iktisodiyti sharoitida davlat jamoa, kushma, kichik, xissadorlik, xususiy va boshka shakildagi mulkka ega bulgan korxonalar moliyaviy axvolining urganishning mazmuni shundan iboratki bunda uz vaktida pul tushumlarining kelishi, xisoblashish intizomiga rioya kilish xususiy va karz mablaglarning tugri nisbatda bulishining ta`minlash, moliyaviy tartib va intizomga, barcha ishlab chikarish buginlarida iktisod va tejamkorlikka rioya kilish muxim axamiyat kasb etadi.Korxonalarning moliyaviy xolati kup jixatdan baxo kredit foyda va uni iktisodiy taksimlash mexanizimiga boglikdir. Barkarorlik bulgan joyda barcha xujalik muomilalari va xisob kitoblar uz vaktida bajarildi. SHu bois bozor sharoitida xar kanday korxonaning moliyaviy axvolini bilish urganishga etibor kuchaymokda. Sekin sotiluvchi aktivlar bilan urta va uzok muddatli passivlarni solishtirish orkali urganiladi. Bunda korxonaning kelgusida munjanlangan xar xil tushumlari bilan kelajak tulovlarini oldindan va moliyaviy taxlilning asosiy maksadi kuydagilardan iborat:
----Korxonaning moliyaviy axvolini xar tomonlama urganib uning xolatiga anik va xolisona baxo berish
---- Mablag va manbalarning joylanishini tekshirish ularni tugi yunalishda ishlatilganligini aniklash
---- Xisoblashish ishlarining uz muddatida bajarilganligi debitor va kreditorlik karzlari tartibini urganish
---- Korxonaning uziga karashli mablaglari balan karz mablaglari urtasidagi nisbat va aylanma mablaglarni manba manba bilan ta`minlanganligini tekshirish.
---- Moliyaviy intizomga kanchalik amal kilinishi aniklash va tulov kobilyatiga baxo berish
---- Korxona mulkining kadirliligi va tez pulga aylana darajasini urganish
Aylana mablaglardan foydalanishga baxo berish va korxonaning moliyaviy axvolini yaxshilash buyicha takliflar bayon etish va x.k. Taxlilning asosiy maksadi moliyaviy faoliyatdagi yutuk va kamchiliklarni aniklab, mablaglardan yanada tugri foydalangan xolda xisob-kitob tartibini mustaxkamlashga karatiladi. Demak bu maxsulot ishlab chikarish va uni sotish,xarajatlarini tejash, pul moliyaviy alokalari va boshka faoliyatlarining bir biriga boglikligini kursatadi.Moliyaviy taxlilni bajarishda zarur buladigan manbalarga korxona balnsi unga kilingan ilovalar va xisobot ma`lumotlari kiradi. SHuningdek buxgalteriyaning sintetik va analitik schyotlari ma`lumotlaridan xam keng foydalanish lozim CHunki kiyingi yillarda tuziladigan xisobotlarning xajmi kiskarib taxlil imkoniyatlarini chegaralashga olib kelmokda.
Ayniksa maxsulot ishlab chikarish va uni sotish maxsulot va maksadli mablaglar zaxira jamgarmasi foyda va zararlar turli xil xisob kitoblar kimmatli kogozlar va veksillar buyicha m`lumotlardan kuprok foydalaniladi.Bular xujalik faoliyatining tugri boshkarilishi uning moliyaviy barkaror bulishi va tulov kobiliyatining yaxshilanishiga bevosita ta`sir kursatadi.
Bozor iktisodiyoti sharotida korxonalar mulkining tarkibini urgani va uni kupaytirish yullarini aniklash xujalik faoliyatining taxlilida muxim urin tutadi.Ayniksa balansga karab korxona mol-mulki va boyligini tarkibini kuzatish, sof mablag xolatini aniklash, imkoniyat meyorini ulchashga yordam beradi. Odatda korxona mablaglariga asosan vositalar va oborotlardan tashkari aktivlar material (me`yorlashtirilgan) aylanma pul mablaglari kiradi. Ularni mikdori xissadorlik xamkorlik kichikva boshka korxonalarning katta kichikligiga ixtisoslashuvi va bozor sharoiti rakobatlariga bardoshligiga boglikdir. Birinchi jadvalda korxona mulkining xajmi va tarkibi keltirilgan .Uni tuzishda balans ma`lumotlaridan foydalanib sof ishlatishga loyikatli boyliklar xolatini urganiladi.Keltirilgan ma`lumotlar balansning xajmi summasiga teng buladi. Immobilizattsiya kilingan asosiy vositalar va oborotdan tashkari aktivlar birinchi bulimga aylanma mablaglar esa ikkinchi va uchunchi bulimga teng buladi.Korxonaning uziga tegishli mablaglar manbalari kanchalik etarli bulsa shunchalik mol- mullka uzi egalik kiladi.



Yüklə 98,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin