Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti


Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish 
Kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, ulardan oqilona foydalanish va 
tarbiyalash masalasi kadrlar siyosatining, umumiy iqtisodiyotning, shu jumladan
makro- va mikroiqtisodiyotning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Shu 
sababli Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A. Karimovning asarlarida, Oliy 
Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlarda, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida 
bu masalaga alohida e’tibor berilgan. 
Kadrlarni tanlashda, ularni joy-joyiga qo‘yish, foydalanish va tarbiyalash 
borasida quyidagi tamoyillarga alohida e’tibor berish kerak: 
- aql-idrok, did va farosat; 

qat’iylik, matonatlilik, printsipiallik, o‘z vazifasiga puxtalik; 
- rahbarlik sohasini juda yaxshi bilish; 

o‘z eliga, yurtiga, Vataniga sadoqatli bo‘lish. 
Kadrlar siyosatining eng muhim masalalaridan biri ularni attestatsiya qilish 
masalasidir. 


106 
Kadrlar attestatsiyasi – bu xodimlarning malakasini bilim va 
ko‘nikmalarining darajasini, faoliyatining samaradorligini, ishdagi, xizmatdagi va 
boshqa sohalardagi fazilatlari, egallab turgan lavozimiga to‘g‘ri kelishi yoki 
kelmasligini aniqlab olish bo‘yicha bajariladigan jarayon va ish tartibidir. 
Attestatsiya ishining ahamiyati nimadan iborat? 
Kadrlar attestatsiyasi xodimlarning sifat tarkibini yaxshilash, ularni oqilona 
joy-joyiga qo‘yish, xodimlarni topshirilgan ish uchun javobgarligini kuchaytirishga 
qaratiladi. Attestatsiya xodimlarni egallab turgan lavozimlariga qanchalik munosib 
ekanligini aniqlashning asosiy vositasi sifatida xizmat qiladi. Kadrlar attestatsiyasi 
vaqti-vaqti bilan xar yili yoki ikki-uch yilda bir marta ham o‘tkazilishi mumkin.
Respublikada bozor iqtisodiyoti davrida kadrlar tayyorlash borasida bir qator 
yangi talablar yuzaga keldi. Ular ichida eng muhimlari quyidagilardan iborat:
- ijtimoiy-psixologik diagnostika; 

kadrlarni boshqarish tizimini axborot bilan ta’minlash; 
- bandlikni boshqarish
- zaruriy bo‘sh lavozimlarga nomzodlar tanlash; 
- kadrlar salohiyati va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil etish; 
- kadrlar marketingini belgilash; 
- xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat qilish; 
- xodimlarning kasbiy va psixologik moslashuvi, ko‘nikishi;
- mehnat-huquqiy munosabatlar masalalari; 
- mehnat etikasi va estetikasi. 
Agar ma’muriy – buyruqbozlik tizimi sharoitida bu mezon va vazifalarga 
ikkinchi darajali deb qaralgan bo‘lsa, bozor munosabatlari sharoitida ular birinchi 
o‘ringa chiqarildi. Bu mezon va vazifalarga e’tibor berish qurilish taraqqiyotining 
barqaror va izchil rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Boshqaruvning barcha darajalarida inson rolining ortib borishi, iqtisodiyotda, 
shu jumladan, qurilishda keng qamrovli tarkibiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi va 
raqobat darajasining o‘sishi kadrlarning boshqarishga yondoshuvini o‘zgartirishni 
taqozo etadi. Bunday yondoshuvlar quyidagilardan iborat: 


107 
- xodimlarning samarali ishlashlarini, faoliyat ko‘rsatishlarini tashkil etish; 
- lavozimlar darajasini optimallashtirish, zaruriy mahorat va malakalar tizimini 
yaratish; 
- ishlab chiqarish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish; 
- institutsional maqsadlarga erishish; 

o‘z jamoa va o‘z xodimlarining manfaat va ehtiyojlarini to‘laroq qondirish.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin