Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti


 Kadrlar siyosati va uning qurilish taraqqiyotidagi roli



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

 
8.2. Kadrlar siyosati va uning qurilish taraqqiyotidagi roli 
Qurilish taraqqiyotining muammolari umumiy majmuida uni xodimlar bilan 
ta’minlash masalasi, ularning manbalari, tayyorlash va qayta tayyorlash shakllarini 
hamda ulardan oqilona foydalanish masalalarini aniqlash alohida o‘rin egallaydi. 
Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharotida qurilish korxona (firma) larni kadrlar 
(xodimlar) bilan ta’minlash va ulardan oqilona foydalanish alohida ahamiyat kasb 
etadi. 
Xodimlar (kadrlar) o‘zlarining bilimi va ilmi, mehnat malakasi, ishlab 
chiqarish tajribasi va ma’naviyati bilan ishlab chiqarish kuchlarining muhim unsuri 
hisoblanadi. Ular fan-texnika taraqqiyoti rivojining, mehnat unumdorligini oshirish, 
asosiy va aylanma fondlardan foydalanishni yaxshilash, mahsulot sifatini 
oshirishning va uning tannarxini pasaytirishning hamma sohalari, hamma 
tomonlarining samaradorligini belgilaydilar. 
Shu sababli ham «Hamma ishlarni kadrlar, hal qiladi» - degan mashhur qoida 
hozirgi kunda ham aslo o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Aksincha bu asosiy fikr 
Respublika Prezidentining asarlari, ma’ruzalari va suhbatlarida qayta-qayta tilga 
olinmoqda. «Qanday vazifalarni biz o‘z oldimizga qo‘ymaylik, qandaydir 
muammolarni yechish kerak bo‘lmasin,- degan edi I.Karimov,- oqibat natijada 
ularning barchasi kadrlarga va yana kadrlarga borib taqaladi». 
Qurilish ishlab chiqarishida nafaqat mehnat qurollari va mehnat buyumlari 
(ishlab chiqarish vositalari), balki kadrlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan 
kadrlar ishlab chiqarishni boshqaradilar, joriy va istiqbolga tegishli rejalashtirishni 
va bashorat qilishni amalga oshiradilar, ishlab chiqarish vositalari va moliyaviy 
resurslarni harakatga keltiradilar. Kadrlarning bilimi, ilmi, kasbiy mahorati 
qanchalik yuqori bo‘lsa, qurilish faoliyatining ishlab chiqarish – iqtisodiy 
parametrlari shunchalik yuksak bo‘ladi. Demak, qurilish ishlab chiqarishining 
ahvoli, holati, rivoji uning kadrlar potentsiali bilan belgilanadi. 


101 
Shu yerda «potentsial» atamasining ma’nosini tushuntirib o‘tish kerak 
bo‘ladi, chunki bu tushuncha bozor iqtisodiyoti sharotitida juda ko‘p ishlatiladi. 
O‘zbek tilining izohli lug‘atida «potentsial» so‘zi lotincha «potentia» so‘zidan 
olinganligi va imkoniyat, kuch-qudrat, yashirin imkoniyatlar ma’nolarini bildirishi 
ta’kidlangan. Odatda bu atamada mavjud bo‘lgan va safarbar etilishi, harakatga 
keltirilishi, ma’lum maqsadlarga erishish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan 
vositalar, zahiralar va manbalar ham izohlanishi mumkin. 
Kadrlar potentsiali – bu mehnat zahirasi yoki imkoniyatidir. U jamiyat mehnat 
potentsialining tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda mehnat resurslarining umumiy soni 
va ularning tarkibi, ma’lumot darajasi, professional ko‘nikmasi va ishlab 
chiqarishning u yoki bu sohasida mehnat qilish qobiliyati aks etadi. 
Qurilish ishlab chiqarishining muvaffaqiyati pirovard natijada rahbar 
kadrlarning yetukligiga, bilim va ilmining darajasiga, ish malakasi hamda 
tashkilotchilik qobiliyatiga, ularni to‘g‘ri tanlash, joy-joyiga qo‘yish va 
tarbiyalashga bog‘liqdir. 
Davlat kadrlar siyosatini jamiyat hayotining barcha tomonlariga rahbarlik 
saviyasini oshirish bilan, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotning barcha sohalarida 
jamoa tashkilotlarining rahbarlik rolini kuchaytirish bilan bevosita bog‘laydi. Davlat 
va nodavlat tashkilotlari kadrlar bilan ishlashni muttasil nazorat qilib boradilar va 
mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda kadrlar masalasida Prezident va Vazirlar 
Mahkamasining yagona yo‘lini og‘ishmay o‘tkazib boradilar. 
Ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining har qanday sohasida, shu jumladan, 
qurilish tarmog‘ida ham natijalilik, samaradorlik ko‘p jihatdan o‘rta bo‘g‘in 
kadrlarga bog‘liq. Ular rahbarlarning eng ko‘p sonli kategoriyasi bo‘lib, ishlab 
chiqarishga hammadan yaqinroq turadilar. Shu boisdan respublikada o‘rta bo‘g‘in 
kadrlarga alohida ahamiyat beriladi. 
Kadrlar siyosatining mazmuni, uni amalga oshirishda amal qilinadigan bir 
qator tamoyillar mustaqillikka erishilgandan keyin butunlay o‘zgardi. Kadrlar 
ishining usullari, shakllari, bu ishga yondoshishning siyosiy va tashkiliy rahbarlik 
usullari haqidagi qoidalar qaytadan ishlab chiqildi. 


102 
Ma’lumki, siyosat kishilar orqali yuritiladi. Har qanday tashkiliy masalalarni 
siyosatdan ajratish mumkin emas. Shu sababli, odatda xodimlarning ishchanlik va 
siyosiy xislatlariga; oshkoralikka va xodimlarni ochiq-oshkora tanlashga
rahbarlikning davomiyligiga rioya qilgan holda ularni o‘zgartirib turishga; keksa va 
yosh kadrlarni qo‘yib ishlatishga, kadrlarga ishonishga hamda ularga nisbatan qat’iy 
talabchan bo‘lishga; davlatning asosiy vazifalari va xodimlarning shaxsiy 
qobiliyatlariga muvofiq tarzda kadrlarni joy-joyiga qo‘yishga; ularning ajoyib 
fazilatlari va kamchiliklarini o‘rganishga; xo‘jalik va siyosiy rahbarlarning 
g‘oyaviy-nazariy saviyasini muttasil oshirib borishga katta ahamiyat beriladi. 
Kadrlar siyosatining dolzarb muammolari Prezident asarlari va nutqlarida 
nazariy jihatdan chuqur mushohada etilgan va har taraflama asoslab berilgan. 
Kadrlar siyosati Oliy Majlis tomonidan ko‘rib chiqiladi, ko‘pgina qonun va 
qororlarda o‘z ifodasini topadi. 
1997 yilning avgust oyida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi va 
ta’lim tizimining aniq strategiyasi yaratildi. Bu dasturning maqsadi – ta’lim sohasini 
tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la 
xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy 
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini 
yaratishdir. Bu strategik fenomen mamlakatimizda ta’lim tizimini eng zamonaviy 
talab – ehtiyojlar asosida o‘zgartirib yubordi. Davrimizning bu ulug‘vor hujjati 
qabul qilingandan beri kadrlar tayyorlash borasida tub yangilanishlar yuz berdi. 
Lekin keyingi vaqtda bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassislar 
yetishmayotganligi sezilib qoldi. Shu sababli Respublika Prezidenti va Oliy Majlis 
hamda Vazirlar Mahkamasi istiqlol, mustaqillik bilan hamkorlik qilishga rozi 
bo‘lgan, tayyor turgan barcha mutaxassislarni ishga jalb eta oldi. Ayni bir vaqtda 
yoshlar orasidan rahbar kadrlarni izlash, tanlash, tayyorlash va tarbiyalash 
masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Mavjud xodimlardan g‘oyat oqilona 
foydalanish manfaatlarini ko‘zlab, ularni bir ish sohasidan boshqa ish sohasiga 
hamda bir hududdan boshqa bir hududga yuborish usulini keng qo‘lladi. 


103 
Mustaqillik yillarida xalq xo‘jaligining barcha sohalari uchun yuksak 
malakali kadrlar tayyorlash borasida juda katta ishlar qilindi. Milliy iqtisodning, 
jumladan, qurilishning hal qiluvchi uchastkalariga rahbarlik izlanuvchan, yangilikka 
intiluvchi, fidoyi, tafakkuri o‘tkir, tashkilotchilik qobiliyati zo‘r, o‘z ishini yaxshi 
biladigan mutaxassislar qo‘lida jamlangandir. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin