QURILISH MATERIALLARI KONLARIDA QAZIB OLISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH
ANNOTATSIYA Jahonda kon-metallurgiya sanoatida tabiiy mineral xom-ashyolarni kompleks oʼzlashtirish, qayta ishlash, zamonaviy raqobatbardosh sanoat mahsulotlarini tayyorlashning ratsional texnologiyasini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri boʼlib qolmoqda. Keyingi 50 yil mobaynida tabiiy mineral xom-ashyolarni qayta ishlash natijasida olinadigan metallni va qogʼozni oʼrnida ishlatiladigan sanoat mahsulotlariga boʼlgan ehtiyoj va qurilish materiallariga bo’lgan talablar ortib bormoqda. Hozirgi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlarida ilgʼor texnologiyalar yutuqlarini amalda keng joriy etib, mineral xom-ashyolarni oʼzlashtirishning samarali yoʼllarini izlab topish foydali qazilmalarni boyitish fanidagi zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarining asosiy yoʼnalishi hisoblanadi. Kalit so’zlar: qurilish materiallari, ohaktosh, sement, mahalliy mineral xomashyo resurslari, konchilik sanoati, sement ishlab chiqarish, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Jizzax sement zavodi, Portlandsement. IMPROVEMENT OF EXCAVATION IN CONSTRUCTION MATERIALS Azamat Abdurashidovich Umirzokov Asqar Narzikul ugli Karamanov Shohrukh Shavkat ugli Turgunov Zukhriddin Dostmuhammad ugli Miltikov Tashkent State Technical University named after Islam Karimov ABSTRACT One of the most pressing issues in the world mining and metallurgical industry is the integrated development and processing of natural mineral resources, the development of rational technologies for the production of modern competitive industrial products. Over the last 50 years, there has been a growing demand for industrial products and building materials to replace the metal and paper obtained from the processing of natural minerals. Today, the search for effective ways to develop mineral resources through the widespread introduction of advanced technologies in the www.scientificprogress.uz «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6 464 developed countries of the world is the main direction of modern research in the field of mineral enrichment. Keywords: construction materials, limestone, cement, local mineral resources, mining industry, cement production, Almalyk Mining and Metallurgical Combine, Jizzakh Cement Plant, Portland Cement. KIRISH Oʼzbekiston Respublikasi yerlari nometall foydali qazilmalarga boy, konkimyoviy sifati boʼyicha esa, togʼ-ruda mahsuloti bilan hamda turli xildagi qurilish materiallari bilan ajralib turadi [1-6]. Keyingi yillarda Oʼzbekistonda mahalliy mineral xom-ashyo resurslaridan tayyorlangan yangi, arzon, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlarga boʼlgan talabni qondirish, kon-metallurgiya sanoati va qayta ishlash sohalarining imkoniyatlarini kengaytirish va rivojlantirish bilan bevosita bogʼliqligiga, asosan qayta ishlash va boyitishni amalda joriy etishga alohida eʼtibor qaratilgan [7-10]. Shu sababli, tabiiy mineral xom-ashyo resurslaridan samarali foydalanish va yangi tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish, foydali qazilmalarni qayta ishlash hozirgacha muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda va sanoatda yangi mahsulotlarga oʼsib borayotgan talabni qondirish uchun asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda yangi, alьternativ, ekologik toza va sifatli sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida bazalьt togʼ jinslari tavsiya etildi. Hozirda bazalьt mahsulotlariga talab oʼsib borayotgani, bazalьtlarni kompleks qayta ishlashni yanada takomillashtirishni taqozo qilmoqda [11-17]. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Bugun yurtimiz qurilishlar maydoniga aylangan. Mamlakatimizning qaysi hududiga bormang yirik bunyodkorlik ishlari ustidan chiqasiz. Ushbu ezgu saʼyharakatlardan koʻzlagan maqsad bitta — u ham boʻlsa xalqimiz turmush farovonligi oshirish. Maʼlumki, har qanday qurilishni sementsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Albatta sementni hosil qilish jarayoni uni qaysi tog’ jinslarining birikishidaan hosil bo’lishi barchamizga qiziq [18-23]. Sement (lot. caementum — shagʻal, chaqiq tosh) — sunʼiy noorganik kukunsimon bogʻlovchi mineral. Suv qoʻshilsa, xamirsimon massa hosil boʻladi, vaqt oʻtishi bilan qotib, toshsimon jismga aylanadi. Sement havoda ham, suvda ham qotish xususiyatiga ega. Sement qurilishda juda keng qoʻllaniladigan betonning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Sement ning romansement, portlandsement, glinozyomsement, kengayuvchan, gidravlik qoʻshimchali kabiturlari mavjud. Romansement ohaktoshni 900° gacha kuydirish yoʻli bilan olinadi, keyin maydalab kukun holiga keltiriladi. Xom ashyoning xiliga qarab, romansementning qotish muddati 15 minutdan 24 soatgacha boʻlishi mumkin. Uning mustahkamligi ancha past boʻlib, 25 www.scientificprogress.uz «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6 465 dan 100 gacha markali boʻladi. Shuning uchun ham uning oʻrnini 20-asr oʻrtalaridan boshlab portlandsement egallay boshladi. Glinozyomsement glinozyom (alyuminiy oksidi)ga boy boʻlgan togʻ jinslari — boksit (alyuminiy rudasi), ohak yoki ohaktosh aralashmasini kuydirish yoʻli bilan olinadi. Kimyoviy tarkibi 40% SaO; 40% A12O3; 6— 8% SiO2 dan iborat. Tez qotishi, mustahkamligining yuqoriligi va mine-rallashgan suvlarga turgʻunligi bilan ajralib turadi. Markasi 300; 400; 500. Narxi portlandsementga nisbatan 2,5—3 baravar baland [24-29]. Glinozyomsement katta mustahkamlik talab etiladigan beton va temir-beton konstruksiyalarda, dengiz va minerallashgan suvlar taʼsirida boʻladigan inshootlarda, tezkor yoʻl va qurilish ishlarida, qish sharoitida betonlashda qoʻllaniladi. Kengayuvchan S.ning tarkibida glinozyom sementdan tashqari ohak va gips ham boʻladi; tez qotadi; oʻta mustahkam va suv oʻtkazmas material hisoblanadi. Kengayuvchan Sement gidroizolyatsiya ishlarida, choklarni yopish va taʼmirlash ishlarida qoʻllaniladi. Gidravlik qoʻshimchali portlandsement (baʼzan "putssolan portlandsement" deb ham yuritiladi) Sement klinkeri (toshqoli) va nordon gidravlik qoʻshimchalar (trepel, diatomit, trass, pemza va boshqalar)ni birgalikda maydalash (kukunlash) yoʻli bilan tayyorlanadi. Gidravlik qoʻshimchalar aralashma miqdorining 20—40% ini tashkil etishi mumkin. Bu Sement portlandsementga nisbatan arzonroq boʻlib, gidrotexnika, vodoprovod va kanalizatsiya inshootlarida qoʻllanadi. Agressiv suvlar taʼsiriga chidamli. Sement sanoatda 19-asrdan boshlab ishlab chiqariladi Albata yurtimizda katta bunyodkorlik ishlari ketmoqda bu bizga sementga ehtiyojimizni ortiradi yani ko’proq sement import qilishga to’g’ri keladi importni o’rnini bosish uchun esa o’z zaminimizda ushbu xom ashyoni qazib olib tayyorlashimiz kerak [30-35]. MUHOKAMA Xususan, 2014 yilda Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida “Olmaliq konmetallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati tarkibida qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan “Jizzax sement zavodi” ish boshlashi bilan yurtimizda mazkur mahsulotni ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada ortdi. Bugungi kunda korxonada bir yilda 350 ming tonnadan ortiq oq va 760 ming tonnadan portland sement ishlab chiqarilmoqda [36-40]. Mahsulotning maʼlum qismi qismi qoʻshni davlatlarga eksport qilinmoqda. Zavodda 500 nafardan ziyod hamyurtimizning bandligi taʼminlangan. Zavodning asosiy maqsadi: Eksport hajmlarini pasaytirmasdan O’zbekistonda sementga o’sib borayotgan ehtiyojini qoniqtirish; portlandsement chiqarish bo’yicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish; sementning yangi turini chiqarilishini o’zlashtirish; www.scientificprogress.uz «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6 466 valuta mablag’larini tejash maqsadida, import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish; eksport salohiyatini yanada kengaytirilishini va qo’shimcha valuta mablag’larining kelib tushishini ta'minlash maqsadida, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni chiqarish. Qo’llanilish sohasi: Portlandsement va uning turlari - zamonaviy qurilishda eng ko’p tarqalgan sement turlaridan biri. Portlandsement klinkerini gips bilan yupqa maydalash, shuningdek maxsus qo’shilmalar qo’shish orqali olinadigan gidravlik biriktiruvchi modda portlandsement deb ataladi. Umumiy qurilish portlandsementi asosan temirbeton ishlari uchun qo’llaniladi. Shuni qayd etib o’tish joiz-ki, portlandsement penobeton, beton tayyorlashda va umumiy qurilish ishlarida, shuningdek yo’lakchalar va yo’l plitalarini terishda keng foydalaniladi. Oq sement toza ko’rinishda qo’llanilishga tayyor bo’lgan yakuniy mahsulot hisoblanmaydi, bu turli xil qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xom ashyo komponenti bo’lib, quyidagi sohalarda qo’llaniladi: Quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqarishda: ichki va sirtqi ishlar uchun shpaklevka va suvoqchilik aralashmasi; rangli terish uchun mo’ljallangan qorishma; pol uchun o’z-o’zidan tekislanadigan qorishmalar; qurilish kimyosi (plita yelimlari va choklar uchun ishqalab tekislaydigan qorishma). Beton mahsuloltlarini ishlab chiqarishda: sun'iy qoplash toshlari va g’ishtlari; terrazitli pol va qoplash plitalari; yo’lakchalar plitalar va bordyurlar; kichik arxitektura shaklidagi buyumlar. Zavodning afzalliklari: Loyiha stretegiyasini ishlab chiqishda, korxonalarga o’z oldilariga qo’yilgan maqsadlarni, loyihalarni amalga oshirishda, investision kapitalga maqbul daromadlar olish uchun muvaffaqiyatlarga erishish uni amalga oshirish imkoniyatlarini beradigan turli omillar majmuini tashkil etuvchi ma'lum sharoitlar bilan tavsiflanadigan imkoniyatlarni hisobga olish zarur. NATIJA Mazkur zavodni tashkil etish strategiyasi - qurilish materiallari sanoat korxonalarini modernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish, ularni ishlab chiqarishni sifatli, raqobatbardosh va eksportga mo’ljallangan mahsulotlar www.scientificprogress.uz «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6 467 ishlab chiqarilishini ta'minlaydigan zamonaviy progressiv jihozlar bilan jihozlash borasidagi bosh maqsadga javob beradi. Mavjud ohaktosh va sariq tuproqli konlardan, shuningdek ichki bozorda ham, tashqi bozorda ham sementga bo’lgan mavjud barqaror ehtiyoj foydalanish samaradorligini oshirish zavodni tashkil etish uchun dastlabki shart-sharoitlar bo’ldi. Sement zavodi quyidagi afzalliklarga ega: mos keladigan xom ashyo materiallarining isbotlangan zahiralari (ohkatosh va sariq tuproq konlari); xom ashyo yetkazmalarining foydali logistikasi; zamonaviy jihozlarni joriy etish hisobiga barqaror yuqori sifat O’zbekistonda oq portlandsementga bozordagi monopoliya; Oq sement, shuningdek umumiy qurilish sementi ishlab chiqarish imkoniyatlari hisobiga bozor kon'yukturasida javob berish bo’yicha keng imkoniyatlar. XULOSA Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizdagi qurilish materiallari konlariga ehtiyoj yil sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, qurilish ishlari hajmi ortishi bilan bu talab yanada ortib boraveradi. Shunday fursatda qurilish materiallari konlarini quvvatini ichki ehtiyojlarga proportsional oshirish talabi har doim dolzarb masala hisoblanadi.