a) egilishga b) siqilishga LABORATORIYA №7 BETON VA QORISHMALAR UCHUN TO‘LDIRUVCHILAR ( MAYDA TO‘LDIRUVCHI – QUM) NING XOSSALARINI ANIQLASH 1 Qumning o‘rtacha to‘kma zichligini aniqlash I. Laboratoriya ishining maqsadi: - talabalarda mavzu bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish;
- mustahkamlash;
- bilimlarini amalda qo‘llashga o‘rgatish
II. Tayanch iboralar - qumning to‘kma zichligi
III. Asbob – uskunalar: - 1 l xajmli idish, quritish javoni, tarozi va tarozi toshlari, lineyka.
- Piknometr (zichlikni aniqlovchi asbob), elak.
IV.Laboratoriya ishini faollashtiruvchi savollar 1.Mayda va yirik to‘ldiruvchilarning hossalariga nimalar kiradi.
2.To‘ldiruvchilarga qo‘yiladigan talablar
3.Qum qanday turlarga ajratiladi?
4.Qumning to‘kilgan o‘rtacha zichligi qandday aniqlashga asoslangan?
5.Qumning tarkibidagi qo‘shimchalar sifatiga qanday ta'sir ko‘rsatadi?
V. Tayanch atamalar ta'rifi. Qumning to‘kma zichligi-q um 10 sm balandlikdan idishga erkin tushganligi
va o‘sha masani xajmga bo‘linganligi qumning to‘kma zichligi deyiladi.
VI.Ish tartibi. Betonning tarkibini xisoblash, qum zarralari orasidagi
bo‘shliqlar xajmini aniqlash, shuningdek, qumni tashib keltirish, to‘ldirgichlar
saqlanadigan omborlarni loyihalash va shu kabilar bilan bog‘liq xisoblash uchun
qumning to‘kma zichlignni bilish kerak. To‘kma zichlikni aniqlash uchun og‘irligi
5 kg bo‘lgan o‘rtacha namuna quritish javoniga joylanib, massasi o‘zgarmaydigan
bo‘lguncha 110±5°S xaroratda quritiladi. So‘ngra ko‘zlarining diametri 5 mm
keladigan g‘alvirdan o‘tkaziladi, sovitiladi, keyin massasi aniqlangan 1l sig‘imli
metall silindrga 10 sm balandlikdan kurakcha bilan oz-ozdan tashlab turiladi,
silindr lim-mo-lim to‘lgach, uyulib turgan ortiqcha qum metall yoki yog‘och
chizg‘ich bilan tekislanadi, bu vaqtda silindrni mutlaqo silkitmaslik kerak, aks
xolda qum zichlashadi. Qumga to‘la silindr tarozida tortiladi. Kumning to‘kma
zichligi formula yordamida xisoblanadi va natija quyidagi 10.1 jadvalga to‘ldiriladi
- qum to‘ldirilgan silindrning massasi,
- bo‘sh o‘lchash silindrining massasi
- silindrning xajmi
10.1.jadval.
№
Massa,g
Idishni
hajmi, sm
3
To‘kilgan
o‘rtacha zichlik, g/
sm
3
Idishni
Idish
bilan
qumning
qumning
1
2