”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Sement massasi:-……..g. 
Tajriba nomeri 
Suv miqdori 
Asbobni 
kursatishi 
Pestikni botish 
chuqurligi,mm 
sm
3
 



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Normal quyuqlikda hamir tayyorlash uchun sarflanadigan suv miqdori……. 
 
 
Vika asbobining rasmi. 
3-ISH. SEMENTNING QOTISH MUDDATLARINI ANIQLASH 
Umumiy tushuncha. 
Portlandsement erish muddati 45 minutgacha, 45 
minutdan boshlab kalloid holatiga o‘tish davri ya’ni 12 soatgacha, so‘ng 
kristallanish 28 kun. Portlandsement, mineral qo‘shimchali portlandsement
toshloq portlandsement, putssolan portlandsement xamiri qorilgan paytdan 
hisoblanganda 45 minutdan keyin qota boshlaydi va 10 soatdan keyin toshday 
qotib ketadi. 
Asbob va uskunalar. Vika asbobi, tarozi, moy, halqacha, shisha 
plastinka. 
Ishlash tartibi. Sement xamirining qotish muddatlari GOST 310.3-76 ga 
muvofiq, Vika asbobi yordamida aniqlanadi, lekin bunda sterjenning pastki 
qismiga metall sopcha o‘rniga ko‘ndalang kesimi 1 mm
2
va uzunligi 50 mm 
keladigan po‘lat nina o‘rnatiladi. Sopcha o‘rniga nina o‘rnatish natijasida 
sterjenning umumiy massasi, ya’ni asbobning sinash chog‘ida sement hamiriga 
ta’sir ko‘rsatadigan harakatlanuvchi qismining umumiy massasi kamayadi, 
shunga ko‘ra sterjenning yassi kallagiga qo‘shimcha yuk qo‘yib, uning massasini 
300 g ga to‘g‘rilash kerak. Yuqorida aytib o‘tilgan usulda qorilgan hamirning 
quyuqligi normal bo‘ladi. Tayyor hamir darxol Vika asbobining shisha plastinkasi 
ustidagi xalqaga joylanadi. Hamir ichidagi havo pufakchalarini chiqarib yuborish 
uchun xalqa besh-olti marta silkitiladi. Hamirning yuzi xalqaning cheti bilan bir 
tekislikda yotishi uchun ortiqcha hamir pichoq bilan sidirib tashlanib, yuzi 
tekislanadi. Shisha plastinka xalqa bilan birga asbob stoliga o‘rnatiladi. Sterjen 
pastga tushirilib, ignasi hamirga tekkizib qo‘yiladi, siquvchi vintni burab, o‘zak shu 
holatida mahamlanadi. So‘ngra vintni darhol burab bo‘shatish kerak, shunda 
sterjenning uchidagi igna sement hamiriga bemalol botadi. Ignani hamirga avvalo 
har besh minutda (to hamir qota boshlaguncha), keyinchalik har 15 minutda (to 
hamir qotib bo‘lguncha) botirish kerak. Igna hamirning faqat bir joyiga emas, balki 
turli joylariga botirilishi, buning uchun xalqa surib turilishi, igna esa har gal 
botirish oldidan xo‘l latta bilan artilishi lozim. Sement suvda qorilgan paytdan 
to igna shisha plastinkaga 1-2 mm etmay to‘xtaydigan paytgacha o‘tgan muddat 
sement hamiri qota boshlash vaqti, deb qabul qilinadi. Sement suvda qorilgan 
paytdan to igna sement hamiriga 1-2 mm dan sal ko‘proq botgan paytgacha 
muayyan vaqt o‘tadi, ana shu vaqt mobaynida hamir obdon qotadi. 
Portlandsement, mineral qo‘shimchali portlandsement, toshqol portlandsement va 
putssolan portlandsement hamiri qorilgan paytidan hisoblaganda, faqat 45 
minutdan keyin qota boshlaydi va 10 soatdan keyin toshdek qotib qoladi. 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin