Sement massasi-……… Sementning maydalik darajasi - ……….% 2-ISH.PORTLANDSEMENTNING NORMAL QUYUQLIGI, QOTISHINING BOSHLANISHI VA OXIRINI ANIQLASH. Umumiy tushuncha. Narmal quyuqlikni aniqlash, sement suv nisbatini bildiradi. Suv miqdori % da o‘lchanadi. Asbob va uskunalar. Vika asbobi, tarozi, qorishtirgich. Ishlash tartibi. Sement hamirining normal quyuqligi Vika asbobida GOST
310.3-76 ga muvofiq aniqlanadi. Buning uchun asbobning ignasi o‘rniga diametri 10
mm va uzunligi 50 mm keladigan metall sopcha (keli) o‘rnatiladi. Harakatlanadigan
sterjenning metall sopcha bilan birgalikdagi massasi 300±2 g ni tashkil etishi lozim.
Sinash oldidan sterjenning bemalol surilishini, metall sopchaning tozaligini, o‘zak
miliniig vaziyatini tekshirish kerak xalqa va plastinkani mashina moyi bilan yupqa
qilib moylash zarur.
Tekshiriladigan sementdan tarozida 400 g tortib olinib, xo‘l latta bilan artilgan
metall kosaga solinadi, sementning o‘rtasi uyiladi, hosil bo‘lgan chuqurchaga
normal quyuqlikda hamir qorishga etadigan miqdorda o‘lchab quyilgan suv
quyiladi. Sementdan birinchi marta hamir qorib qurish uchun taxminan 110-112 sm
3
(sement massasining 25-28% i miqdorida) suv olinishi kerak. Suv quyilgan
chuqurchaga po‘lat kurakcha bilan sement to‘ldiriladi va 30 sekunddan keyin
ehtiyotlik bilan aralashtiriladi, hosil bo‘lgan hamir kurakcha yordamida iylanadi va
kosa vaqt-vaqti bilan 90° ga aylantiriladi. Hamir qorish va uni iylash jarayoni
sementdagi chuqurchaga suv quyilgan paytdan hisoblab 5 minut davom etishi lozim.
Qorilgan hamirni shisha plastinka ustidagi xalqaga bir yo‘la joylash, xalqani besh-
olti marta silkitish uni plastinkaga bosib turgan holda, plastinkani stolga sekin-sekin
urish lozim. Sement hamirining ortiqchasi xo‘l latta bilan artilgach pichoqda sidirib
tashlanadi. Xalqa plastinkasi bilan birga Vika asbobining sterjeni tagiga qo‘yiladi,
metall sopcha xalqaning qoq o‘rtasida hamirga tekkiziladi va qisish vintini burab
shu vaziyatida mahkamlanadi. SHundan keyin qisish vinti burab bo‘shatiladi,
shunda sterjen bilan birga sopcha ham hamirga botadi. Sterjen bo‘shatilgach paytdan
30 sekund o‘tgach, metall sopchaning hamirga botish chuqurligi asbob shkalasidan
yozib olinadi. Agar sopchaning uchi shisha plastinkaga 5-7 mm etmagan bo‘lsa,
unda hamirning quyuqligi normal hisoblanadi. Agar xamirga botirilgan sopcha 5-7
mm dan balandroqda to‘xtagan bo‘lsa, tajribani takrorlash uchun kuproq suv qo‘shib
xamir qorishga to‘g‘ri keladi. Agar metall sopcha bundan pastrokda to‘xtasa,
sinaladigan hamirga suv kamroq qo‘shilishi lozim. Xullas, hamirning normal
quyuqligi topilgunga qadar suv miqdori o‘zgartirilaveradi. Normal quyuqlikdagi
hamir hosil bo‘lishi uchun talab qilinadigan suv miqdori (%) sementning massasi
bo‘yicha 0,25% gacha aniqlikda hisoblab chiqarilishi lozim.