Xulosa: GOST talabiga mos keladi, mos kelmaydi (keraksizi o‘chirilsin). LABORATORIYA ISHI №5. GIDRAVLIK BOG’LOVCHI MODDALAR. PORTLANDSEMENTNING MAYDALIK DARAJASINI ANIQLASH Vazifa. Portlandsement xossalarini aniqlash.
Portlandsement haqida umumiy tushuncha. Tarkibida ko‘p miqdorda (70-
80%) silikat kalsiy bo‘lgan bog‘lovchi material portlandsement deyiladi.
Ohaktoshni, tuproqni olib kelinadi pishirib klinker olinadi va tayyor bo‘lgan
klinkerga gips qo‘shib tuyiladi. Kuydirish harorati 700 -1100
0
S. Sement narhining
26% yoqilg‘i uchun sarflanadi.
Portlandsementga qo‘yiladigan talablar (jadvalni to‘ldiring). Markala r 28 kun normal sharoitda qotgandan keyin mustahkamligi, kgs/sm 2 (MPa) Egilishga Siqilishga 400 5,5 40 500 6,0 50 550 6,2 55 600 6,5 60 1-ISH. SEMENTNING MAYDALIK DARAJASINI ANIQLASH Umumiy tushunchalar. Sement sifatini baholashda uning maydalik darajasi katta ahamiyatga ega. Sement klinkeri zavodda qanchalik mayda tuyilsa uning mustahkamligi shuncha Yuqori bo‘ladi. Asbob va uskunalar. 0,08 nomerli elak, elektron tarozi. Ishlash tartibi. Sement kukunining maydalanganlik darajasi 008 nomerli to‘r
tutilgan elakda elab ko‘rib aniqlanadi. Quritish javonida 105-110°S haroratda 2 soat
quritilgan sementdan 50 g tortib olinadida, elakga solinadi, elakning qopqog‘i
yopiladi va tagligi o‘rnatiladi, uni 5-7 minut davomida elab bo‘lgach elash
to‘xtatiladi. Elakning qopqog‘i ochiladi, tekshirib ko‘rish maqsadida bir varaq
yaltiroq qoroz ustiga sement qo‘lda elanadi (tekshirish uchun elash). Bir minut
davomida elakdan 0,05 dan ko‘proq sement o‘tsa, elab sinash tugallangan
hisoblanadi. Shundan keyin elakdagi sement qoldig‘i tarozida 0,01 g aniqlikda
tortiladi.
Sement kukunining maydalanganlik darajasi 008 nomerli, to‘r tutilgan elakdagi
qoldiq kabi, namuna dastlabki massasining protsentlarida xisoblab chiqariladi.
O‘zgartirishlar kiritilgan GOST 10178-76 dagi talablarga muvofiq sement
kukunining mayinlik darajasi shunday bo‘lishi kerakki, 008 nomerli to‘r tutilgan
elakdan namunaning kamida 85% o‘tib ketishi, elakdagi qoldiq esa namunaning
15% idan oshmasligi lozim. Agar laboratoriyada sement elaydigan maxsus asbob
bo‘lmasa, namunani shunday elakda qo‘lda elashga to‘g‘ri keladi.