2-ISH. OHAK TARKIBIDAGI SO‘NMAGAN ZARRACHALAR MIQDORINI ANIQLASH Vazifa . Ohakdagi so‘nmagan zarrachalar miqdorini aniqlashdan iborat.
Tosh yoki kukun holidagi ohak so‘ndirilganda uning bir qismi so‘nmaydi
yoki juda sekin so‘nadi. Qurilishga keltirilgan ohakdagi so‘nmaydigan zarrachalar
miqdori darhol aniqlanishi lozim. Agar 1-sortli ohakda so‘nmaydigan zarrachalar
miqdori 10% dan, 2-sortli ohakda esa 20% dan ko‘p bo‘lsa, bunday ohak yaroqsiz
hisoblanadi.
Asbob uskunalar. Yumaloq idish, 063-nomerli elak, texnik tarozi, tarozi toshlari, termometrli quritish shkafi, mo‘yqalam, shisha idish, sinash uchun so‘nmagan yoki 24 soat oldin so‘ndirilgan ohak bo‘tqa. Ish tartibi . Texnik tarozida so‘nmagan ohakdan 1 kg (quruq holatda
hisoblanganda) tortib, ohak bo‘tqasi tayyorlanadi va 24 soatdan keyin suv qo‘shib
ayron holiga keltiriladi. Bu ohak 063-nomerli elakka solinadi va elakda qolgan
so‘nmagan zarrachalar toza bo‘lgunga qadar yuviladi. Elakda qolgan qoldiq elak
bilan birga 105-110°S temperaturada turg‘un vazngacha quritiladi va texnik
tarozida tortiladi. Umumiy massadan elak massasini ayirib, so‘nmagan zarrachalar
massasi topiladi. Sinash uchun olingan 1 kg quruq ohakka nisbatan % hisobida
so‘nmagan zarrachalar miqdori aniqlanadi. Natijalar jadvalga yozib boriladi.
Namuna nomeri Sinalayogan ohakning namligi, W, 1 kg so‘nmagan ohakdan chiqqan ohak bo‘tqasi Elakning massasi, g Elakning qoldiq bilan massasi, g Qoldiqning massasi g %