”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Og‘ir betonning ishlatilishi 
 
Og‘ir beton asosan temirbeton va armaturasi avvaldan taranglangan 
temirbeton 
konstruksiyalar 
tayyorlashda 
ishlatiladi. 
Siqilishdagi 
mustahkamligiga nisbatan og‘ir beton quyidagi loyiha markalarga bo‘linadi: 
M50, M75, M100, M150, M200, M250, M300, M350, M400, M450, M500, 
M600, M700 va M800. Yuqori markadagi betonlar (M500-M800) 
armaturasi avvaldan taranglangan konstruksiyalarni tayyorlashda ishlatiladi. 
Og‘ir beton asosida tayyorlangan armaturasi avvaldan taranglangan 
temirbetonning kirishishi va yuk ta’sirida vaqt bo‘yicha deformatsiyalanishi 
kam bo‘ladi.
O‘ta Yuqori markadagi betonlar M600-M1000 Yuqori markadagi 
portlandsement, Yuqori sifatli to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi, S/S=0,27-
0,45 bo‘ladi. Yuqori markadagi betonlar majburiy
aralashtiradigan betonqorgichlarda tayyorlanadi, kombinatsiyalashgan 
usullarda 
(yuk 
ostida 
titratish, 
titratish-presslash 
va 
boshqalar) 
zichlashtiriladi.
Yuqori markadagi betonlarni ishlatish konstruksiyaning ko‘ndalang 
kesim o‘lchamlarini kamaytiradi, armaturani 10-12% tejaydi, boshlang‘ich 
sutkalarda normal sharoitda mustahkamligi tez o‘sgani uchun termoishlov 
berishga zarurat bo‘lmasligi mumkin.
Og‘ir betonning cho‘zilishdagi mustahkamligi quyidagicha (kg/m
3
): 10, 
15, 20, 25, 30,35, 40. Og‘ir betonning cho‘zilishdagi mustahkamligining 
Yuqoriligi yo‘l va aerodrom qoplamalari, gidrotexnik beton va boshqa 
maxsus beton turlarini olishda muhim ahamiyatga egadir. Og‘ir beton 
Yuqori darajada edirilishga, radioaktiv nurlarga, biologik muhitlarga, 
sovuqqa va harorat ta’siriga bardoshli bo‘ladi. Bu maxsus xossalari og‘ir 
betondan maxsus temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda foydalaniladi.


Mayda donali beton yupqa va armotsement konstruksiyalar tayyorlashda 
ishlatiladi. Mayda donali beton tarkibida yirik to‘ldirgich bo‘lmasligi sababli 
sementning miqdori ko‘payadi, shu sababli kirishishi va yukdan vaqt bo‘yicha 
deformatsiyalanishi Yuqori bo‘ladi. Mayda donali betonlar yengil va 
mustahkam qobig‘li yopma temirbeton konstruksiyalar, konstruksiyalarni 
kuchaytirishda torkret tarkiblar tayyorlashda ishlatiladi

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin