Beton
qorishmasi
qurilish
maydonlariga
avtobetonovoz,
avtosamosvallarda yoki maxsus betonqorgich avtomobillarda quruq holatda
tashiladi.
Beton
qorishmasi
tashilayotganda
suvsizlanish
va
qatlamlanishning
oldi olinishi kerak, aks holda betonning qulay
joylanuvchanligi
salbiy
tomonga
o‘zgaradi.
Beton
qorishmasi
avtosamosvallarda tashilganda yuza qismini namlik o‘tkazmaydigan
materiallar bilan (polietilen, brizent va boshq.) yopish kerak. Beton
qorishmasi uzoq masofaga tashilganda u quruq holatda bo‘lishi va bevosita
qurilish maydonida qorilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday usul G‘arbiy
Yevropa mamlakatlari qurilish industriyasida keng tarqalgan.
Beton qorishmasini qoliplash va zichlashtirish
Tayyorlangan beton qorishmasi maxsus beton quygichlar vositasida
avvaldan tayyorlab qo‘yilgan, metalldan egilmaydigan darajada mustahkam
ishlangan qoliplarga quyiladi. Beton qorishmasini qoliplash jarayoni o‘ta
ma’suliyatli bo‘lib, qolipning hamma burchaklari,
toraygan va burilgan
joylari betonga to‘lishi shart.
Beton qorishmasining harakatchanligi yoki bikrligi qoliplanadigan
beton va temirbeton konstruksiyalarning turiga bog‘liq bo‘ladi. Qolip
shaklining murakkabligini hisobga olgan
holda beton qorishmasining
quyuqlik darajasi va zichlashtirish usuli tanlanishi kerak.
Oddiy shakldagi qoliplarga harakatchan beton qorishmasi hech qanday
zichlashtirish usullarini qo‘llamasdan quyilishi mumkin. Ammo zichlik va
Yuqori mustahkamlik shartlari qo‘yiladigan temirbeton konstruksiyalarni
quyishda bikr va o‘ta bikr beton qorishmalari
turli usullar bilan
zichlashtiriladi, xususiy xollarda esa beton qorishmasi
tarkibiga
suyultiruvchi plastifikatorlar va superplastifikatorlar kiritiladi.
Beton qorishmasini quyidagi usullarda zichlashtiriladi: shibbalash,
titratish
(vibratsiyalash),
vakuumlash,
prokatlash,
shtampovkalash,
sentrifugalash,
presslash,
urish
va
boshqalar.
Bundan
tashqari
titratishprokatlash, titratish-presslash va shu
kabi kombinatsiyalashgan
zichlashtirish usullari ham ishlatilishi mumkin.
Beton qorishmasini zichlashtirish usullaridan eng keng tarqalgani
titratish usulidir. Beton qorishmasi titratilganda qovushoqligi kamayadi,
harakatchanligi ortadi, natijada beton massasi
qolip ichida bir tekisda
tarqaladi va qolip burchaklari, armatura sterjenlari oralarini ham to‘ldiradi.
Titratish davrida yirik to‘ldirgich donalari qulay joylashadi, uning oraliq
bo‘shlig‘ini sement qorishma yaxshi to‘ldiradi,
suv-havo aralashmasi
tashqariga sizib chiqadi, natijada beton qorishmasi zichlashadi.
Beton qorishmasini zichlashtirish uchun turli titratkichlar ishlatiladi.
Titratkichlarning ishchi organi elektromexanik, elektromagnit va pnevmatik
dvigatellar vositasida harakatga keltiriladi. Elektromexanik ko‘chma
titratkichlar amaliyotda keng qo‘llaniladi (6.10rasm).