”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Kirishish chizmasi
1-sement toshi; 2-qorishma; 3-beton.
Bino va inshootlarning tashqi qismlariga, gidrotexnik inshootlarga
avtomobil yo‘llarga, aerodrom qoplamalariga va boshqalarga ishlatilgan 
beton doimo suv bilan xo‘llanib va qurib turadi. Betonda namlikning 
ko‘payishi va kamayishi kirishish va shishib ketishdan hosil bo‘ladigan 
ichki zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi. Hosil bo‘lgan ichki zo‘riqishlar 
betonda mikroyoriqlar paydo bo‘lishiga va natijada konstruksiyalarning 
buzilishiga sabab bo‘ladi. Betonni namlanishdan himoyalash uchun 
gidroizolyasiya vositalari ishlatiladi.
3.
Betonning gidrofizik xossalari 
Suv 
shimuvchanlik.
Beton 
qorishmasi 
tayyorlanayotganda 
aralashtirilgan suvning bir qismi bug‘lanishi, havo pufakchalarining to‘la 
chiqib ketmasligi natijasida betonda g‘ovaklar hosil bo‘ladi. Betonning suv 
shimuvchanligi g‘ovakligiga bog‘liq bo‘lib, og‘ir betonlarda massasiga 
nisbatan 2-3% bo‘ladi. Beton suv shimganda dastlabki davrda yumshaydi va 
mustahkamligi kamayishi mumkin. Ayniqsa bunday holat g‘ovak 
to‘ldirgichlar asosidagi yengil betonlar va yacheykali betonlarda ko‘proq 
kuzatiladi. Betonning suv va boshqa agressiv qorishmalarni shimuvchanligi 
zichligidan kelib chiqib, suv o‘tkazmaslik, sovuqqa chidamlilik va agressiv 
muhitlarga bardoshliligini belgilaydi.
Suv o‘tkazmaslik. 
Betonning suv o‘tkazmasligi suv sizib o‘tmagan
holatdagi eng kichik bosim (kgssm
2
) bilan xarakterlanadi. Suv o‘tkazmaslik 
balandligi va diametri 15 sm bo‘lgan beton namunalarni standart usulda 
sinab aniqlanadi va quyidagicha markalanadi: W2, W4, W6, W8 va W12.
Betonning suv o‘tkazmasligi g‘ovakligiga va g‘ovaklikning xarakteriga
ya’ni ochiq yoki yopiqligiga bog‘liq bo‘ladi. Betonda makrog‘ovaklar kam, 
mikrog‘ovaklar ko‘p bo‘lsa suv o‘tkazmaslik Yuqori bo‘ladi.
Betonning suv o‘tkazmasligini oshirish uchun texnologik usulda 
zichligini oshirish, gidrofob va difil qo‘shimchalar, zichlashtiruvchi 
qo‘shimchalar (natriyli alyuminat) kiritish mumkin. Bog‘lovchi sifatida 
portlandsement o‘rniga kirishmaydigan yoki kengayuvchan sementlarni 
ishlatish ham betonning suv o‘tkazmasligini oshiradi. Betonga suv 
o‘tkazmaslik bo‘yicha talablar suv muhiti filtrlanishi mumkin bo‘lgan 
joylarda, ya’ni gidrotexnik va meliorativ inshootlarda, rezervuarlarda va 
boshqalarda qo‘yiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin