Beton klassi -0,95 koeffitsient bilan kafolatlangan betonning biror bir
xossasini belgilaydigan ko‘rsatkichdir. Bu degani betonning muayyan
xossasi klass bo‘yicha 100 holatdan 95 holatda kafolatlanishini va faqat 5
holatdagina chekinish bo‘lishi mumkinligini bildiradi.
Betonlar quyidagi klasslarga bo‘linadi: V1; V1,5; V2; V2,5; V3,5; V5;
V7,5; V10; V12,5; V15; V20; V25; V30; V40; V45; V50; V55; V60.
Betonning 7 klasslari va mustahkamlik bo‘yicha markalari nisbati,
normativ variatsiya koeffitsienti V=13,5 bo‘lsa, RqV/0,778 bo‘ladi,
masalan,
V10 klassdagi betonning siqilishidagi mustahkamligi R
siq=
12,85 MPa.
Beton mustahkamligining variatsiya koeffitsienti alohida namunalar
mustahkamliklarini
o‘rtacha
mustahkamlikka,
o‘rtacha
kvadrat
chekinishlarini o‘rtacha mustahkamlikka bo‘lgan nisbati bilan o‘lchanadigan
kattalik bo‘lib, oddiy betonlar uchun V=13,5 % deb qabul qilinishi mumkin.
Umuman variatsiya koeffitsienti 20% oshmasligi shart.
Betonning qotishi Beton normal sharoitda uzoq muddat davomida sement va suv o‘rtasida
bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar natijasida qotadi. Beton markadagi
mustahkamlikka erishmasdan ilgari qurishi yoki muzlashi uning strukturasi
buzilishiga va xossalarining yomonlashishiga olib keladi.
Beton qorishmasi qoliplangach, quruq issiq iqlim sharoitida namlikni
saqlash maqsadida, turli plyonkalar, sepiladigan polimerlar yordamida
suvning bug‘lanib ketishini chegaralash mumkin.
Kuz-qishki sharoitda betonni muzlashdan saqlash uchun isitish
vositalarini qo‘llash, betonni issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan
muhofazalash yoki beton tarkibiga suvni muzlatmaydigan kimyoviy
qo‘shimchalar qo‘shish mumkin.
Portlandsement asosida tayyorlangan va normal sharoitda qotayotgan
beton mustahkamligining vaqt bo‘yicha o‘sishi taqriban logarifm qonuniyati
orqali ifodalanishi mumkin:
lg
n Rn=R 28
,
lg28
bu erda: Rn-n sutkadagi betonning must ahkamligi (kamida 3 sutka); R
28
-
betonning markadagi mustahkamligi; n-betonning qotishi kunlari. Bu usulda
beton mustahkamligini aniqlash konstruksiyalarni qolipdan bo‘shatishni
belgilashda ishlatiladi. Beton mustahkamligining vaqt bo‘yicha o‘sishini
aniqroq bilish uchun avvaldan tayyorlangan, tajribalar asosida qurilgan
grafiklar beton namunalarini 3,7,28, 90 sutkada sinab mustahkamligi
aniqlanadi.
Portlandsement asosida tayyorlangan beton mustahkamligi normal
sharoitda 7-14 sutkada 60-80% markadagi mustahkamlikka erishadi.
Betonning dastlabki vaqtdagi mustahkamligini oshirish uchun tez yoki o‘ta
tez qotuvchan portlandsement turlari ishlatish yoki issiqlik bilan qayta
ishlash mumkin. Beton qotishini tezlashtirish qoliplarni aylanma qayta
ishlatilishi
yoki
monolit
beton
ishlatilganda
qurilish
jarayonini
tezlashtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.