12.5-rasm. Beton qorishmasi strukturasi
a) bikr; b) harakatchan.
Yirik to‘ldirgich donalarining bir-biridan qochish koeffitsienti & bikr
qorishmalarda 1,05-1,15 va harakatchan qorishmalarda 1,2-1,5
ga teng
bo‘ladi. Yirik to‘ldirgich donalarini bir-biridan qochishi haddan ziyod
bo‘lsa, sement qorishmasi sarfi ko‘payadi, betonning fizik-mexanik va
deformativ xususiyatlari yomonlashadi.
Beton qorishmasi harakatchanligini sement va suv sarfini oshirish
hisobiga ko‘paytirish betonning zichligi va mustahkamligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Shuning uchun beton qorishmasining harakatchanligini oshirish
maqsadida uning tarkibiga turli plastifikatorlar kiritish mumkin.
Beton qorishmasini plastifikatsiyalash
uchun tarkibiga kimyoviy
moddalar-gidrofillashtiruvchi
(lignosulfonatlar),
gidrofoblashtiruvchi
(milonaft, asidol va boshqalar), difil, ya’ni ham gidrofoblik ham gidrofillik
xususiyatlari beruvchi sintetik yog‘li kislotalar, mikroko‘pik hosil qiluvchi
(ishqoriy yog‘och peki) va boshqa kompleks qo‘shimchalar qo‘shish tavsiya
etiladi.
Hozirgi kunda beton qorishmasini plastifikatsiyalash maqsadida o‘ta
samarali superplastifikatorlar quyidagi polimerlar asosida tayyorlanadi:
melamin smolasi hosilasi yoki naftalin sulfokislotalar (S3); lignosulfonatlar
va
kaprolaktam
chiqindilari
asosidagi
moddalar
va
boshqalar.
Superplastifikatorlar beton qorishmasiga 0,15-1,2 % sement miqdoriga
nisbatan qorishma tayyorlanayotgan jarayonda qo‘shiladi.
Beton qorishmasi tarkibiga plastifikatorlar qo‘shish uni tayyorlash
texnologiyasini va qorishmani qoliplarga joylashtirishni osonlashtiradi.
Plastifikatorlarning beton qorishmasidagi ta’sir kuchi 1-1,5 soat saqlanadi.
Beton qorishmasidagi ishqoriy muhitda plastifikatorlar
beton uchun
zararsiz moddalarga aylanadi va keyinchalik undan tayyorlangan buyum va
konstruksiyalarning
ekspluatatsion
xususiyatlariga
salbiy
ta’sir
ko‘rsatmaydi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, beton tarkibiga kiritilgan
gidrofob va difil plastifikatorlarning gidrofob effekti, ya’ni o‘ziga suvni
yuqtirmaslik xususiyati, uzoq yillar saqlanar ekan. Odatda bunday betonlar
atmosfera muhitiga va sovuqqa chidamli bo‘ladi.
Superplastifikatorlar qo‘shilgan beton qorishmalarini betonnasoslar va
quvurli transport vositasida uzatish va qoliplarga
zichlashtirish usullarini
qo‘llamasdan, quyma usulda qoliplash mumkin.
Bundan tashqari beton qorishmasini plastifikatsiyalash suv-sement
nisbatini kamaytirish, natijada betonning zichligi va mustahkamligini
oshishiga olib keladi. Hozirgi kunda beton qorishmasini plastifikatsiyalash
va suv ushlashlik hossasini yaxshilash
maqsadida gelpolimerlar
(gidrosorslar) qo‘shilmoqda. 1 g gelpolimerlar 50-100, hatto 1000 ml suvni
o‘ziga vaqtincha bog‘lay oladi. Suvga to‘yingan gelpolimer bir necha kun
davomida suvning bir qismini yo‘qotadi. Suvning qolgan qismi esa, vaqt
o‘tishi bilan sement gidrotatsiyasi jarayonini suv bilan ta’minlaydigan ichki
mikro suv “havzalari” vazifasini o‘taydi.
Beton qorishmasi tayyorlanganda, dastlabki soatlarda (kunlarda) suvni
yo‘qotishni oldini olish tadbiri betondan tayyorlangan beton va temirbeton
konstruksiyalarda yoriqlar paydo bo‘lishini, mustahkamlikni pasayishini
keskin
kamaytiradi.
Betonning
mustahkamligi
bog‘lovchi,
to‘ldiruvchilarning sifatiga va hosil bo‘lgan kompozitsion materialning
zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Umuman, beton qanchalik
zich strukturaga ega
bo‘lsa, shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bog‘lovchining sifati sementning
markasi (R
s
), mayda va yirik to‘ldirgichlarning sifati A koeffitsienti,
g‘ovakligi esa suv-sement
nisbati (s/s) bilan belgilanadi.
Zich betonning g‘ovakligini quyidagicha ifodalash mumkin:
S -W *S
P =
*
100%,
1000
bu erda: S va S suv va sementning 1 m
3
(1000l) beton uchun sarfi, W-
kimyoviy bog‘langan suvning miqdori (sement miqdoriga nisbatan). Beton
qotishining 28 sutka davomida sement massasiga nisbatan 15% atrofida
suvni shimishini hisobga olsak, W=0,15 teng bo‘ladi.
Beton mustahkamligi va suvning sarfi o‘rtasidagi bog‘lanishni, sement
sarfi va zichlashtirish usuli doimiy bo‘lsa, quyidagi chiziqli bog‘lanish
orqali ifodalash mumkin (6.6-rasm). Bu chiziqli bog‘lanish beton
mustahkamligining fizik mohiyatini bildiradi va
beton tarkibini tanlashda
qanday omillarga ahamiyat berish zarurligini ko‘rsatadi.
Chizmaning a-sohasidagi qismi beton qorishmasining etarli darajada
zichlashtirilmagani oqibatida mustahkamlikni pasayishini ko‘rsatadi, bsoha
qismi esa beton tarkibida suv optimal miqdorda bo‘lgani, beton qorishmasi
yaxshi zichlashib mukammal struktura hosil bo‘lganini ko‘rsatadi.
Keyinchalik suvning miqdori oshib borishi (v va g-sohalar) beton
mustahkamligining kamayishiga olib keladi, chunki ortiqcha miqdorda
kiritilgan suv keyinchalik o‘z o‘rnida g‘ovaklik hosil qiladi.