Beton qorishmasining texnikaviy xossalari Beton
va
temirbeton
konstruksiyalar
tayyorlashda
beton
qorishmasining qulay joylanuvchanligi yoki qulay qoliplanuvchanligi
muhim ahamiyatga ega. Bunda beton qorishmasi tanlangan zichlashtirish
usulida, yaxlitligini saqlagan holda, qolipga yaxshi (to‘liq) joylashishi
nazarda tutiladi. Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligi uning
harakatchanligi, bikrligi (J) va bog‘lanuvchanligi orqali izohlash mumkin.
Beton
qorishmasining
harakatchanligi
qorishmaning
strukturaviy
mustahkamligiga, bikrlik qorishmaning dinamik oquvchanligiga (vyazkost)
va bog‘lanuvchanlik esa qorishmaning suv ushlashlik qobiliyatiga bog‘liq
bo‘ladi.
Beton qorishmasining suv ushlashlik qobiliyati quruq issiq iqlim
sharoitida betonlash ishlarini olib borishda muhim ahamiyatga ega.
Harakatchanlik. Beton qorishmasining harakatchanligi uning xususiy
massasi ta’sirida harakatlanishini bildiradi va konus cho‘kishi (OK) bilan
sm da ifodalanadi. Beton qorishmasining konus cho‘kishi ikki marta
o‘tkazilgan tajribalar natijalarining o‘rtacha arifmetik miqdori bilan
o‘lchanadi.
Konus cho‘kishi balandligi 300, ustki asosining diametri 100 va pastki
asosining diametri 200 mm bo‘lgan kesik konus shaklidagi tagsiz metall
qolip vositasida aniqlanadi. Konus ichi avvaldan xo‘llangan bo‘lib, beton
qorishmasi har biri 10 sm balandlikda bo‘lgan uchta qatlam bilan
to‘ldiriladi. Har qaysi qatlam diametri 16 va uzunligi 600 mm va uchi
yumaloq po‘lat tayoqcha bilan 25 marta sanchib zichlashtiriladi. Qolip
ko‘tarilgach, hosil bo‘lgan beton konus xususiy massasiga ko‘ra cho‘kadi va
aynan cho‘kish miqdori beton qorishmasining konus cho‘kishini ifodalaydi.
Agar beton qorishmasining konus cho‘kishi nolga teng bo‘lsa, uning qulay
joylanuvchanligi bikrlik bilan ifodalanadi.
Bikrlik. Beton qorishmasining bikrligi avvaldan qolipga quyib
tayyorlangan beton qorishmasi konusining zichlashib, tekis holatga
kelguncha sarf bo‘lgan vaqt (sekundda) bilan ifodalanadi.