”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


-rasm. Qum donador tarkibining grafigi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

 
12.1-rasm. Qum donador tarkibining grafigi 
Qumning namligini beton qorishmasi tayyorlashda, qumni qabul qilib 
olishda hisobga olish zarur.
Yirik to‘ldirgich
. Oddiy og‘ir beton tayyorlashda yirik to‘ldirgich 
sifatida shag‘al va chaqiq toshlar ishlatiladi. Yirik to‘ldirgich 5-70 mm 
fraksiyada bo‘ladi. Massiv monolit konstruksiyalar va inshootlar qurilishida 
beton qorishmasiga 150 mm yiriklikgacha to‘ldirgich kiritish mumkin. 
Shag‘al tarkibi tosh va qisman qumdan iborat bo‘lib, chang, tuproq, slyuda 
va organiq chirindilar aralashgan bo‘ladi. Shag‘al donalari oval, yapaloq 
shaklda bo‘lib, yuzasi tekis bo‘ladi. Tog‘ (jar) shag‘alining yuzasi g‘adir-
budir bo‘lishi mumkin. Daryo, dengiz shag‘ali tog‘ shag‘aliga nisbatan 
tozaroq bo‘ladi.
Chaqiq tosh otqindi, metamorfik va suv muhitiga chidamli zich 
cho‘kindi tog‘ jinslarni maydalab tayyorlanadi. Chaqiq tosh serqirra va 
yuzasi g‘adirbudir bo‘lishi sement toshi bilan yaxshi tishlashishini 
ta’minlaydi. Shuning uchun Yuqori markadagi betonlar tayyorlashda chaqiq 
tosh ishlatiladi.
Chaqiq tosh tarkibida tuproq, chang va organiq aralashmalar kam bo‘ladi.
Yirik to‘ldirgich sifati mineral tarkibi, tog‘ jinslarining mustahkamligi 
va sovuqqa chidamliligi, donador tarkibi, donalarning shakli, mineral va 
organiq zararli aralashmalarning miqdori bilan belgilanadi.
Yirik to‘ldirgich jinsining suv shimgandagi mustahkamligi beton 
mustahkamligiga nisbatan 1,5-2 marta katta bo‘lishi kerak.
Betonning zichligi, mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi yirik 
to‘ldirgichning donador tarkibiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yirik to‘ldirgich 
donalarining uzluksiz fraksiyalarda bo‘lishi sementning tejalishini 
ta’minlaydi. Yirik to‘ldirgich 5-10, 10-20, 20-40 va 40-70 mm fraksiyalarda 
bo‘ladi.
Beton tayyorlashda muayyan fraksiyadagi yirik to‘ldirgichni ishlatish 
konstruksiyaning o‘lchamlari, armaturalar orasidagi masofalar bilan 
belgilanadi.
Э
ла
клар
да
ги т
ў
ла 
қ
олди
қ
лар, 
%
Элак тешиклари диаметри, мм


Temirbeton to‘sinlar, kolonnalar, ramalar va boshqa konstruksiyalar 
tayyorlashda yirik to‘ldirgich donasining katta tomoni o‘lchami armatura 
sterjenlari orasidagi masofaning 3-4 qismidan kichik bo‘lishi shart, 
qavatlararo va tom yopma plitalari uchun esa plita qalinligining 1 -2 
qismidan kam bo‘lishi kerak.
Bino va inshootlar qurilishida ishlatiladigan temirbeton konstruksiyalar 
va beton buyumlar tayyorlashda odatda 5-10 va 10-20 mm fraksiyali 
to‘ldirgichlar 2:3 nisbatda aralashtirib qo‘llaniladi. Konstruksiyalarning 
hajmiy o‘lchamlari yiriklashgan sari yirik to‘ldirgich fraksiyalari ham ortib 
borishi mumkin. Beton uchun belgilangan yirik donalar 5% gacha bo‘lishi 
ruxsat etiladi.
Zarurat bo‘lganda 3-10, 10-15, 5-15 va 15-20 mm fraksiyadagi chaqiq 
tosh maxsus temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatilishi mumkin. 
Yirik to‘ldirgich donador tarkibi donalarning eng katta D va eng kichik d 
o‘lchamlari bilan belgilanadi. Har bir fraksiya yoki ularning aralashmalari 
donador tarkibi quyidagi oraliqda bo‘lishi kerak:
Elak o‘lchamlari
d
0,5(d/)
d
1,25 
D
5(3)mm
10 mm 
va
Yuqori
Bitta fraksiya 
uchun
Fraksiyalar 
aralashmasi
Elaklardagi to‘la 
qoldiq, % massa 
bo‘yicha
95-100 90-100 40-80
50-70
0-10 0
Yirik to‘ldirgichning donador tarkibi 10 kg massali namunani teshiklar 
o‘lchami 70, 40, 20, 10 va 5 mm li standart elaklar yig‘masidan o‘tkazib, 
har bir elakdagi alohida va to‘la qoldiqlar topiladi. Donalarning eng yirigi 
to‘la qoldig‘i 5% ortmaydi, donalarning eng kichik o‘lchamlari to‘la 
qoldig‘i kamida 95% tashkil etishi kerak. Bundan tashqari 0,5 (D d) va 
1,25D ning qiymatlari hisoblanadi.
Yirik to‘ldirgichning donador tarkibini baholash va beton qorishmasi 
tayyorlashda yaroqli sohani maxsus chizma vositasida ifodalanadi. 
(12.2rasm).
Yirik to‘ldirgichning donador tarkibi egri chizig‘i shtrixlangan soha 
ichida bo‘lsa, ushbu to‘ldirgich beton qorishmasi tayyorlash uchun yaroqli 
bo‘ladi.
Chaqiq tosh donalari shakli bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi: kubsimon, 
saralangan (yaxshilangan) va oddiy. Tuxumsimon va sharsimon shakldagi 
chaqiq toshlarni ishlatish maqsadga muvofiq.
Bu guruhlarga kiruvchi chaqiq toshlar tarkibida plastinasimon 
(cho‘zinchoq) va ignasimon shakldagi donalar 15; 25 va 35% massa 
bo‘yicha mutanosiblikda bo‘lishi mumkin. Plastinasimon va ignasimon 


donalar qalinligi yoki eni uzunligiga nisbatan kamida uch marta kichik 
bo‘ladi
Elakning ыlchamlari

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin