O‘rtacha zichligiga nisbatan beton quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
o‘ta og‘ir beton-o‘rtacha zichligi 2500 kg/m
3
ortiq. O‘ta og‘ir betonlar
magnetit, barit, cho‘yan qirindisi va boshqa og‘ir to‘ldirgichlar asosida
tayyorlanadi. Bunday betonlar maxsus himoyalovchi konstruksiyalar va
qismlar tayyorlashda ishlatiladi. Og‘ir beton-o‘rtacha zichligi 2200-2500
kg/m
3
bo‘lib, og‘ir tog‘ jinslari asosidagi qum, shag‘al, chaqiq tosh ishlatilib
olinadi. Og‘ir beton bino va inshootlar uchun konstruksiyalar tayyorlashda
ishlatiladi. Yengillashtirilgan beton-o‘rtacha zichligi 1800-2200 kg/m
3
bo‘lib, temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Yengil betonning
o‘rtacha zichligi 500-1800 kgm
3
bo‘lib, turli usullarda olinadi: a) g‘ovak
tabiiy va sun’iy to‘ldiruvchilar (keramzit, agloporit, pemza va sh.k.); b)
yacheykali betonlar (gazbeton, ko‘pikbeton); v) qumsiz tayyorlanadigan
zich va g‘ovak to‘ldiruvchilar asosidagi betonlar. O‘ta yengil betonning
o‘rtacha zichligi 500 kgm
3
kam bo‘lib, g‘ovak to‘ldiruvchilar asosida yoki
yacheyka hosil qilish usulida olinadi. Bunday betonlar issiqlik izolyasiyasi
materiali sifatida ishlatiladi.
Umuman betonlar o‘rtacha zichligi 400 dan 4500 kg/m
3
oralig‘ida
o‘zgaruvchan bo‘lib, ularning g‘ovakligi, mustahkamligi ham mos ravishda
katta oraliqda o‘zgaradi.
Ishlatilish sohasiga nisbatan betonlar konstruksion (ustunlar, to‘sinlar,
plitalar va boshq.), gidrotexnik (to‘g‘onlar, kanallar qurish uchun), devorbop
va yengil yopmalar uchun mo‘ljallangan beton, yo‘lbop va aerodrom
qoplamalari uchun beton, maxsus betonlar-kimyoviy va biologik muhitlarga
chidamli, olovga bardoshli, radiatsion muhitlardan himoyalovchi va boshqa
turlarga bo‘linadi.
Beton bino va inshootlar qurilishida asosiy konstruksion material
bo‘lib, monolit yoki yig‘ma temirbeton holida ishlatiladi. Beton
tayyorlashda asosan maxalliy komponentlar ishlatilgani uchun tannarxi
arzonga tushadi. Ishlab chiqarish texnologiyasining murakkab emasligi
betonni bevosita kichik sexlarda, qurilish maydonlarida tayyorlash,
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkinligi, u asosidagi buyum
va konstruksiyalar ishlab chiqarishni Yuqori texnologiyalar darajasiga
ko‘tarish imkoniyatini yaratadi. Beton qorishmasi qoliplarga qulay
joylanuvchan massa bo‘lgani tufayli istalgan murakkab shakldagi
konstruksiya va qismlarni tayyorlash mumkin.
Sementli betonning asosiy kamchiligi, uning cho‘zilishdagi
mustahkamlik chegarasining pastligi bo‘lib, siqilishdagiga nisbatan 10-15
marta kamdir. Shuning uchun beton asosida konstruksiyalar tayyorlanganda
cho‘zilish qismi po‘lat armaturalar bilan kuchaytiriladi.
Dostları ilə paylaş: