Klinkerni maydalash. Sement klinkerini maydalab tuyish quvursimon
sharli tegirmonlarda amalga oshiriladi. Sharli tegirmon ichki tomondan
mustahkam zirxli po‘lat bilan qoplangan bo‘lib, 2-4 bo‘lmadan iborat. Katta
tegirmonlarning o‘lchamlari 3,95x11 m yoki 4,6x16, 4m bo‘lib, soatiga 100
va 135 tonna klinkerni maydalaydi. Tegirmonda klinkerni maydalash shar
yoki silindrchalarning tegirmon ichida ma’lum masofaga ko‘tarilib
tushishiga va dumalashiga asoslangan. Klinkerni po‘lat sharlar yirikroq
silindrchalar esa maydaroq tuyushga mo‘ljallangan. Bu tegirmonlar
to‘xtovsiz ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, klinker bir tomondan ichi bo‘sh
val (sapfa) orqali tegirmon ichiga kiritiladi va ikkinchi tomondan tuyulgan
sement chiqarib olinadi.
Tuyulgan sement maxsus nasoslar yordamida siloslarga yuboriladi.
Yopiq siklda ishlaydigan tegirmonlarda yetarli darajada tuyulmagan
sement zarralari markazdan qochuvchi prinsipda ishlaydigan separatorlarda
ushlab qolinib qaytadan tegirmonga yuboriladi. Bu usulda sementni
40005000 sm
2/
g solishtirma yuzagacha maydalash mumkin. Yopiq sikl usuli
tez, o‘ta tez qotuvchan va maxsus sement turlarini olishda ishlatiladi.
Sement klinkeri maydalanayotganda tegirmonga 3,5% gacha gips va
15% atrofida gidravlik qo‘shimchalar kiritiladi. Tayyorlangan sement
temirbeton siloslarda sovuguncha va erkin kalsiy oksidi so‘nguncha
saqlanadi va iste’molchilarga yuboriladi. Siloslar diametri 8-15m, balandligi
25-30m, sig‘imi esa 4000-10000 t gacha bo‘ladi.
Sement qog‘oz yoki polietilen qoplarga joylashtiriladi (50 kg gacha)
yoki sement tashuvchi vagonlarda yoki avtomobillarda tashiladi.
Sement xossalariga maydalik darajasi, normal quyuqligi, qotish davri,
markasi va sh.k. kiradi. Sementning kimyoviy va mineral tarkiblari
Yuqorida bayon etilgan bo‘lib, ular xom ashyoning tarkibiga qarab biroz
o‘zgarishi mumkin. Sementning material tarkibiga (massa bo‘yicha, %)
klinker, gips, mineral qo‘shimchalar, plastifitsirlovchi va gidrofoblovchi
qo‘shilmalar kiradi. Bunday qo‘shilmalar sement massasiga nisbatan
0,10,3% miqdorda sement tuyish paytida kiritiladi.