Aktiv
SaOMgO
miqdori
90
80 70 85
75 65 67
60 50
So‘nmagan
zarrachalar miqdori
7
11 14 10
15 20
-
- -
Ohakni tashish, saqlash va ishlatish.
So‘ndirilmagan donador ohak temir yo‘l
vagonlari va avtosamosvallarda to‘kilgan holda tashiladi. Bunda ohakni namlik
ta’siridan saqlash zarur. Ohak pushonka va kukun ohak jips yopiladigan metall
konteynerlarda, maxsus polietilen katta qoplarda va bitumlangan yoki
yog‘langan qog‘oz qoplarda tashiladi. Ohak qorishmasi maxsus kuzovli
avtosamosvallarda, ohak suti esa avtotsisternalarda tashiladi.
Ohak pushonkani qurilish maydonlaridagi omborxonalarda
qoplarga joylab
qisqa muddat saqlash mumkin. Ohak kipelkani qurilish maydonlarida usti
yopiq holda uzoq muddat saqlash va zarurat bo‘lganda undan ohak qorishmasi
tayyorlash mumkin. Kukun ohakni bir oydan ortiq saqlash mumkin, aks holda
havodagi namlik ta’sirida aktivligi asta-sekin kamayadi.
Havoyi ohak keramik g‘isht va bloklar terishda, suvoqchilikda ishlatiladigan
murakkab va
oddiy qorishmalar tayyorlashda, bo‘yoq tarkiblari uchun
bog‘lovchi sifatida ishlatiladi.
Havoyi ohak namlik va suv muhitiga chidamsizligi tufayli u asosidagi
qorishmalar va buyumlarni poydevorlar qurishda, yog‘in-sochin ta’sirida
bo‘ladigan joylarda ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Havoyi tuyilgan ohak va ohak pushonka asosida
ohak putssolanli va ohak-
shlakli gidravlik bog‘lovchilar ishlab chiqariladi.
Ohak-shlakli bog‘lovchilar donador domna shlaki va havoyi ohakni (2030%)
birgalikda maydalab tuyib olinadi. Bog‘lovchining qotish jarayonini yaxshilash
uchun tarkibiga 3-5% gips qo‘shiladi. Bunday bog‘lovchilar normal sharoitda
sekin qotadi, lekin issiq nam havo bilan ishlanganda qotishi tezlashadi.
Ohak-putssolanli bog‘lovchilar ohak va aktiv minerallar-trepel, opoka,
diatomit, gliej va boshqalarni birgalikda kukun holiga keltirib olinadi. Ohak-
shlakli va ohak-putssolanli bog‘lovchilar asosidagi qorishma va betonlar
namlikka va
qisman suvli muhitga chidamli, ammo sovuqqa chidamliligi past
bo‘ladi.
Havoyi ohakning katta qismi silikat g‘ishti va bloklari, g‘ovak, yengil va og‘ir
silikat betonlari tayyorlashda ishlatiladi. Havoyi ohakni tashish, saqlash va
ishlatishda texnika xavfsizligi
choralariga rioya qilish zarur, chunki ohak
bog‘lovchisi ishqoriy muhit bo‘lib, terini, nafas olish a’zolariga salbiy ta’sir
etishi mumkin.
Gidravlik ohak tarkibida 6-20% giltuproq bo‘lgan mergelli ohaktoshlari 900-
1100
0
S haroratda kuydirib olinadi.
Mergelli ohaktoshlar kuydirilganda SaO dan tashqari kichik tartibli minerallar-
2SaO
.
SiO
2
; CaO
.
Al
2
O
3
va CaO
.
Fe
2
O
3
hosil bo‘ladi. Bu minerallar ohakka
gidravlilik xususiyatini, ya’ni nam va suvli sharoitda
qotish imkoniyatini
beradi.
Gidravlik ohak 7 sutka davomida havoda qotib, keyinchalik qotishini suvda
davom ettiradi va mustahkamligi muttasil ortib boradi.
Gidravlik ohakning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha markasi (28
sut) 2-10 MPa bo‘lishi mumkin.
Gidravlik ohak maydalab kukun holda yoki suvda so‘ndirilib ohak hamiri
holatida ishlatiladi. U g‘isht terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan oddiy va
murakkab
tarkibdagi qorishmalar, past markadagi betonlar tayyorlashda
ishlatiladi. Gidravlik ohakni saqlashda, tashishda namlanishdan asrash kerak.
Gidravlik ohakka tarkibi va tayyorlanish texnologiyasi jihatidan juda yaqin
bo‘lgan bog‘lovchilar asosidagi qorishmalar Samarqand, Xiva,
Shaxrisabz,
Buxoro kabi shaharlar arxitektura yodgorliklari g‘ishtlarini terishda,
suvoqchilikda ishlatilgan.
Dostları ilə paylaş: