”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

2 Havoyi bog‘lovchilar 
2.1 Havoyi ohak 
 
Havoyi ohak tarkibida 6% gacha giltuproq bo‘lgan kalsiyli va magniyli 
karbonat tog‘ jinslari: bo‘r, ohaktosh, dolomitlashgan ohaktosh va 
dolomitlarni kuydirib olingan bog‘lovchi materialdir. Ohak bog‘lovchisi 
(kipelka) oq va kul rangida bo‘lib, bo‘lak-bo‘lak holda hosil bo‘ladi. Havoyi 
ohak bog‘lovchisi quyidagi turlarda bo‘ladi: so‘ndirilmagan maydalangan
so‘ndirilgan gidrat (pushonka), ohak qorishmasi va ohak suti.
Ohak bog‘lovchisi tarkibidagi SaO miqdoriga nisbatan kalsitli, 
magnezialli va dolomitli bo‘lishi mumkin. Kukun ohak tayyorlash uchun 
so‘ndirilmagan ohak, domna shlaki, elektrotermofosforli shlak, aktiv 
mineral qo‘shimchalar bilan birga maxsus tegirmonda tuyiladi.
Ohak ishlab chiqarish.
Havoyi ohak homashyosi asosini kalsiy 
karbonat (SaSO
3
) tashkil etadi, shuningdek ozgina miqdorda dolomit, gips, 


kvars, giltuproq va boshqalar aralashgan bo‘lishi mumkin. Ohaktosh 
9001200
0
S haroratda kuydirilib, imkoni boricha SO
2
gazi chiqarib 
yuboriladi:
SaSO

SaO SO
2
Homashyo tarkibidagi magniy karbonat (MgSO
3
) kuydirish jarayonida 
parchalanadi.
Ohaktoshni kuydirish natijasida 56% havoyi ohak hosil bo‘ladi, qolgan 
44% karbonat angidridi (SO
2
) havoga chiqib ketadi.
Ohak bog‘lovchisi tarkibida asosiy oksidlar (SaO MgO) miqdori 
Yuqori bo‘lsa, ohak qorishmalari shunchalik mayin (plastik) va sifatli 
bo‘ladi.
Shaxtali xumdon
1-shaxta; 2-yuklash qurilmasi; 3-qizdirish zonasi; 4-kuydirish zonasi; 
5sovitish zonasi; 6-havo beriladigan greben; 7-kuydirilgan ohakni chiqarib 
oluvchi mexanizm.
Havoyi ohak tarkibidagi chala kuygan yoki o‘ta kuygan bo‘laklarning 
meyordan ortiq bo‘lishi bog‘lovchi hossalarini yomonlashtiradi. Chala 
kuygan ohak bo‘laklar deyarli bog‘lovchilik xususiyatiga ega bo‘lmaydi, 
o‘ta kuydirilgan ohak esa juda sekin suv ta’sirida gidratlanadi va hajmi 
kengayadi. Buning natijasida ohak bog‘lovchisi asosidagi mahsulotlarda 
yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin.
Ohaktoshni odatda shaxtali xumdonda kuydiriladi (5.1-rasm). Mayda 
bo‘lakli ohaktoshlar aylanma xumdonda kuydirilishi mumkin. Ohaktoshni 
kuydirish uchun ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilar ishlatiladi. Ko‘mir 


yoqilganda ohakka kul aralashishi mumkin, gaz yoqilganda esa bog‘lovchi 
toza holda hosil bo‘ladi. Bundan tashqari gaz bilan ishlaydigan xumdonlarni 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish mumkin.
Ohaktoshni kuydirilganda so‘ndirilmagan g‘ovak bo‘lak holdagi yarim 
mahsulot hosil bo‘ladi. Yarim mahsulotni is’temolchiga moslashtirish uchun 
maydalanadi yoki so‘ndiriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin