Sitallar va ular asosidagi buyumlar Sitallar -Shisha kristallar Shishani qisman yoki to‘la kristallash usulida
olinadi. Sitall olish uchun Shisha xom ashyosi va maxsus mineral
qo‘shilmalar juda toza xolda ishlatiladi. Sitallga maxsus xususiyatlar berish
uchun kristallanish katalizatorlari-titan, litiy, sirkoniy va sh.k. lar birikmalari
eritilgan holatida aralashtiriladi. Sitall olishda shixta qo‘shimcha ravishda
issiqlik bilan qayta ishlanadi; bunda Shisha kristallanadi va muayyan
xususiyatlarga ega bo‘ladi. Sitallar kulrang, qora, jigarrang, krem rangida,
rangli, shaffof va xiralashgan bo‘lishi mumkin. Ular atmosfera va agressiv
muhitlarga, Yuqori haroratga bardoshli bo‘ladi. Dielektrik xususiyati esa,
elektr haroratga bardoshli izolyatorlar tayyorlashda foydalaniladi.
Sitallarning siqilishidagi mustahkamlik chegarasi 500MPa, issiqqa
bardoshligi 200-700
0
S, xatto 1000
0
S bo‘ladi.
Shlaksitall metallurgiya shlaki, kvars qumi va kristallizatorlarni maxsus
xumdonlarda aralashtirib tayyorlanadi. Kristallizatorlar sifatida titan, fosfor
oksidlari, ftor tuzlari, temir va marganets sulfatlari massaga nisbatan 4-5%
ishlatiladi. Shlaksitall oq rangli, yassi va maxsus yuzali (shliflangan,
polirovkalangan) xolda chiqariladi. Uning yuzasiga keramik sirlovchi
materiallar bilan istalgan rang berish mumkin. Shlaksitall o‘rtacha zichligi
2500-2600 kgm
3
, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 500-600 MPa,
egilishdagi
mustahkamligi
90-130MPa,
elastiklik
moduli
11
.
10
4
MPa,ishlatilish harorati 950
0
S gacha bo‘ladi. Shlaksitall kimyoviy
muhitlarga chidamli, suv o‘tkazmaydi, kam ediriladigan bo‘lgani uchun
trotuar, yo‘l qoplamalarida, bardyur toshlari o‘rnida, binolarni ichki va
tashqi tomonlardan bezashda, tom yopishda, devorbop buyumlar sifatida
ishlatilishi mumkin.
Ko‘piksitall uyachali strukturaga ega bo‘lib, suv shimuvchanligi va
gigroskopligi kichik, issiqqa bardoshliligi 750
0
S bo‘ladi. U issiqlik va
tovushdan izolyasiyalovchi material sifatida ishlatiladi.
Sitalloplastik ftoroplast va sitall asosida olinadi. Uning edirilishga va
kimyoviy muhitlarga chidamliligi o‘ta Yuqori bo‘lgani uchun antifriksion va
konstruktiv material sifatida ishlatiladi. Bunda kukun holatidagi sitall
ftoroplastga o‘ta mayda to‘ldiruvchi sifatida aralashtiriladi.