”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

 Shisha blok turlari
a) BK 24498; b) BKS 19498; v), g) BPS 29419498.
Shishaprofilit qobirg‘a, shveller, tavr, yarimaylana, paket ko‘ndalang 
kesimli (profilli) bo‘lib, maxsus mustahkam Shishadan tayyorlanadi. 
Shveller profilli Shisha profilit eni 250-500 mm, paketliniki 250-300 mm 
bo‘lishi mumkin. Ularning armaturali va armaturasiz, rangli va rangsiz 
turlari bo‘lib, yig‘ilayotganda maxsus sovuqqa va suv muhitiga chidamli 
moslamalar (prokladka) yordamida zichlashtiriladi. Ular sanoat binolari, 
sport inshootlari, transport to‘xtash joylari qurilishida ishlatiladi (4.2rasm).


Ikki va uch qatlamli Shishapaketlar (a). Shishapaket 
tugunlarining konstruktiv yechimi-yelimlangan (b), kavsharlangan (v) va 
payvandlangan(g) 
1-Shisha; 2-havo (gazli) qatlam; 3-tayanch ramkasi; 4-elimlovchi va 
zichlashtiruvchi qatlam; 5-qo‘rg‘oshinli qotishma asosidagi qatlam; 6-
Shisha yuzidagi metallashtirilgan qatlam; 7-kavsharlangan qatlam; 8-Shisha 
payvandlangan tugun.
Shisha naylar ingichka kapillyardan tortib to diametri 150 mm gacha 
bo‘lgan qalin devorli holda ishlab chiqariladi. Shisha naylar kimyo, 
oziqovqat, dorishunoslik, meditsina va sanoatning boshqa tarmoqlarida 
ishlatiladi. Ular ichi silliq bo‘lib, gigiena talablariga javob beradi. Shisha 
naylar mo‘rt, egilishdagi mustahkamligi kichik, issiqqa bardoshligi 40
0

atrofida bo‘ladi.
Ko‘pik Shisha bir tartibda joylashgan yumaloq kovakchalarning 
(diametri 0,1-0,6 mm) o‘zaro yupqa Shisha devor bilan ajratilishidan hosil 
bo‘lgan. Ko‘pik Shisha sanoatda ishlab chiqariladigan Shisha chiqindilarni 
obdon tuyib, unga gaz hosil qiluvchi qo‘shilmalar (koks, ohaktosh, marmar 
va sh.k.) qo‘shiladi va 700-900
0
S eritilib, qolipga quyiladi. Suyultirilgan 
Shishada qo‘shilmalar gaz hosil qiladi va qotish jarayonida buyumda mayda 
g‘ovakchalar paydo bo‘ladi. Bu esa buyumning o‘rtacha zichligi, issiqlik va 
tovush o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Ko‘pik Shishaning g‘ovakligi 85-
95%, o‘rtacha zichligi 200-400 kg m
3
, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 
0,080,12 Vtm
0
S, siqilishdagi mustahkamligi 0,5-12,5 MPa atrofida bo‘ladi.
Ko‘pik Shishadan o‘lchamlari 1000x500x125 mm yoki 500x500x125 
mm li blok va plitalar tayyorlanadi. Ko‘pik Shishani arralash, kesish yoki 
parmalash mumkin. Undan tayyorlangan buyumlar sovuqqa hamda 
kimyoviy agressiv muhitlarga chidamli bo‘ladi.
Ko‘pik Shisha qurilishda ko‘p qatlamli temirbeton panellarda, g‘isht va 
yog‘och taxta devorlarda, pollar va qavatlararo plitalarda, issiqlik 
izolyasiyasi qatlami sifatida ishlatiladi. Sirti 400
0
S gacha qiziydigan uskuna 
va quvurlarni qoplashda ham issiqlik izolyasiyasi materiali tarzida ishlatish 
mumkin.


Shisha tola
-borosilikat Shishasini Yuqori haroratda eritib, diametri 
0,0002-0,03 mm teshikdan tortib chiqarib, g‘altaklarga o‘rab olinadi. Shisha 
tolasini uzluksiz ravishda olish texnologiyasi 4.3-rasmdan sxema tarzida 
ko‘rsatilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin