”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

4.
 
Shishaning turlari 
Taxta oyna.
Taxta oynaga oddiy deraza, vitrina, issiqlik nurlarini 
yutuvchi, armaturalangan va boshqa oyna turlari kiradi.
Taxta oyna deraza va eshikni to‘sishga, sanoat va jamoat binolarini 
tashqi muhitdan izolyasiyalashda, ichki va tashqi tomondan bezashda 
ishlatiladi. Taxta oyna eni 250-1600 mm, uzunligi 250-2200 mm, qalinligi 
2; 2,5; 3; 4; 5 va 6 mm o‘lchamlarda tayyorlanadi. Bir metr kvadrat 
oynaning massasi 2-5 kg bo‘ladi. Shisha taxtaning nur o‘tkazuvchanligi 
87% kam bo‘lmasligi, shaffof bo‘lishi talab etiladi. U rangsiz bo‘lib, ba’zi 
xollarda yashil yoki ko‘kimtir soyalar bo‘lishi ruxsat etiladi. Taxta oyna 
yuzasidagi qiyshiqliklar, burmalar, yo‘l-yo‘l chiziqlar, bo‘shliqlarning 
bo‘lishi uning navini belgilaydi.
Vitrina oynasi ma’muriy, maishiy, savdo, mehmonxona va sh.k. 
binolarni bezashda va izolyasiyalashda ishlatiladi. Vitrina oynalari 
polirovkalanib, qalinligi 6-10 mm, eni 3500, bo‘yi 6000 mm gacha 
o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Vitrina oynasining bir tomonlama nur 
o‘tkazuvchi turi binolarni bezashda va yorug‘lik nurini mo‘‘tadil saqlashda 
zarur bo‘ladi.
Issiq nurlarni qaytaruvchi oyna bir tomondan 0,3-1 mkm qalinlikda, 
turli rangdagi metall va oksid plyonkalar bilan qoplangan bo‘ladi. Metall 
yoki oksid qoplamalari maxsus ionli purkash uskunalari yordamida 
nikelxrom aralashmasi, temir, mis, xattoki oltin, platina va sh.k. nodir 
metallar qoplanishi mumkin. Ularning nur o‘tkazuvchanligi 30-70% atrofida 
bo‘ladi. Metall qoplamali Shishalar infraqizil nurlarni qaytargani sababli 
qizimaydi va xonadan nur tashqariga chiqmasligi tufayli binolarda issiqlik 
saqlanadi. Metall va oksid plyonkalar bilan qoplangan vitrina oynalari Parij, 
Berlin, Toshkent (Biznes markazi, Interkontinental mehmonxonasi va x.k.) 
va boshqa ma’muriy binolarni bezash va izolyasiyalashda ishlatilgani, uning 
imkoniyatlari ko‘pligidan darak beradi.
Issiq nurlarni yutuvchi oyna oddiy oynadan kimyoviy tarkibida temir, 
kobalt, nikel oksidi bo‘lishi bilan farq qiladi. Oynaning bu turi davolanish, 
bolalar bog‘chalari, gulxona, qishki bog‘, bino va inshootlarni romlariga 
o‘rnatiladi.


Nur qaytaruvchi oyna gulli va xiralashtirilgan turlarga bo‘linib, xona 
ichi ko‘rinmasligi uchun deraza, eshik romlariga o‘rnatiladi. Gulli oyna 
quyilayotganda maxsus valiklardan foydalaniladi. Xiralashtirilgan oyna esa, 
qum oqimi bilan oddiy oynani qayta ishlab tayyorlanadi.
Armaturalangan oynani kuydirilgan, xromlangan, nikellangan po‘lat 
to‘r bilan kuchaytirib tayyorlanadi. Bu oyna silliq va to‘lqinsimon bo‘lib, 
oyna sindirilganda sochilib ketmasligini ta’minlaydi. Uning o‘lchamlari: 
uzunligi 1200-2000 mm, eni 400-1500 mm.
Toblangan oyna oddiy oynani 540-650
0
S haroratda qizdirib va 
astasekin sovutib olinadi. Toblangan oynaning zarbiy va egilishdagi 
mustahkamligi oddiy oynaga nisbatan bir necha barobar Yuqori. Toblangan 
oyna vitrinalar, eshiklar, balkon, zinapoya to‘siqlari va bo‘lmalar 
tayyorlashda ishlatiladi.
Radioaktiv nurlarga bardoshli oynani shixta tarkibiga qo‘rg‘oshin, litiy, 
bor, kadmiy va seziy oksidlari (0,25-1,5%) qo‘shilib tayyorlanadi. Bunday 
oynalar atom elektrostansiyalarida, reaktor qurilmalari xonalarida, izotoplar 
tayyorlaydigan korxonalarda ishlatiladi.
Ko‘p qavatli oyna (tripleks) oddiy va armaturalangan bo‘lib, asosiy va 
oraliq (amortizatsiyalovchi) qatlamlardan iborat. Bu oyna turi sindirilganda 
maydalansa ham sochilib ketmaydi.
Issiqqa bardoshli oyna borosilikatli bo‘lib, tarkibida bor, rubidiy va 
litiy oksidlari bo‘ladi. Bu oyna turi 200
0
S haroratga chidaydi va haroratdan 
chiziqli kengayish koeffitsienti oddiy oynadan 2-3 marta kam bo‘ladi
(2-4
.
10
-6
0
S).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin