Umumiy ma’lumotlar
Shisha va Shisha tayyorlash jarayoni antik Egipet, Mesopotamiya,
Gretsiya va Rimda eramizdan avvalgi 30-40 asrlarda ma’lum bo‘lgan.
Keyinchalik Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlariga
Shisha tayyorlash
texnologiyasi turli xududlardan kirib kelgan. O‘zbekistonda mustaqillik
tufayli Shisha va Shisha buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, sexlar
ko‘paymoqda. Shular jumlasiga 1996 yilda qurib ishga tushirilgan Chirchiq,
Quvasoy Shisha zavodlarini kiritish mumkin.
Bundan tashqari bir
tomonlama nur o‘tkazuvchi, Shishapaket, rangli va avtomobilsozlik uchun
uch qatlamli Shishalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Shisha va Shisha buyumlar quyidagi jihatlari bilan klasslarga bo‘linadi:
kimyoviy tarkibga ko‘ra: oksidli (silikatli, kvarsli, boratli, fosfatli va sh.k.);
kislorodsiz (galogenli, nitratli va sh.k.); ishlatilish sohasiga ko‘ra; qurilish,
me’morchilik, texnik, Shisha idishlar va Shisha tolalar.
1.
Shisha ishlab chiqarish
Shisha ishlab chiqarishda asosiy xom
ashyo sifatida kvars qumi
ohaktosh, soda va natriy sulfati ishlatiladi. Shisha qorishmasini pishirish
haroratini pasaytirish uchun unga soda, natriy sulfati qo‘shiladi. Agar kvars
qumi va sodadan iborat qorishmadan Shisha olinsa, nim shaffof suvda
eruvchan Shisha bo‘ladi (Na
2
Si0
3
). Qorishma
tarkibiga ohaktosh yoki
dolomitni kiritish Shishani suvda erimasligini ta’minlaydi.
Silikatli Shisha 1500
0
S haroratda maxsus Shisha eritish xumdonlarida
olinadi. Massa harorati 800-900
0
S etganda silikatlar hosil bo‘lish jarayoni
boshlanadi. Harorat 1150-1200
0
S bo‘lganda massa shaffoflashadi,
lekin
tarkibida ko‘p havo pufakchalari bo‘ladi. Shisha massasidagi havo
aralashmalari 1500
0
S chiqib ketadi va Shisha qiyomiga etadi. Massani
qoliplash harorati 200-300
0
S atrofida bo‘lib, quyuqligi kimyoviy tarkibiga
bog‘liq. SiO
2
, Al
2
O
3
, ZrO
2
oksidlari
massani quyuqlashtirsa, Na
2
O, CaO,
Li
2
O oksidlari aksincha, suyuqlashtiradi. Shisha massasini erigan holatda
uzoq muddat ushlash uning strukturasini amorf holatidan kristall holatga
qayta o‘tishga olib keladi.
Silikat Shishaning oksid tarkibi, % massa bo‘yicha:
SiO
2
-64-73; Al
2
O
3
-0,5-7,2; K
2
O-0-5; Na
2
O-10-15; CaO-2,5-26,5;
MgO-0-4; Fe
2
O
3
-0-0,4; SO
3
-0-0,5; V
2
O
3
-0-5.
Shisha
massasiga kaolin, dala shpati (Al
2
O
3
) kiritilishi uning mexanik
mustahkamligini, termik va kimyoviy chidamligini oshiradi. Shisha xom
ashyosi tarkibiga B
2
O
3
qo‘shilsa, uning
Shishalanishi tezlashadi va
kristallanishi kamayadi. Rux oksidi (ZnO) Shishaning harorat chiziqli
kengayish koeffitsientini kamaytiradi va termik chidamligini oshiradi.
Qo‘rg‘oshin oksidi (RbO) optik Shisha va xrustall tayyorlashda ishlatiladi.
Shisha olish “qayiq” usulida bo‘lib, cheksiz Shisha lentasini tortish
demakdir. Shisha qalinligi tortish tezligi bilan boshqariladi. Vitrina va
ko‘zgu oynalari silliqlanadi va shaffoflanadi.
Dostları ilə paylaş: