”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

G‘isht devor panellar
qurilishni industrlash maqsadida ishlab 
chiqariladi. Panellar gorizontal holatda har bir g‘isht uchun avvaldan 
tayyorlangan yacheykalarga sementli qorishma bilan teriladi va g‘isht 
oralari qorishma bilan to‘ldiriladi. Panel qalinligi 80, 140, 180 va 280 mm 
bo‘ladi.
Keramik toshlardan bir qatlamli panellar tayyorlanadi. Ikki va uch 
qatlamli panellar g‘isht va issiqlik izolyasiyasi qatlamlaridan (100 mm 
qalinlikda) iborat bo‘ladi. Panelni yuklash, tushirish va montajni ko‘zlab 
po‘lat armatura karkasi bilan kuchaytiriladi. Panellarni zavodda tashqi va 
ichki tomondan pardozlash imkoniyati bor.
 
 
5.1-jadval
Siqilishdagi va egilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha g‘ishtning 
markasi
Mustahkamlik chegarasi, MPa
Siqilishdagi
Egilishdagi
Ғ
ишт
мар
каси


G‘ishtning 
hamma turlari 
uchun
Plastik 
presslangan 
to‘liq g‘isht 
uchun
Yarimquruq 
presslangan
to‘liq g‘isht va
kovakli g‘isht 
uchun
Modulli g‘isht 
uchun
5 namuna 
uchun 
o‘rtachasi
min
5 namuna 
uchun 
o‘rtachasi
min
5 namuna 
uchun 
o‘rtachasi
mi 
n
5 namuna 
uchun 
o‘rtachasi
min
300
30,0
25,0
4,4
2,2
3,4
1,7
2,9
1,5
250
29,0
20,0
3,9
2,0
2,9
1,5
2,5
1,3
200
20,0
17,5
3,4
1,7
2,5
1,3
2,3
1,1
175
17,5
15,0
3,1
1,5
2,3
1,1
2,1
1,0
150
15,0
12,5
2,5
1,4
1,9
0,9
1,6
0,8
100
10,0
7,5
2,2
1,2
1,6
0,8
1,4
0,7
75
7,5
5,0
1,8
0,9
1,4
0,7
1,2
0,6
 
4.Qoplama keramik buyumlar 
 
Qoplama keramik buyumlar bino va inshootlarni ichki va tashqi 
yuzalarini bezashdan tashqari ularni tashqi omillardan himoyalash 
maqsadida ham ishlatiladi.
Binolar 
fasadiga 
qoplanadigan 
buyumlar.
Bu 
maqsadda 
pardozlangan g‘isht va toshlar, yirik o‘lchamli plitalar, fasad plitalari va 
gilam nusxa keramika ishlatiladi.
Pardoz g‘isht va toshlar
binolarni bezashdan tashqari yuk ko‘tarish 
maqsadida oddiy g‘isht bilan qo‘shib teriladi. Pardoz g‘isht va toshlar 
oddiylaridan rangining tozaligi bilan farqlanadi va standart o‘lchamlarda 
ishlab chiqariladi. Ularning rangi to‘q qizildan to och sariq ranggacha 
bo‘ladi. Pardoz g‘isht va toshlar to‘liq va kovakli, har xil faktura yuzali 
bo‘lishi mumkin. Fakturali g‘isht va toshlar yuzasini angoblash, glazurlash, 
rangli minerallarni sepish usulida olinadi. G‘isht va toshlarni pishirishdan 
avval maxsus metall moslamalar vositasida tirnab relefli yuza hosil qilish 
mumkin.
Pardoz g‘isht va toshlar fasadlarning tashqi qatorlariga, vestibyullar, 
yo‘laklar va boshqa xonalarning ichki devorlariga terish uchun ishlatiladi. 
Binolarni bunday usulda pardozlash mehnat sarfini kamaytiradi va iqtisodiy 
tomondan tejamli bo‘ladi.
Yirik fasadbop keramik plitalar
rangli va rangsiz, tekis va 
g‘adirbudur yoki riflangan, glazurlangan va sirlanmagan turlarda ishlab 
chiqariladi. Uzunligi 490, 990, 1190 mm, eni 490 va 990 mm va qalinligi 
910 mm o‘lchamlarda tayyorlanadi. Plitalarning suv shimuvchanligi 1% 
kam, sovuqqa chidamliligi 50 sikldan Yuqori bo‘lishi kerak.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin