alyumosilikat minerallardan va amorf tuzilishdagi Shishasimon oson
eriydigan komponentlardan iborat bo‘ladi.
Keramik materiallarning zichligi 2,5-2,7gsm
3
; o‘rtacha zichligi 200-
2300 kgm
3
; siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,05 dan 1000MPa gacha
bo‘ladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti: absolyut zich keramikani 1,16
Vt(m
.0
S), g‘ovak keramik materiallarniki 0,07-1,0 Vt(m
.0
S) bo‘ladi.
Keramik materiallarning issiqlik sig‘imi 0,18-0,22 KJkg
.0
S, issiqlikdan
chiziqli kengayish koeffitsienti esa 0,00014.
Keramik materiallarning suv shimuvchanligi g‘ovakligiga qarab 0 dan
70% gacha bo‘ladi, sovuqqa chidamliligi esa quyidagi markalarga teng: 15;
25; 35; 50; 75 va 100 (sikllar).
3.
Devorbop keramik buyumlar
Devorbop keramikaga oddiy keramik g‘isht, turli effektiv keramik
materiallar (kovakli, g‘ovakli va kovakli-g‘ovakli g‘ishtlar, yengil, kovakli
keramik toshlar, bloklar va plitkalar) hamda yirik o‘lchamli bloklar va
g‘isht, keramik tosh asosidagi panellar kiradi.
Keramik g‘ishtlar va toshlar.
Keramik g‘isht va toshlar oson
eriydigan gillar va qo‘shimchalar qo‘shilgan gillar asosida tayyorlanadi va
asosan bino, inshootlar tashqi va ichki devorlarini qurishda ishlatiladi.
G‘isht va keramik toshlar o‘lchamlariga qarab quyidagicha turlanadi:
Oddiy g‘isht 250x120x65 mm (5.3, a-rasm.), modulli 250x120x88 mm (5.3,
brasm), yirik 288x138x65 mm (5.3, v-rasm), oddiy tosh 250x120x138 mm
(5.3, grasm), yirik tosh 250x138x138 mm(5.3, d-rasm), modulli tosh
250x250x138 mm (5.3, e-rasm) va kovaklar gorizontal joylashgan toshlar
250x250x120 mm va 250x250x80 mm(3.3, j, z).
Dostları ilə paylaş: