(shliker) usullarda tayyorlanadi. Plastik usulda xom ashyo komponentlari
tabiiy namlikda yoki quritilgan bo‘lsa, 18-28% namlikkacha suv aralashtirib
tayyorlanadi. Plastik usulda olingan xom ashyo massasidan g‘isht, keramik
tosh, cherepitsa, quvur va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
Bikr usulda qoliplash plastik usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli
bo‘lib, xom ashyo massasi namligi 13-18% bo‘ladi. Buyum vakuum yoki
gidravlik presslar vositasida 10-20 MPa bosimda qoliplanadi.
Bu usulda
buyumni quritishga energiya sarfi kamayadi, Yuqori mustahkamlikdagi xom
qoliplangan buyum tayyorlanadi.
Yarim quruq usulda xom ashyo komponentlari quritiladi, bo‘laklanadi,
maydalanadi va yaxshilab aralashtiriladi. Bu usulda keramik buyumlar
812% namlikdagi xom ashyo massasini 15-40 MPa bosimda presslab
tayyorlanadi. Bunda buyum ishlab chiqarish
sikli ikki marta qisqaradi,
buyum aniq o‘lchamlarda va qirralari to‘g‘ri holda qoliplanadi va yoqilg‘i
30% tejaladi.
Dostları ilə paylaş: