”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Devor toshlari va plitalari
. Devor toshlari va bloklari asosan tuf va g‘ovak 
ohaktoshlardan mexanizmlar vositasida arralab tayyorlanadi. Devor toshlari 
390x190x188; 490x240x188; 390x190x288 mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. 
Devorbop bloklar tuf, ohaktosh, dolomit, qumtosh, andezit kabi toshlardan hajmi 
0,1 m
3
kam bo‘lmagan holda tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir. (2.3-rasm).
3.6-rasm. Bloklar
a-ajratilgan; b-yo‘nilgan; v-arralangan
Devor toshlari tashqi devor uchun o‘rtacha zichligi 2300 kgm
3
kam bo‘lgan 
tog‘ jinslaridan tayyorlanadi. Toshlarning suv shimuvchanligi 30% gacha, 
sovuqqa chidamliligi 15 sikldan kam bo‘lmasligi kerak.
Plitalar qurilishda keng miqyosda ishlatiladi. Yuqori mustahkamlik, qattiqlik 
va sovuqqa chidamlilikka ega bo‘lgan granitsimonlar va boshqa magmatik tog‘ 
jinslari monumental bino poydevorlarida, daryo qirg‘oqlarini mustahkamlashda, 
ko‘prik qoplamlarida ishlatiladi. Marmar, chig‘anoqli ohaktosh, gips, angidrit kabi 
toshlar asosidagi plitalar ma’muriy bino va inshootlarning ichki bezagi uchun 
ishlatiladi. Bino va inshootlarni tashqi bezagi uchun atmosfera muxitiga chidamli 
ohaktosh, dolomit, qumtosh, vulqon tuflari, marmar kabi tosh plitalar ishlatiladi. 
Tashqi bezak plitalari qalinligi 4-8 sm, ichki bezak plitalari qalinligi esa 1,2-4sm 
bo‘ladi. So‘nggi yillarda olmos arralar yordamida kesilgan 5-10 mm qalinlikdagi 
tejamli tosh plitalar binolarni ichki bezagi uchun qo‘llanilmoqda.
Granit, andezit, diabaz, kvarsit kabi kislotaga chidamli toshlar asosidagi 
plitalar kimyo sanoatida, mineral o‘g‘itlarni saqlaydigan binolarni va shu kabilarni 
korroziyadan muhofaza etishda ishlatiladi.
Bino va inshootlar pollari va zinapoyalarida ishlatiladigan toshlar bezak 
sifatidan tashqari edirilishga chidamli va sirpanmaslik talablariga javob berishi 
kerak. Trotuar plitalari zich, sovuqqa chidamli qumtosh, gneys, ohaktosh kabi 
toshlardan tayyorlanadi. Ular tomonlari 20-80 sm, qalinligi 4-15sm bo‘lgan 
kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘ladi.
Bruschatka va bort toshlari asosan zich, sovuqqa chidamli magmatik tog‘ 
jinslaridan mexanizatsiyalashgan usulda tayyorlanadi va yo‘l qurilishida qoplama 
material sifatida ishlatiladi. Bort toshlari balandligi 30-40 sm, eni va uzunligi 
turlicha bo‘lishi mumkin.
Tabiiy tosh materiallari va buyumlarini tashish va saqlashda ularni mexanik, 
ob-havo ta’sirlaridan saqlash zarur. Ayniqsa jilolangan plitalar tashilayotganda
tushirilayotganda ehtiyot choralari Yuqori bo‘lishi kerak. Bunday plitalar orasiga 
qog‘oz qo‘yilishi lozim. Arxitektura qismlari konteynerlarda tashilgani ma’qul. 
Qoplama tosh plitalari omborlarda va bostirmalarda xillarga ajratilgan holda 
saqlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin