Mustahkamlik.
Siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga
nisbatan tabiiy tosh
materiallar quyidagi markalarga bo‘linadi (MPa): 0,4; 0,7; 1,5; 2,5; 3,5; 7,5; 10;
12,5; 15; 20; 30; 40; 50; 60; 80; 100.
Sovuqqa chidamlilik
. Standart usulda muzlatish va eritish sikllari bo‘yicha
tabiiy tosh materiallar quyidagi markalarda bo‘ladi: 10; 15; 35; 100; 150; 200; 300
va 500. Zich toshlar sovuqqa chidamli bo‘ladi. Porfirsimon
tuzilishdagi toshlar
sovuq ta’sirida yorilib ketadi.
Yangi qazib olingan ohaktosh, dolomit, tuflar,
qumtoshlarda tabiiy namlik
bo‘lgani uchun sovuqqa chidamsizdir. Ular quritilgach yetarli darajada sovuqqa
chidamli material bo‘ladi.
Suvga chidamlilik.
Suvga chidamlilik
toshlarning suvda yumshash
koeffitsenti-0,6; 0,8 va 1,0 bilan belgilanadi. Doim suv ta’sirida bo‘ladigan
joylarda (poydevor, yo‘l qurilishi) bu koeffitsient 0,8 kam bo‘lmasligi, tashqi
devor uchun esa 0,6 kam bo‘lmasligi kerak.
Yedirilish va ishqalanishga bardoshlilik
. Toshlarning bu xususiyati
ularning
zichligi, mustahkamligi va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Toshlar yo‘l
qoplamalari,binolar pollari, zinapoyalarda ishlatilganda ularning bu xususiyatlari
katta ahamiyatga egadir.
Mayda kristall tuzilishga ega bo‘lgan toshlar shliflanganda sirpanchiq
bo‘lgani uchun zinapoya, pollarda ishlatilmagani ma’qul.
Dostları ilə paylaş: