Labrodorit- asosan dala shpati va labrodor mineralidan iborat bo‘lib,
gabbroning bir turi hisoblanadi. U ko‘k, yashil, sariq va boshqa ranglarda bo‘ladi
va jilolanganda toblanadi. Labrodorit koshinlashda, xaykaltaroshlikda ishlatiladi.
Magmatik otqindi tog‘ jinslaridan asosan porfirlar, diabaz, bazalt, andezit va
boshqalar qurilishda ko‘p ishlatiladi.
Porfirlar- mayda kristalli strukturada nisbatan yirikroq kristallar mavjudligi
bilan xarakterlidir. Ular kvarsli va kvarssiz (dala shpati) xillari mavjud. Kvarsli
porfirlar mineral tarkibga ko‘ra granitga yaqin bo‘lgani uchun uning xossalari
granitnikiga o‘xshaydi.
Kvarssiz porfirlar tarkibi jihatidan sienitga o‘xshaydi, ammo xossalari sienitning
xossalari kabi bo‘lmaydi. Porfirlar qizil, qo‘ng‘ir, kul rangida toblanadi, zichligi
2,4-2,5 gsm
3
, siqilishdagi mustahkamligi 120-180 MPa.
Ular bezak plitalari, yo‘l bordyurlari tayyorlashda ishlatiladi.
Andezit- plagioklaz, rogovaya obmanka, piroksenlar va biotitdan iborat
bo‘lib, dioritning o‘xshashidir. Odatda kulrang, sarg‘ish kulrang bo‘ladi. Uning
zichligi 2,7-3,1 gsm
3
, siqilishdagi mustahkamligi 140-250 MPa. Andezit kislotaga
chidamli plitalar, dispers to‘ldiruvchilar olishda ishlatiladi.
Bazalt- zich,gohida porfirsimon strukturaga ega bo‘lib, gabbroning
o‘xshashidir. Uning zichligi 2,7-3,3 gsm
3
, siqilishdagi mustahkamligi 110500
MPa. Bazalt xarsang tosh, maydalangan holatda beton uchun to‘ldiruvchi sifatida
ishlatiladi. Bazaltni Yuqori haroratda eritib juda nozik tolalar va ulardan
issiqlikdan izolyasiyalovchi matolar olish mumkin.
Diabaz- gabbroning o‘xshashi bo‘lib, mayda kristalli strukturaga ega. Tarkibi
plagioklaz va rangli (qora) minerallardan iborat. Diabaz juda qattiq, mustahkam
(300-400 MPa), zich bo‘lgani uchun yo‘l qurilishida ishlatiladi.
Pemza -g‘ovak vulkaniq Shisha oq yoki kulrang bo‘ladi. G‘ovakligi 60%,
zichligi 2-2,5 gsm
3
, o‘rtacha zichligi 0,3-0,9 gsm
3
, siqilishdagi mustahkamligi 2-4
MPa. Pemza issiqlik izolyasiyalovchi xususiyatga ega, undan yengil betonlar
uchun to‘ldiruvchi, sement va ohak ishlab chiqarishda gidravlik qo‘shimchalar
olish mumkin.
Vulqon tufi- vulqon kuli, pemza va boshqa jinslarning sementlashishi va
zichlashishidan hosil bo‘lgan. Tuflar pushti, to‘q sariq, qizil, jigar rang bo‘ladi.
Yetarli g‘ovakligi, mustahkamligi va chidamliligi ulardan issiqlik izolyasiyasi
materiallari olishga imkon beradi.
Magmatik jinslar Ukraina, Rossiya, Kavkaz yassi tog‘liklarda ko‘plab
uchraydi.