Magmatik jinslar strukturasi va teksturasi bilan farqlanadi. Magmaning
chuqurlikda asta-sekin sovushidan to‘la kristalli struktura hosil bo‘ladi.
Donalar
o‘lchamiga qarab yirik donali (5mm ko‘p), o‘rtacha donali (1-5mm) va mayda
donali (0,5-1mm) hamda notekis donador va tekis donador bo‘ladi (3.1-rasm).
Magmatik jinslar asosan massiv teksturaga ega bo‘lib, o‘ta Yuqori zichlikka
ega bo‘lganligi
sababli mustahkam, sovuqqa chidamli, suv shimuvchanligi juda
kam bo‘ladi. Ularning siqilishga mustahkamligi 100300 MPa, o‘rtacha
zichligi
2600-3000 kgm
3
, suv shimuvchanligi 1% kam (hajmiga nisbatan), issiq
o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 3 Vt (m
.0
S) atrofida bo‘ladi.
2.2 Cho‘kindi tog‘ jinslari
Cho‘kindi jinslar magmatik
va boshqa jinslarning nurashi, emirilishi,
kimyoviy o‘zgarishlari va o‘simliklar chirishi natijasida hosil bo‘lgan. Cho‘kindi
jinslar tarkibi va hosil bo‘lishi xarakteriga ko‘ra mexanik, kimyoviy va orgonogen
turlarga bo‘linadi.
Mexanik cho‘kindilarga giltuproq, qum, shag‘al singari sochiluvchan jinslar,
konglomeratlar, brekchinlar va qumtosh singari sementlangan jinslar kiradi. Bu
cho‘kindilar suv, shamol, muz ko‘chkilari yordamida bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chishi mumkin. Kimyoviy cho‘kindilar (gips, dolomit, magnezit va boshqalar)
tog‘ jinslarining kimyoviy o‘zgarishlari natijasida hosil bo‘lib,
suv vositasida
eritma holda ko‘chgan bo‘ladi.
Orgonogen cho‘kindilar o‘simliklar, suv o‘tlari, hayvonot dunyosi chirishidan
hosil bo‘lgan. Ularga bo‘r, chig‘anoqli ohaktoshlar, diatomitlar va boshqalar
kiradi. Cho‘kindi jinslar nisbatan g‘ovak strukturaga ega bo‘lishi
sababli
mustahkamligi kam, ba’zilari suvda eruvchan (gips, ohak) bo‘ladi.
Cho‘kindi jinslarni hosil qiluvchi minerallarga kvars, karbonatlar, giltuproqli
minerallar, sulfatlar guruhlari kiradi.
Kvars guruhiga
opal, xalsedon va cho‘kindi kvars kiradi.
Opal (SiO
2
.
nH
2
O)-amorf mineral bo‘lib, tarkibida 2-14% (34% gacha) suv
bog‘langan. Zichligi 1,9-2,5 gsm
3
, qattiqligi 5-6, rangi oq, sariq,
havo rang yoki
qora bo‘lishi mumkin.
Xalsedon (SiO
2
) tolasimon yoki yopiq kristalli kvars turi bo‘lib, oq,
kulrang, och sariq, qo‘ng‘ir, yashil ranglidir. Zichligi 2,6 gsm
3
, qattiqligi 6.
Dostları ilə paylaş: