Olovga bardoshlilik. Tabiiy toshlarning olovga bardoshliligi ularning
mineral tarkibiga bog‘liq bo‘lib, olov ta’sirida buzilishi mumkin. Gipstoshi 100-
120
0
S, ohaktosh 900-1000
0
S haroratda buzila boshlaydi. O‘ta zich granitsimonlar,
porfirlarda esa Yuqori harorat ta’sirida yoriqlar hosil bo‘ladi.
5. Tabiiy tosh materiallari va buyumlari turlari Xarsangtosh .
Massasi 20-40 kg uzun tomoni 50 sm bo‘lgan noto‘g‘ri shakldagi tog‘ jinslari xarsangtosh deyiladi. Xarsangtosh portlatish usulida,
plitasimon xarsanglar esa ponalar va urib harakatga keltiriladigan mexanizmlar
yordamida hosil qilinadi. Xarsangtosh magmatik va cho‘kindi tog‘ jinslariga
ishlov berib olinadi. Cho‘kindi jinslar tarkibida giltuproq, pirit qo‘shilmalari
bo‘lmasligi kerak.
Xarsangtosh siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 10 MPa kam bo‘lmasligi,
suvda yumshash koeffitsienti 0,8 dan past bo‘lmasligi kerak.
Xarsangtosh isitilmaydigan bino va inshootlar qurilishida, chiqindilari esa
maydalanib beton uchun to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.
Shag‘al. Shag‘al cho‘kindi tog‘ jinslarni elab fraksiyalarga ajratib, gil va
changdan tozalash uchun yuvib olinadi.
Chaqiq tosh . Xarsangtoshlarni 5-70 mm (150 mm gacha) fraksiyada
maydalab chaqiq tosh olinadi. Mayda fraksiyadagi chaqiq toshlarni olish uchun
xarsangtosh bir necha marta maydalanadi.
Qum. Qum 0,15-5 mm fraksiyadagi barcha tabiiy tosh materiallarining
qismidir. Qum tarkibida gil va chang miqdori meyorlangan bo‘lib, meyordan
ortig‘i beton va qorishmalar xossalarini yomonlashtiradi. Shag‘al, chaqiqtosh va
qum beton uchun to‘ldiruvchilar sifatida ishlatiladi. Bu materiallar tarkibida tabiiy
radionuklidlar borligi haqida sertifikat bo‘lishi shart.