Kvarsitlar qumtoshlarning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan mayda donali
tog‘ jinslaridir. Kvarsit 95-99% kvarsdan (SiO
2
) iborat bo‘lib,
siqilishdagi
mustahkamligi 100-455 MPa, olovga bardoshliligi 1710-1770
0
S.
Qurilishda kvarsitlar devor toshlari, bruschatka, yo‘l va ko‘prik
qoplamalarida, kislotaga chidamli material sifatida ishlatiladi.
Marmar-
mayda, o‘rtacha va yirik donador zich tog‘ jinsi bo‘lib, ohaktosh va
dolomitlarni Yuqori bosim va harorat ta’sirida metamorfizmga
uchrashidan hosil
bo‘lgan. Sof marmar oq rangda, minerallar aralashsa yashil, qizil, kulrang, qora va
qoramtir bo‘lishi mumkin. Aralashgan minerallarning bir tekis tarqalmaganligi
marmar teksturasi turli gulli bo‘lishiga sababchidir.
Marmar zichligi 2,8 gsm
3
, suv shimuvchanligi 0,7 % gacha, siqilishdagi
mustahkamligi esa 100-300 MPa, qattiqligi 3-4.
Marmar oson qayta ishlanadi,
jilolanadi. Marmar qurilishda ichki va tashqi devorlarni bezashda, zinapoya,
deraza tokchalari, chiqindilari
esa koshinkor beton buyumlar, murakkab bezak
qorishmalari tayyorlashda ishlatiladi. Marmar bino va inshootlarni tashqi bezagi
uchun ishlatilganda vaqt mobaynida havodagi namlik va turli gazlar ta’sirida
jilosini yo‘qotib boradi.
Marmar O‘zbekistonning Nurota, Qurama, Chotqol tog‘ tizmalarida ko‘plab
uchraydi. Shulardan eng mashhuri Nurota marmar konlari tizimidir.
Toshkent
shahridagi Navoiy nomli teatr, Xalqlar do‘stligi saroyi binolari mahalliy marmar
toshlar bilan bezatilgan.
Dostları ilə paylaş: