”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Cho‘kindi tog‘ jinslari. 
Chaqiq cho‘kindi tog‘ jinslari-qum va shag‘al beton 
uchun to‘ldiruvchi, temir-yo‘l qurilishida ballast sifatida va yo‘l qoplamlarida 
ishlatiladi. Qum Shisha va keramika ishlab chiqarish sanoatida xom ashyoning 
asosiy tashkil etuvchisi sifatida ishlatiladi.
Gilli cho‘kindi tog‘ jinslariga kaolinit, kvars, slyuda, dala shpati va boshqa 
minerallarning 0,01-0,001 mm zarrachalari kiradi.
Kaolinli gil kaolinitdan iborat bo‘lib, yorqin ranglarda bo‘ladi. Ular yog‘lik 
va olovga bardoshli bo‘lgani uchun keramika ishlab chiqarish sanoatida ko‘p 
ishlatiladi. Gil sement ishlab chiqarishda asosiy xom ashyodir.
Qumtoshlar
-kvarsning 
sementlangan donachalaridan iborat bo‘lib, 
xarsangtosh pol va tratuarlar uchun plitalar, beton uchun to‘ldiruvchi sifatida 
ishlatiladi.
Konglomerat va brekchiyalar tabiiy sementlangan tosh va mayda toshdan 
iborat bo‘lib, xarsangtosh va to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Gilli cho‘kindi tog‘ 
jinslari Markaziy Osiyoda ko‘plab uchraydi.
Kimyoviy (xemogen) cho‘kindi jinslarga karbonatlar, sulfatlar va allitlar 
kiradi.
Karbonatli jinslarga ohaktosh va dolomitlar kiradi. Ohaktosh tarkibida 50% 
ko‘p kalsit, dolomit tarkibida esa 50% ko‘p dolomit jinslari bo‘ladi. Jins 
tarkibidagi kalsit va dolomit nisbatiga ko‘ra uning tarkibi toza ohaktoshdan toza 
dolomitga qadar o‘zgaradi.
Karbonatli jinslar tarkibidagi giltuproq aralashgan bo‘lishi mumkin. 
Karbonat va giltuproq deyarli teng miqdorda aralashsa, bunday jinslar mergel 
deyiladi.
Giltuproq ohaktosh mustahkamligini kamaytiradi.
Ohaktosh oq, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, kulrang, hattoki qora rangda, dolomit esa oq, 
sariq, och qo‘ng‘ir ranglarda bo‘ladi.
3.4 Toshlarni qayta ishlash
Toshlarni karyerlash:Tabiiy toshlarni ishhlab chiqarishda yagona kashf etilgan 
uslub bu toshlarni karerlash jarayonidir.Tabiiy qoyalarning ochiq qismi karyer 
sifatida belgilanadi.Karyer joyi tanlab olinayotganda bir qancha belgilar masalan 
yetarli darajadagi sifatli toshni borligi, tashish qulayliklari, arzon ishchi 
kuchi,yomg’ir suvini miqdori va boshqalar aniqlanib chiqiladi.
Toshni karyerlash asboblari: Toshni karyerlash asboblari bir nechta bo’lib ular 
ponalar,shpilkalar,bolg’a,tirnovchi qoshiq va boshqa asboblar kerak bo’ladi.
Karyerlash uslublari: Qoyalarning tosh ishlab chiqaraishga qulay bo’lgan qismi 
foydali minerallar deb ataladi va bu minerallarni ishlab chiqarish konchilik sanoati 
deb ataladi.Konchilik jarayonida bosh joylarni ochish qazish deb ataladi va 
ochilgan konlar karerlanadi.Karyerlash bir necha xil maqsadlarda olib boriladi 
masalan turli xil qurilishda ishlatiladigan toshlarni toppish ham bu maqsadlar
qatoriga kiradi.Turli xil karyerlash malakasiga ega bo’lish muhimdir lekin qurilish 
ishlarida maxsus toshlarni ajrata bilish malakasini bermaydi.Qoyalarning tabiiy va 
ustki qatlamiga bog’liq holda va qaysi toshlar muhimligi jihatidan karyerlash 
qazish ponalash qizdirish yoki portlatish yo’llari bilan amalga oshiriladi.


Toshlarni qayta ishlash asboblari
Qazish:Yerlarga ko’milgan toshlar yoki ustki qatlamdagi toshlar qoshbosh, iskana, 
bolg’a yordamida qaziladi.
Pona qoqish:Karyerlashning bu uslubi qiymati arziydigan, yumshoq va qavatlarga 
bo’lingan qoyalar masalan qumtosh,ohaktosh,marmar va slaneslarda qo’llaniladi.
Qizdirish karyerlash uchun qulay bo’lgan kichgina, ingichka va qoyalarning 
toshlarini masalan granit va gneissni ajratib olgan holda amalga oshiriladi.Bir 
joyda to’plangan yoiqlg’i qoyaning kichgina maydonining yuza qismida 
yondiriladi.Shundan keyin qoyalarning ustki qatlami birin-ketin ajraladi.Keyin 
boshab qolgan qoyalarning qismlari xohlagan shaklda bo’laklarga bo’linadi
Portlatish:Portlovchi moddalar masalan portlovchi kukun, portlovchi 
paxta,dinamit va kardit vositalaridan foydalaniladi.
Parmalash: Qoyadagi teshiklar teshiladi va parmalanadi.Vertikal teshiklar uchun 
parmalovhi metallardan foydalaniladi.Bu jarayon davom etib turgan paytda 
teshikka to’xtovsiz suv qo’yib uni yumshatib turiladi.Bu jarayon paytida loyli 
gillar chiqadi ularni oradan olib tashlash talab qilinadi.
Portlatish Dastlab o’ralar butunlay quritiladi va o’ralarga talab qilingan hajmda 
portlovchi narsalar qo’yiladi.O’ralarni quritish uchun eski latta-puttalar bog’lab 
chiqiladi va agar namlik mavjud bo’lsa bular namlikni shimib oladi.
Portlashda 
ehtiyot 
chorasi:Har 
xil 
falokatlar 
portlatish 
paytida 
yuz 
beradi.Quyidagilar bu jarayon uchun foydali ko’rsatmalardir:
1) 
Portlatish kechqurun 
va 
ertalabki soatlarda 
amalga oshirilmasligi 
kerak.Portlatish soatlari ma’lum bir ogohlantiruvhi signallar orqali ishlovchilarga 
va yaqin atrofda turuvhi aholiga bildirib quyilishi kerak.
2) Xavfli zona hududi taxminan 200 m radius hajmda bo’lib ma’lum belgilar bilan 
belgilanishi kerak.
3) Birinchi yordam berishga barcha sharoitlar qilingn bo’lishi kerak.Portlatishlar 
soni yozib borilishi kerak.
4) Portlovchi moddalar omborlarda ehtiyotkorlik bilan saqlanishi kerak.
5) Detonator va portlovchi moddalar bir joyda saqlanmasligi kerak.
6) Katridjlar qo’lda rezina yoki politelin qo’lqoplar bilan tashilishi kerak.


7) Eng ko’pi bilan 10 ta o’ra bir vaqtda portlatilishi kerak, undan ortig’i xavfli 
bo’lishi kerak.
Ohaktosh va dolomit zaxiralari hamma qit’alarda uchraydi, qazib chiqarish va 
qayta ishlash oson. Shu tufayli ular qurilishda poydevor va devorlarda, binolarni 
bezashda, beton uchun to‘ldiruvchi sifatida, ohak va sement bog‘lovchilari olishda 
ishlatiladi. Dolomit bog‘lovchi va olovbardosh materiallar, sement, Shisha, 
keramika va metallurgiya sanoatida ishlatiladi.
Sulfatli jinslarga gips va angidrit kiradi. Gips angidritga nisbatan yumshoq 
bo‘ladi. Angidrit oq, yashilsimon, och kulrang va kulranghavorang ranglarda 
bo‘ladi. Gips va angidrit tosh holatida qurilishda bog‘lovchilar olishda ishlatiladi. 
Gips konlari Markaziy Osiyo tog‘larida ko‘plab uchraydi va tozaligi bilan 
farqlanadi.
Magnezit asosan magnezit minerallaridan iborat bo‘lib, olovga bardoshli 
materiallar, bog‘lovchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Magnezit bog‘lovchi 
yog‘och chiqindilari asosida kompozitsion materiallar olishda qadrlanadi.
Allit jinslariga glinozyomlar-boksitlar va lateritlar kiradi. Boksit-alyuminiy 
gidroksidi qizil, qo‘ng‘ir, jigarrang, yashil-kulrang ranglarda bo‘lib, olovbardosh, 
qum qayroq, alyuminiy ishlab chiqarishda xomashyodir. Laterit kaolinit va temir 
gidrookisdan iborat. Qizil, qo‘ng‘ir va sariq ranglarda bo‘ladi. U agressiv 
muxitlarda ishlatilishi mumkin.
Orgonogen cho‘kindi jinslarga ohaktosh, bo‘r, trepel, opoka, diatomit kabilar 
kiradi. Orgonogen ohaktosh dengiz umurtqasiz hayvonlari, ohakli suv o‘tlari va 
ohaktoshning aralashishidan paydo bo‘lgan. Orgonogen ohaktoshning bir turi bo‘r 
hisoblanadi. Bo‘r oq rangli, yumshoq jins bo‘lib, bo‘yoq, zamazka uchun pigment, 
ohak va sement kabi bog‘lovchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Chig‘anoqli ohaktosh zichligi 0,8-1,8 gsm
3
, yengil arralanuvchan, teksturasi 
chiroyli jins bo‘lgani uchun qurilishda ichki, tashqi devor va pollarni qoplashda 
ishlatiladi. Uning chiqindilari beton uchun to‘ldiruvchi sifatida foydalaniladi.
Diatomit, trepel va opokalar asosan diatomitli suv o‘tlari qobiqlari, toshga 
aylangan mikroorganizmlardan, amorf kremnezemdan iborat uvalanadigan tog‘ 
jinslaridir. Ular issiqlik izolyasiyasi materiallari olishda, sement uchun mineral 
aktiv qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin