nurashidan hosil bo‘lgan mahsulotdir. Shu sababli xom ashyo tarkibi asosan
alyumosilikatlardan (Al
2
O
3
.
2SiO
2
.
2H
2
O) iborat bo‘lib, kvars, slyuda va boshqa
minerallar, organiq
moddalar aralashgan bo‘lishi mumkin. Gil tarkibida ohakning bo‘lishi keramik
material olish jarayonida ularning buzilishiga olib keladi.
Gilning donador tarkibi, zarrachalarning o‘lchamlari
keramik material
xossalariga ta’sir etadi. Gil tarkibida kaolin minerali ko‘p miqdorda bo‘ladi. Uning
zarrachalari diametri 0,05 mm va undan kamroq bo‘lsa, gil suvga qorilganda
plastik massa hosil bo‘ladi, quritilganda shaklini saqlab qoladi va kuydirilgach
buyum mustahkam va suvga chidamli bo‘ladi. Bundan tashqari gil tarkibida
zarracha o‘lchamlari 0,005-0,15 mm li changsimon va zarracha o‘lchamlari 0,16-5
mm li qum bo‘lishi mumkin.
Gillarning asosiy xossalari plastikligi, havoda va kuydirishdagi kirishishi,
olovbardoshligi, buyumning rangi va hokazolar.
Plastiklik gil va suv qorishmasining tashqi kuch ta’sirida yoriqlar hosil
qilmasdan kerakli shaklga kirishi va kuch olingach
ushbu shaklni saqlab qolish
xususiyatidir. Gil zarrachalari qanchalik mayda bo‘lsa, u shunchalik suvni ko‘p
talab qiladi va buyumni quritish va pishirish jarayonida kirishish Yuqori bo‘ladi.
Gillar Yuqori plastik (yog‘li) o‘rtacha plastik va kam plastik (yog‘siz) bo‘ladi.
Yog‘li gillarga ishlov berish oson, lekin buyumlarni quritish va pishirish
jarayonida hajmi kichrayadi va darzlar hosil bo‘ladi. Gil plastikligini oshirish
maqsadida Yuqori plastiklikdagi gil, bentonitlar va sirt aktiv moddalar (texnik
lignosulfonatlar va sh.k.) ishlatiladi.
Yuqori plastiklikdagi gilni yog‘sizlantirish uchun xom ashyo aralashmasiga
yog‘sizlantiruvchi qo‘shimchalar (shamot, shlak, kul, mayda qum va sh.k.) yoki
ma’lum miqdorda plastikligi kam gil qo‘shiladi.
Keramik materialda g‘ovak hosil qilish uchun uning tarkibiga yog‘och
qipig‘i, toshko‘mir kukuni, lignin, torf changi singari kuydirish jarayonida yonib
ketadigan qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bu qo‘shimchalar yog‘sizlantiruvchi
hisoblanadi.
TUZILISHI
Gil g’ishtlar ishlab chiqarishda ishlatiladi, uzunligi va chidamliligiga ko’ra gil
cherepetsiyalari xona devorlari va pollarini yong’indan saqlashga yordam beradi.
Gil
quvurlari chidamliligi, uzunligi, rangsiz va arzonligi jihatidan kanalizatsiya
quvurlarida, drenajlarda va suv quvurlarida foydalaniladi.
GIL VA UNING KLASSIFIKATSIYASI:
Gil g’isht ishlab chiqarishda g’oyatda muhim qurilish matriali hisoblanadi.Bu katta
hajmdagi tuproqli mineral yoki bir-biriga bog’lanmagan qoya bo’lib suv bilan
aralashish qobilyatiga ega va mog’orlagan va qurigan paytlarda uning shakli
qaytadan tiklanish qobilyatiga ega bo’ladigan egiluvchan plastik shaklga egadir.
Shunday tarzda gillar qizdirilganida qizaradi, va o’sha paytda qattiq va kuchli
shaklga keladi.Bu gildagi mikrotuzilish o’zgarishlari
natijasi va kimyoviy
xususiyatidir. Eng toza gillar asosan kaolinit (2sio2.Al2o3.2H2o) bilan birgalikda
kichik hajmdagi minerallar masalan, kvarts, sluda,feldspar,kalkit, magnesit va
boshqalardan iborat bo’ladi.Undan qolgan gillar kaolin yoki Xitoy gili shaklida
mashhur bo’lib qoyalar ostidagi chirishdan shakllanadi va kulolchilik mahsulotlari
ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ma’lum bir joydan olib kelingan yoki cho’kkan
gillar ob-havo ta’sirida paydo bo’ladi. Bular ko’proq tarqaladigan, brikmalardan
iborat, va ona qoyalarning katta bo’laklariga tegishli bo’lmaydi.Yuqori darajadagi
haroratga qarshilik ko’rsatish asosida (1580 gradusdan ko’proq) gillar olovga
chidamli material sifatida turlarga ajratiladi ya’ni bular Yuqori haroratga eriydigan
gillar va past haroratga eriydigan gillardir.Olovga chidamli gillar ancha ko’proq
tarqalgan va ancha egiluvchan ko’rinishga egadir.Yuqori
haroratga eriydigani
alyumindan iboratdir past haroratda eriydigani bir qancha aralashmalardan
masalan Fe 203 kabi pastroq olovga chidamli brikmalardan iborat..Yuqori
haroratga eriydigan gillarni Yuqori darajadagi chidamliligi mavjud (1350-1580
gradus) va kichik miqdordagi aralashmalardan iboratdir bular
kvarts,feldspar,sluda,kalsiy korbonat va magniy korbonatdir.Bular g’isht ishlab
chiqarishda, pol kafellari chiqarishda va kanalizatsiya turbalari ishlab chiqarishda
ishlatiladi.Kam haroratda eriydigan gillarning 1350 gradus olovga chidamlilari
mavjud bo’lib ular ham turli xil tarkiblarga egadir.Bular g’ishtlar ishlab
chiqarishda,
uylar qurishda, kafel ishlab chiqarishda va boshqa maqsadlarda
ishlatiladi.Agar gillar miqdorini oshirish kerak bo’lsa qo’shimcha aralashmalar
ham qo’shiladi.Yuqori egiluvchan gillarini 28% gacha suv bilan aralashtirish talab
qilinadi, Yuqori darajada quritiladi va miqdorini qisqartirish uchun kuydiriladi va
qo’shimcha aralashmalar kerak bo’lsa yoki egiluvchan bo’lmagan moddalar
masalan kvarts tuprog’i, chamotte, kul va boshqalar qo’shiladi. Yondirilgan
aralashmalarga qirindilar, ko’mir maydalari, va maydalangan ko’mir va boshqalar
misol bo’la oladi. Kislotaga qarshi predmetlar
va kafel qoplamalari, suv
Shishalari yoki ishqorlar qo’shish orqali ishlab chiqariladi.Gil qismlarini
kuydiradigan harorat ayrim moddalar masalan feldspar va temir rudasi bilan
aralashtirilgan gil bilan hajmi kamaytiriladi.Egiluvchan shakl berish ayrim
moddalarni masalan sulfit-natriyni (0,1-0,3%) qoshish bilan kamaytiriladi2.
Gil tarkibiga dala shpati, temir rudasi, dolomit, magnezit, qumtosh, talk,
Shisha kukuni, perlit va boshqalar keramik buyumlarning
pishirish haroratini
pasaytirish uchun qo‘shiladi.
Keramik buyumlarning kislotaga bardoshliligini oshirish uchun tarkibiga
suyuq Shisha va qum aralashmalari birgalikda qo‘shiladi. Temir, kobalt, xrom,
titan va boshqa metallar oksidlari kiritilib, rangli keramika buyumlari
tayyorlanadi.
Keramik buyumlar suv o‘tkazmasligi yoki yuzasi tekis, chiroyli bo‘lishi
uchun yuzasi glazur yoki angob bilan qoplanadi (sirlanadi). Glazur 0,1-0,2 mm
qalinlikdagi Shishasimon qoplama bo‘lib, pishirish jarayonida keramik
materiallarga katta kuch bilan yopishadi.
Glazurlar shaffof va shaffof emas turli ranglarda bo‘ladi. Glazur kvars qumi,
kaolin, dala shpati, ishqorli va erishqorli metallar aralashmalaridan kukun holatda
2
Building of materials S.K. Duggal, New Age International (P) Ltd 2008,page 17,18
tayyorlanadi va buyum yuziga kukun yoki suspenziya holatida pishirishdan oldin
surtiladi.
Angob oq yoki rangli gil qorishmasini buyum yuziga surtilib, pishirib olingan
yaltiramaydigan qoplama bo‘lib, buyumlarning yuza qismi zichligini oshiradi.
Angob va keramik buyumlar xossalari o‘xshash bo‘lishi zarur, aks xolda qoplama
ko‘chib ketishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: