”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Keramik g‘isht ishlab chiqarish texnologik sxemasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

 Keramik g‘isht ishlab chiqarish texnologik sxemasi 
1-gil kareri; 2-
ekskavator; 3-gil zaxirasi; 4-vagonetka; 5-yashikli uzatgich; 
6qo‘shimchalar; 7-begunlar; 8-valetslar; 9-lentali press; 10-keskich; 
11taxlovchi moslama; 12-telejka; 13-quritish xonalari; 14-tunnel pechi; 15-
o‘zi yurar telejka; 16-omborxona.
Gidravlik yoki mexanik press qolipda bir va bir necha buyum presslab 
olinishi mumkin. Bu usulda plastik usulda olinadigan hamma buyumlar 
tayyorlanishi mumkin.
Quruq usul yarim quruq usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli 
bo‘lib, presskukun 2-6% namlikda bo‘ladi. Bunda xom ashyo massasidan 
tayyorlangan buyumni quritishga zarurat bo‘lmaydi. Bu usulda zich keramik 


buyumlar-plitkalar, yo‘lka g‘ishtlari, fayans va chinni buyumlar 
tayyorlanadi.
Shliker usuli xom ashyo massasi ko‘p komponentli bo‘lganda, notekis 
tarkibli va qiyin pishadigan komponentlar bo‘lsa, murakkab shakldagi 
buyumlarni qoliplashda quyma uslubiyat zarur bo‘lganda ishlatiladi.
Lentali vakuumli press
1-shnekli val; 2-presslovchi golovka; 3-munshtuk; 4-gilli brus; 5-parrak; 
6vakuum-kamera; 7-reshetka; 8-gilni ezg‘ilovchi moslama.
Bunda xom ashyo massasi namligi 40% gacha bo‘ladi. Bu usulda 
qoplama plitkalar, sanitariya-texnika buyumlari tayyorlanadi.
Buyumlarni quritish.
Buyumlar pishirishdan avval 5-6% namlikgacha 
quritilishi kerak, aks holda ular notekis kirishishi, darz ketishi va shakli 
o‘zgarishi mumkin. Buyumlarni tabiiy va sun’iy usulda quritish mumkin.
Buyumlarni tabiiy usulda 10-15 kun davomida bostirmalarda quritiladi 
va quritish jarayoni havoning nisbiy namligi va haroratiga bog‘liq bo‘ladi. 
Buyumlar sun’iy quritish usulida davriy va doimiy ravishda ishlaydigan 
maxsus quritish kameralarida amalga oshiriladi. Kameralar pishirish 
xumdonlari tutun gazlari, maxsus xumdonlarda hosil qilingan gazlar 
(harorat 120-150
0
S) bilan isitiladi. Buyumlar 1-3 sutka davomida quritiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin