tashkil etadi. Buyum asta-sekin sovitiladi.
Sovitilgan keramik buyumlar
toshsimon holatga o‘tadi va mustahkam, suvga va sovuqqa chidamli bo‘ladi.
Keramik buyumlar halqasimon, tunnel, tirqishli,
rolikli va boshqa
xumdonlarda pishiriladi.
Halqasimon xumdon ellips shaklidagi tutash pishirish kanali bo‘lib,
shartli ravishda 16 dan 36 gacha bo‘linadi. Kameralarda yuklash,
qizdirish,
pishirish, sovitish va xumdondan chiqarish jarayonlari amalga oshiriladi.
Halqasimon xumdonda olov markazi, maxsus moslama vositasida, boshqa
zonalar kabi pishirish kanali bo‘ylab to‘xtamasdan siljiydi, pishirilayotgan
buyumlar esa qo‘zg‘almas holatda bo‘ladi.
Halqasimon xumdonlarda asosan g‘isht va cherepitsa pishiriladi.
Pishirish harorati 900-1100
0
S bo‘lib, bu jarayon 3-4 sutka davom etadi.
Halqasimon
xumdonlarda
harorat
kanal
bo‘ylab
bir
tekis
taqsimlanmaganligi uchun buyumlar turlicha sifatda pishadi. Bu usulda qo‘l
mehnati ko‘p bo‘lib, jarayonni mexanizatsiyalantirish qiyin.
Tunnel xumdonlarda (uzunligi 100 m gacha)
buyum vagonetkalarda
harakatlanadi. Bu usulda buyumlar harakatlanib pishirish operatsiyalari
qo‘zg‘almas bo‘ladi. Buyumlar yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va
xumdondan chiqarib olish operatsiyalari natijasida pishirib olinadi. Pishirish
jarayoni
18-38
soat
davom
etadi.
Bu
xumdonlar
ishlashini
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin.
Tunnel xumdonlarda
mehnat unumdorligi Yuqori bo‘lib, brak mahsulot kam bo‘ladi. Tunnel
xumdonlarda sirlangan plitkalar, sanitariya-texnika buyumlari, kanalizatsiya
quvurlari ikki marta pishiriladi. Birinchi marta pishirishda maxsus
konsellarda joylashtirilgan plitkalar 1240-1250
0
S haroratda pishiriladi.
Pishirilgan plitkalar navlarga ajratiladi, sirlanadi, kapsellarga
joylashtiriladi
va ikkinchi marta 1140
0
S haroratda pishiriladi. Kanalizatsiya quvurlari,
qoplama g‘ishtlar va fasadbop plitkalar quritilgandan keyin sirlanadi va bir
marta pishiriladi.
Keramik buyumlar pishirilish darajasi, shakli, o‘lchamlari,
tashqi
ko‘rinishi, turli nuqsonlariga nisbatan navlarga ajratiladi. Pishirilish darajasi
bo‘yicha ularni normal pishgan, chala pishgan va o‘ta pishgan buyumlarga
bo‘lish mumkin.
Keramik
buyumlar
omborxonalarda
qurilish
ob’ektlariga
yuborilguncha saqlanadi. G‘isht va keramik toshlar metall tagliklarga
terilgan
xolda
ochiq
maydonlarda,
sanitariya-texnika
buyumlari
komplektlangan holda maxsus yashiklarda berk omborlarda saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: