”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Tabiiy tosh materiallariga ishlov berish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

3.2 Tabiiy tosh materiallariga ishlov berish
 
 
Tabiiy tosh materiallari va buyumlari tog‘ jinslarini turli mexanikaviy usullar 
bilan qayta ishlash natijasida olinadi. Bu usullarga maydalash, yorish, arralash 
kabilar kiradi. Xususiy hollarda esa tog‘ jinslari portlatish usulida qazib olinishi 
mumkin.
Ishlov berish usullariga ko‘ra tabiiy tosh materiallari quyidagi turlariga 
bo‘linadi: Qo‘pol ishlov berilgan (xarsangtosh, chaqiq tosh, shag‘al va qum); 
buyum va profilli qismlar; to‘g‘ri shakldagi tosh va bloklar; yuzasiga ishlov 
berilgan plitalar (devor va pollarni bezashda); yo‘l qurilishi buyumlari (bordyur 
toshlari, bruschatka) va h.k.
Tabiiy toshlarga zavodda mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan tizimlarda 
ishlov beriladi. Tosh yuzasi pnevmatik asbob yordamida tirnalib (urib) yoki 
abraziv usulda silliqlanib ishlanishi mumkin; tosh yuzasi to‘lqinsimon (qabariq-
chuqur), riflangan, egatsimon, g‘adir-budir (nuqtasimon) ko‘rinishda qayta 
ishlanishi mumkin. Toshga abraziv ishlov berish qirqish, frezerlash, shliflash va 
polirovkalash (jilolash) jarayonlarini o‘z ichiga oladi .


 Toshlarning fakturali ko‘rinishi
a- to‘lqinsimon (qabariq-chuqur); b- riflangan; v- egatsimon; g) g‘adirbudir 
(nuqtasimon).
3.7 Toshlarga qayta ishlov berish
Qazib olingan toshning yuzi notekis g’adir –budir bo’lib, ularga qayta ishlov berish 
orqali aniq va tekis shakl beriladi. Toshlarga ishlov berish qazib olinishdan so’ng 
va quritishdan oldin bajariladi. Bu transportatsiyada kamroq og’irlik tushushini 
ta’minlaydi. Toshlarga ishlov berish orqali chiroyli ko’rinishga, ularni qorishmalar 
bilan terishda qulaylik yaratish uchun kerakli shakl, arkalar, ustunlar va karnizlar 
uchun uchun maxsus shakllar olinadi. 3.5-rasmda ishlov berilgan toshlarning turli 
xillari ko’rsatilgan.
Mayda chiziq o’yilgan (d) cho’qilgan (g) taroshlangan
perforatorlangan (e) Mexanik ishlov berilgan (h) to’lqinli
qoya tosh suratli (f) yuzasi tilingan (i) to’rsimon
Ishlov berilgan tosh yuzalari
Marmar, ohaktosh kabi yumshoq toshlar ramkali arralash uskunalarida 
qirqiladi. Odatda arra olmos, korborund yoki qattiq qotishmalar yordamida 
kuchaytirilgan (qoplangan) bo‘ladi. Olmos keskichlar yordamida toshni juda 
yupqa (5-10 mm) qirqish mumkin bo‘lib, 1m
3
toshdan 40-45 m
2
plita tayyorlash 
imkoni bo‘ladi.
G‘ovak toshlardan donali devorbop toshlarni va bloklarni tosh qirqish 
mashinasi yordamida qirqib olinadi.
Profilli buyumlar (karniz, zinapoya, deraza osti plitalari va boshqalar) toshga 
ishlov berish zavodlarida frezerli va universal profil beruvchi mashinalar 
vositasida tayyorlanadi.
Tosh yuzasini jilolash shliflash stanoklarida abrazivlar (korund, korborund, 
olmos kukunlari) yordamida, mo‘yli disk vositasida mastika va xrom, qalay, temir 
oksidlari kukuni sepilib amalga oshiriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin