”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

Karbonatlar guruxiga
kalsit, dolomit va magnezit kiradi.
Kalsit (CaCO
3
) rangsiz yoki oq, qo‘shimchalar bo‘lsa kul rang, sariq, pushti 
yoki havo rang mineral bo‘lib, zichligi 2,7 gsm
3
, qattiqligi 3.
Dolomit (SaCO
3
.
MgCO
3
) rangsiz yoki oq, sarg‘ish va qo‘ng‘irrang mineral. 
Zichligi 2,8 gsm
3
, qattiqligi 3-4. Dolomit magnezial va dolomitli bog‘lovchilar 
ishlab chiqarishda xom ashyodir. U kesilib bloklar holida va maydalanib beton 
uchun yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatilishi mumkin.
Magnezit (MgCO
3
) rangsiz, oq, kulrang, sariq, jigarrang mineral bo‘lib, 
zichligi 3,0 gsm
3
, qattiqligi 3,5-4,5. Magnezit 1500-1650
0
S kuydirilib Yuqori 
haroratga bardoshli materiallar (g‘isht, blok) va 750800
0
S kuydirilib magnezial 
bog‘lovchi olinadi.
Giltuproq minerallar guruhiga
kaolinit, gidroslyudalar, montmorillonitlar 
kiradi.


Kaolinit (Al
2
O
3
.
2SiO
2
.
2H
2
O) oq, qo‘ng‘ir yoki yashil aralashgan rangli 
mineral bo‘lib, zichligi 2,6 gsm
3
, qattiqligi 1. Kaolinit dala shpatlari, slyudalar va 
boshqa silikatlar nurashidan hosil bo‘ladi. U kaolinli giltuproqlar asosini tashkil 
qiladi.
Gidroslyudalar slyuda va dala shpatlarining yemirilishidan hosil bo‘ladi. 
Gidroslyuda harorat ta’sirida ko‘pchitilganda hajmi 20 marta kattalashadi va hosil 
bo‘lgan vermikulit g‘ovak jinsi yengil betonga to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. 
Montmorillonit cho‘kindi jinslarning, xususan giltuproqlarning asosini tashkil 
qiladi.
Sulfatlar guruhiga
gips va angidrit kiradi.
Gips (CaSO
4
.
2H
2
O) oq, qo‘shimchalar bo‘lsa havorang, sariq, qizil 
ko‘rinishdagi mineraldir. Zichligi 2,3 gsm
3
, qattiqligi 2. Gips qurilish va quyma 
gips bog‘lovchisi ishlab chiqarishda xomashyodir.
Angidrit (CaSO
4
) oq, kulrang, pushti, och havorang yaltiroq mineral. Zichligi 
3,0 gsm
3
, qattiqlagi 3-3,5. Angidrit mineral bog‘lovchi ishlab chiqarishda xom 
ashyo bo‘ladi.
Cho‘kindi jinslar qatlamliligi bilan xarakterlanadi. Qatlamlanmagan jinslar 
teksturasi esa tartibsiz xarakterda bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin