2. Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar
Tog‘ jinslari shakllanish jihatidan uch genetik guruxlarga bo‘linadi: silikatli
qotishma (magma) ning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan
magmatik jinslar,
tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslari,
yer qatlamida
fizik-kimyoviy sharoitda qayta kristallanib, ko‘rinishi o‘zgargan metamorfik tog‘
jinslaridir.
2.1 Magmatik tog‘ jinslar
Magmatik jinslar magmaning vulkaniq harakatlar natijasida yer yuziga toshib
chiqishidan yoki yerning yoriq va bo‘shliqlarida qotishidan hosil bo‘ladi.
Magmaning sovush sharoitiga nisbatan chuqurlikda qotgan (intruziv) va toshib
chiqqan (effuziv) turlarga bo‘linadi. Chuqurlikda qotgan magmatik tog‘ jinslarga
granit, sienit, diorit, gabbro va boshqalar kiradi. Bunday
jinslar Yuqori bosim va
kislorodsiz muxitda asta-sekin sovugani uchun o‘ta zich kristall strukturaga ega
bo‘ladi.
Toshib chiqqan magmatik jinslar (bazalt, andezit, diabaz, porfir va sh.k.) yer
yuzida tezlik bilan sovushi natijasida to‘la kristallanmagan bo‘ladi. Sovush
davrida gazsimon moddalarning ajrab chiqishi g‘ovak toshlarni (pemza, tuf) hosil
qiladi.
Magmatik jinslarni hosil qiluvchi asosiy minerallarga kvars, dala shpatlari,
temir-magnezialli silikatlar kiradi.
3.1-jadval
Dostları ilə paylaş: