”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

3.
 
Shishaning tuzilishi va asosiy xossalari 


Shisha to‘g‘ri fazoviy panjara strukturasiga ega bo‘lmaganligi sababli 
xossalari barcha nuqtalarda bir xil emas. Bundan tashqari Shishaning 
muayyan erish harorati bo‘lmaydi.
Shishada kechadigan pishirish va toblash jarayonlarini o‘rganish uning 
tarkibida mikrokristall hosilalar-kristallitlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. 
Shishaning bu holati uning “mikrogeterogenligi” deyiladi. Kristallitlik 
nazariyasi asosida xossalari mukammallashgan, mo‘rtligi kam Shishalar-
sitallar yaratiladi. Shishaning o‘ziga xos strukturasi uning shaffofligini
mo‘rtligini, atmosfera muhitiga, o‘tga chidamligini, harorat o‘zgarishiga 
ta’sirchanligini belgilaydi.
Nazariy 
mustahkamligi

Deraza 
oynalarining 
cho‘zilishdagi 
mustahkamligi 6500-8000 MPa bo‘ladi. Shisha strukturasida
mikrodefektlar bo‘lganligi sababli haqiqiy mustahkamligi 30-90 MPa 
bo‘ladi. Shishaning siqilishdagi mustahkamligi 700-1000 MPa, ba’zi 
xollarda 1200 MPani tashkil etadi.
Nur o‘tkazuvchanligi
. Deraza oynalarining nur o‘tkazuvchanligi 
9092%, profillanganiniki 84-86%, Shishabloklarniki 80-85% ni tashkil 
etadi. Shisha nurni qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun va faqat 2% 
nurni o‘zi yutgani sababli nur o‘tkazuvchanligi asosan nurni oynaga tushish 
burchagiga bog‘liq bo‘ladi. Deraza oynalari infraqizil nurlarni yaxshi
ultrabinafsha nurlarni esa yomon o‘tkazadi. Shisha zich material (2,5-2,6 
gsm
3
) bo‘lgani uchun tovushni yaxshi o‘tkazadi. Shu sababli binolarga 
tovush deraza oynalari orqali kirib, binoning ekspluatatsiya holatini 
yomonlashtiradi. Tovushni izolyasiyalash deraza oynalarining qalinligi va 
ular orasidagi masofaga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin