”Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/257
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175260
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   257
Мухандислик каммуникациялари учун ҚМБ УМК

 Bezash oynasi
 
Bezash oynasi me’morchilik, dekoratsiya ishlarini bajarishda 
ishlatiladi. Bezash oynasi rangli, yorqin, yaltiroq, atmosfera muhitiga 
chidamli va mustahkam bo‘lishi kerak.
Bezash panellari oynasi (stemalit) toblangan polirovkalangan qalin 
oyna (6 mm) ichki yuzasiga rangli keramik bo‘yoqlar qoplamasi surtilib 
olinadi. 
Stemalit 
jamoat 
binolari-mehmonxonalar, 
vazirliklar, 
ekspomarkazlar va sh.k. larni bezashda ishlatiladi.
Marbilit qalin (12 mm) rangli oyna bo‘lib, bir tomoni polirovkalangan 
va ikkinchi tomoni esa g‘adir-budurlangan bo‘ladi. Marbilit binolarni ichki 
va tashqi tomondan bezashda, deraza osti taxtalari, sotuv vitrinalari, ish 
stollari tayyorlashda ishlatiladi.
Emallangan Shisha plitka 150x150, 150x175 mm o‘lchamlarda, 
qalinligi 3-5 mm qilib chiqindi oynadan Shisha emali qoplab tayyorlanadi. 
Emallangan oyna quritilgach xumdonda kuydiriladi. Mahsulot binolarni 
ichki bezagi uchun ishlatiladi.
Shisha mozaika gilam mozaika va smalt turlariga bo‘linadi. Gilam 
mozaika 20x20 mm yoki 25x25 mm o‘lchamdagi so‘niq rangli plitkalardir. 
Smalt rangli Shisha bo‘laklari bo‘lib, badiiy mozaika hosil qilishda 
ishlatiladi. Gilam mozaika va smalt qurilish-me’morchilikda pannolar, 
suratlar barpo etishda qo‘llaniladi.


Ko‘zgu oynasi polirovkalangan 4-10 mm qalinlikdagi oynaning bir 
tomoniga yupqa alyuminiy yoki kumush qoplanib tayyorlanadi. Ko‘zgu 
oyna binolarni ichki bezagi uchun ishlatiladi.
5.
 
Shisha buyumlar va konstruksiyalar 
Kovakli Shisha bloklar payvandlangan ikki bo‘lakdan iborat bo‘lib, 
nurni taratuvchi, issiqlik va tovush izolyasiyalovchi xususiyatlarga egadir. 
Shisha blok ichki tomonidagi chiziqli bo‘rtmalar nurni taratishga yordam 
beradi. Ularning nur o‘tkazuvchanligi 65% kam emas, nurni taratishi 25%, 
issiq o‘tkazuvchanligi 0,4 Vtm
0
S atrofida bo‘ladi. Shisha bloklar rangli va 
ko‘p bo‘lmali bo‘lishi mumkin. Ular santexkabinalarda, maishiy xizmat, 
ovqatlanish muassalarida, zinapoya bo‘lmalarida ishlatilishi mumkin. Shisha 
bloklar temirbeton karkas ichiga maxsus qorishma bilan terilib konstruksiya 
tayyorlanadi. Ular yonmaslik talablari qo‘yiladigan sanoat va jamoat 
binolarida ishlatiladi (4.1-rasm).
Shishapaketlar ikki yoki uch qatlam oynani maxsus ramalarga havo 
kirmaydigan qilib germetiklar yordamida o‘rnatiladi. Shishapaketlar 
terlamaydi, issiqlik va tovush izolyasiyalovchi bo‘ladi. Ular oynaning oddiy
toblangan, nur qaytaruvchi va rangli turlari asosida tayyorlanadi.
Shishapaketlar jamoat va sanoat binolarida ishlatilishi mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin